Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

5-§. LIZING 
 
“Lizing” termini ingliz tilidan kelib chiqqan (leasing) ijaraga berish va 
olishni bildiradi. Lizingning Yevropada 1960-yillarda tez tarqalganligining 
sabablaridan biri bo`lib, bunday shakldagi munosabatlarning real hayotga yuqori 
darajada moslashuvchanligi hisoblanadi – u turli vazifalarni hal etish, 
hamkorlarning turlicha maqsadlariga birgalikda erishish uchun va turli iqtisodiy 
sharoitlarda ishlashga mos keladi.
Lizingdan ham milliy va ham halqaro darajada keng foydalanish moliyaviy 
lizing to`g’risida halqaro Konvensiya ishlab chiqilishiga olib kelgan.
1988 yil 28 mayda (2002 yil 29 yanvardagi tahrir) Ottavada halqaro 
moliyaviy lizing to`g’risida UNIDROIT Konvensiyasi qabul qilindi va unga 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi №84 -11-sonli 
Qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi qo`shilgan.


146 
Lizing shartnomasiga (moliyaviy lizing) FK barcha turdagi ijara 
munosabatlarini tartibga soluvchi umumiy normalari, agarda FK lizing 
to`g’risidagi normalarida boshqacha belgilanmagan bo`lsa, qo`llaniladi. 
FK lizing shartnomasi to`g’risidagi normalaridan tashqari, ko`rsatilgan 
munosabatlar 1999 yil 14 apreldagi “Lizing to`g’risida”gi Qonuni bilan ham 
tartibga solinadi.
“Lizing to`g’risida”gi Qonunga muvofiq, lizing – moliyaviy ijaraning 
alohida turi bo`lib, bunda taraflardan biri (lizing beruvchi) boshqa tarafning 
topshirig’iga binoan (lizing oluvchi) uchinchi tarafdan (sotuvchi) lizing 
shartnomasi bilan kelishilgan mol-mulkni qo`lga kiritadi va uni lizing oluvchiga 
bunday shartnoma bilan belgilangan shartlarda to`lov evaziga uning egaligi va 
foydalanishiga o`n ikki oydan oshgan muddatga taqdim etadi. Bunda lizing 
shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak. 
- lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing obyekti lizing 
oluvchining egaligiga o`tadi; 
- lizing shartnomasi muddati lizing obyekti xizmati muddatining 80 foizidan 
oshishi yoki lizing obyektining qoldiq qiymati lizing shartnomasi tugagandan 
keyin uning boshlang’ich qiymatidan 20 foizidan kam bo`lishi kerak; 
- lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing oluvchi lizing 
obyektini lizing obyekti qiymatining bozor bahosidan kam narxda sotib olish 
huquqini bunday huquqni amalga oshirish kuniga nisbatan oladi; 
- lizing to`lovlarining lizing shartnomasi davri uchun joriy diskont qiymati 
lizing obyektining lizingga berish vaqtiga nisbatan joriy qiymatidan 90 foiz oshiq 
bo`ladi. 
Lizing shartnomasi uch taraflama (sotuvchi – lizing beruvchi – lizing 
oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing beruvchi – lizing oluvchi) bo`lishi mumkin. 
Ikki taraflama lizing shartnomasi tuzishda lizing beruvchi bilan sotuvchi 
o`rtasida qo`shimcha ravishda lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. 
Lizing shartnomasini tuzishning tashabbuskori sifatida lizing oluvchi (ijaraga 
oluvchi) hisoblanadi va u lizing beruvchiga (ijaraga beruvchiga) qaysi mol-mulkka 
ehtiyoji borligini, shuningdek bu mol-mulkning sotuvchisini belgilaydi. Taraflar 
boshqacha ham kelishishlari mumkin. Kim sotuvchini aniqlashi masalasi – lizing 
beruvchimi yoki lizing oluvchimi turli huquqiy oqibatlari bo`lishi mumkinligi 
jihatidan muhim bo`lib, FK 598–moddasida bu haqda so`z yuritiladi. 
Lizing 
qatnashchilari 
rollarining 
bunday 
taqsimlanishini 
shunday 
tushuntirish mumkinki, lizing kelishuvlarining turli xilligiga qaramasdan lizing 
beruvchining roli qoida tariqasida bitimni moliyalash bilan cheklaniladi. Lizing 
beruvchi ko`pchilik holatlarda keyinchalik lizing oluvchiga vaqtinchalik 
foydalanishga beriladigan mol-mulkni faqat narxini to`laydi va mol-mulk bilan 
bog’liq hech qanday texnik va boshqa muammolarni hal qilmaydi. 
Shuni aytish kerakki, lizingning (FK 589–moddasi 4-qismi, “Lizing 
to`g’risida”gi Qonunning 5–moddasi) shakllaridan yana biri sifatida qaytariladigan 
lizing ko`pchilik mamlakatlarning tajribasida keng ishlatilmoqda. Qaytariladigan 
lizingda mol-mulk egasi uni lizing kompaniyasiga sotadi va bir vaqtning o`zida shu 
mulkning o`zini vaqtinchalik foydalanishga oladi.


147 
Bunday shartnoma shartlari bilan egalik va foydalanishga aniqlangan muddat 
12 oydan yuqori bo`lishi shart. Shunday qilib, sotuvchi va lizing oluvchi aynan bir 
shaxsning o`zi bo`lib qoladi. Bunday operastiyalarni amalga oshirishning 
zaruriyatining kelib chiqishi shundan iboratki, ega u yoki bu mol-mulkni saqlay 
olmaydi, shuning bilan birgalikda undan mahrum bo`lishni ham xoxlamaydi. 
“Lizing to`g’risida”gi Qonunning 9–moddasiga muvofiq lizing shartnomasi 
yozma ravishda tuziladi va shartnomaning biron bir tarafi talabi bo`yicha notarial 
guvohlantirilishi kerak, bundan tashqari, qonun tomonidan lizing obyekti bo`lib 
hisoblangan mol-mulk bilan bo`lgan bitimlar notarial guvohlantirilishi talab 
qilingan holatlarda xam.
“Lizing to`g’risida”gi Qonunning 7–moddasiga muvofiq davlat organlarida 
ro`yxatdan o`tkazilishi talab etiladigan lizing obyektlari qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda lizing beruvchining yoki lizing oluvchining nomiga 
rasmiylashtiriladi.
Lizing shartnomasining muhim shartlari quyidagilardir: 
-Lizing obyektining ta’rifi (lizing obektining soni, sifati, ro`yxati, kontrakt 
qiymati va boshqa parametrlari) va shartnomaning umumiy pul qiymat 
ko`rsatkichi; 
-taraflarning lizing obyektini olish va topshirish bilan bog’liq majburiyatlari; 
-lizing obyektini topshirish shu jumladan, lizing obyektini etkazish, montaj 
qilish va foydalanishga kiritish tartibi; 
-lizing to`lovlarini to`lash shartlari, qiymatlari, muddatlari va tartibi; 
-taraflarning lizing obyektini ishlatish, saqlash, ushlab turish va ta’mirlash 
majburiyatlari;
-shartnomaning amal qilish muddati; 
-lizing obyektini va sotuvchini tanlashga javobgar tomon ko`rsatmasi. 
Taraflarning kelishuvi bo`yicha lizing shartnomasiga quyidagi shartlar 
kiritilishi mumkin: 
-lizing obyektini sotib olish tartibi va muddatlari; lizing shartnomasini 
o`zgartirish va bekor qilish; 
-lizing obyektini sug’urtalash; 
-fors-major holatlari; 
-lizinga beruvchining lizing obyektidan foydalanish mumkin bo`lmaydigan 
qo`shimcha xizmatlarini ko`rsatish; 
-lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya qilish 
ustidan nazorat qilish tartibi. 
Qonun hujjatlariga muvofiq lizing shartnomasiga boshqa shartlar ham 
kiritilishi mumkin. Lizing shartnomasini o`zgartirish va bekor qilish agar qonun 
hujjatlarida va shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, taraflar 
kelishuvi bilan amalga oshirilishi mumkin (“Lizing to`g’risida”gi Qonunning 10–
moddasi). 
Lizingning asosiy xususiyati shundaki, lizing beruvchi tomonidan faqat 
ijaraga berish maqsadida olingan mol-mulk ijaraga beriladi. 
Odatda, lizing shartnomasi muddati qurilma xizmati muddatiga teng bo`ladi. 
Lizing muddati tugagandan keyin shartnoma shartlariga yoki qonun normalariga 


148 
muvofiq ijaraga oluvchi mol-mulkni o`z egaligiga olishga ( FK 556–moddasi), 
shartnomani yanada imtiyozli shartlarda tiklashga yoxud mol-mulkni lizing 
beruvchiga qaytarishga haqlidir. 
Lizing shartnomasi uchta shaxsni bog’laydi: mol-mulk sotuvchisini 
(tayyorlovchi), uni qo`lga kirituvchini (lizing beruvchi) va lizing oluvchini. Ammo 
lizing ishtirokchilari o`zaro bitta emas, qoida bo`yicha ikkitta shartnomalar bilan 
bog’liqdirlar. Lizing beruvchi sotuvchi bilan lizing oluvchi tanlagan mol-mulkni 
olish-sotish shartnomasini, lizing oluvchi bilan esa lizing shartnomasini (moliya 
ijarasi) tuzadi.
Har ikkala shartnoma ham o`zaro bog’liqdir: qoida tariqasida sotuvchini 
lizing beruvchi emas, lizing oluvchi tanlaydi va oldi-sotdi shartnomasining barcha 
shartlarini kelishadi. Lizing oluvchi oldi-sotdi shartnomasining predmeti, uning 
bahosi, muddati va etkazish joyini shartlashadi. 
Lizing oluvchi mol-mulk sotuvchisi bilan shartnomaviy munosabatlarda 
bo`lmasada, ammo unga nisbatan bir qator huquq va majburiyatlarga ega. (FK 592, 
598–moddalari). 
Moliyaviy lizing uchun ijara muddatini qurilma xizmati muddatiga 
yaqinlashtirish xususiyatlidir. Ijara muddati tugagandan keyin shartnoma 
shartlariga yoki qonun normalariga muvofiq ijaraga oluvchi mol-mulkni o`z 
egaligiga olishga, shartnomani yanada imtiyozli shartlarda tiklashga yoxud mol-
mulkni lizing beruvchiga qaytarishga haqlidir.
Operativ lizing ijaraga beruvchiga shartnomaning amal qilish muddati 
tugaganiga qadar qurilmaning butun qiymatini olishga imkon bermaydi, chunki, u 
ijaraga qisqa davr uchun beriladi.
Ushbu qurilmani foydalanishga qaytadan topshirish esa ijara shartnomasi 
bo`yicha mumkin, chunki lizing uchun xususiyatli bo`lgan- ijaraga beruvchi 
tomonidan ijaraga oluvchiga zarur bo`lgan maxsus qurilmani olish elementi 
mavjud emas.
Operativ lizing revolver lizing amalga oshirilishi shaklida mumkin bo`lib, 
ijaraga oluvchiga texnik ketma-ketlikda turli uskunalar zarur bo`ladi. Bunday 
holatlarda shartnoma shartlariga muvofiq ijaraga oluvchi ma’lum muddat 
tugagandan keyin ijaraga olingan mol-mulkni lizingning boshqa obyektiga 
almashtirishga haqlidir. Amaliyotda moliyaviy ijara shartnomalarida xar xil turdagi 
lizing elementlari uchrashi mumkin.
Lizing shartnomasi predmeti bo`lishi mumkin bo`lgan ashyolar doirasi 
etarlicha kengdir. Boshqa ijara turlari kabi lizing obyekti, iste’mol qilinmaydigan, 
ya’ni foydalanish jarayonida o`zining tabiiy xususiyatlarini yo`qotmaydigan har 
qanday ashyo bo`lishi mumkin.
“Lizing to`g’risida”gi Qonunning 3–moddasi lizing obyekti sifatida 
tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan, iste’mol qilinmaydigan har qanday 
ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, 
uskunalar, transport vositalari xamda boshqa ko`char va ko`chmas mulkni 
belgilaydi.
Er uchastkalari, er osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida 
tabiiy obyektlar ijara shartnomasining predmeti bo`lishi mumkin, ( FK 537–


149 
modda) ammo moliyaviy ijaraga berilishi mumkin emas. (“Lizing to`g’risida”gi 
Qonunning 3–moddasi 2-qismi). 
Lizing obyekti lizing oluvchining balansida qayd etilishi kerak. 
Davlat organlarida ro`yxatdan o`tkazilishi talab qilinadigan lizing obyektlari 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lizing beruvchi yoki lizing oluvchining 
nomiga qayd etiladi.
“Lizing to`g’risida”gi Qonunning 18–moddasi bilan lizing obyektini 
sug’urtalash nazarda tutilib, unga ko`ra nobud bo`lish, yo`qolish, o`g’irlash, 
shikastlanish, buzilish va barvaqt eskirish xavfi bilan bog’liq bo`lgan tarzdagi har 
qanday etkazilishi mumkin bo`lgan zarardan lizing obyektini sug’urtalash 
taraflarning kelishuviga binoan amalga oshirilishi mumkin. Bunday kelishuv 
bo`lmagan taqdirda lizing oluvchi lizing obyekti sug’urtasi uchun javobgar bo`ladi.
Lizing obyekti bilan bog’liq barcha xavflar, shu jumladan uning tasodifan 
yo`qolishi (nobud bo`lishi) yoki tasodifan buzilishi, shuningdek o`g’irlanishi, 
barvaqt eskirishi, shikastlanish xavflari lizing shartnomasida nazarda tutilgan 
tartibda lizing oluvchiga o`tadi. Xavflar lizing oluvchiga o`tgan daqiqadan 
e’tiboran lizing oluvchi lizing obyekti har qanday tarzda yo`qotilishi yoki 
shikastlanishi uchun lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar 
bo`ladi.
Qonunning 19–moddasidagi qoidaga ko`ra, agar xavflar lizing beruvchidan 
lizing oluvchiga o`tadigan vaqt lizing shartnomasida belgilangan bo`lmasa, xavflar 
lizing oluvchiga u lizing obyektini olgan daqiqadan o`tadi.
Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing obyektini lizing 
beruvchidan qanday holatda olgan bo`lsa, shunday holatda normal eskirish va 
taraflarning kelishuvida shartlashilgan o`zgarishlarni hisobga olgan holda, 
qaytarishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Qonunga muvofiq uchinchi shaxs undiruvni lizing obyektiga qaratganda 
lizing oluvchi lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini mulk qilib olish 
bilan bir paytda lizing shartnomasi bo`yicha tegishli lizing to`lovlarining qoldig’ini 
bir yo`la to`lashga haqli. 
Lizing uning uchta subyekti ishtirok etadigan to`g’ridan-to`g’ri shaklda ham, 
lizing oluvchi va sotuvchi bo`lib bir shaxsning o`zi ishtirok etadigan qaytariladigan 
shaklda xam amalga oshirilishi mumkin. 
Lizing shartnomasining muhim elementi bo`lib, lizing to`lovlarini to`lash 
qoidalari hisoblanadi. “Lizing to`g’risida”gi Qonunning 22–moddasiga muvofiq, 
lizing to`lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va 
bo`lib-bo`lib to`lanadi. Lizing to`lovlarining miqdorlari, tartibi va davriyligi lizing 
shartnomasi bilan o`rnatiladi. Odatda lizing oluvchining lizing to`lovlarini to`lash 
bo`yicha majburiyati agar lizing shartnomasida boshqacha belgilangan bo`lmasa, 
lizing predmetidan foydalanish boshlangan vaqtdan kelib chiqadi.
FK 595–moddaning ikkinchi qismi bilan qonun hujjatlarida lizing 
shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda lizing oluvchi ilgari bo`nak 
sifatida to`lagan pullarini, lizing obyektidan foydalanishdan olgan foydaning 
qiymatini chegirib tashlab, o`ziga qaytarib berishga haqliligi belgilangan.
O`z navbatida FK 597–moddasi uchinchi qismiga muvofiq, lizing oluvchi 


150 
lizing to`lovlarini to`lash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing beruvchi 
o`ziga tegishi kerak bo`lgan to`lovlarni foizi bilan olishi mumkin. 
Qonunning 11–moddasi 3-qismida lizing beruvchi lizing oluvchi uchun mol-
mulk 
olayotganda 
mol-mulk 
muayyan 
shaxsga 
lizingga 
berishga 
mo`ljallanganligini sotuvchiga ma’lum qilishi, lizing obyektini, agar shartnomada 
shunday shartlar nazarda tutilgan bo`lsa, saqlab turish, ta’mirlash va unga texnik 
xiizmat ko`rsatish bo`yicha lizing oluvchi oldida o`z zimmasiga olingan 
majburiyatlarni o`z vaqtida va to`liq xajmda bajarishi shartligi haqida xabardor 
qilishga majbur.
Qonunning 14–moddasi 3-qismida lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini 
tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyektini qaysi maqsadda olinayotganligidan 
sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi 
shartligi yozilgan.
Shartnoma obyekti hisoblangan mol-mulk lizing shartnomasida ko`rsatilgan 
muddatda, agar bunday muddat belgilanmagan bo`lsa, muayyan oqilona muddatda 
lizing oluvchiga topshiriladi. Bu shartning buzilishi, agar lizing beruvchi javob 
beradigan holatlardan kelib chiqqan bo`lsa, lizing oluvchiga lizing shartnomasini 
bekor qilish va umumiy qoidalar bilan hisoblab chiqiladigan (FK 14, 324–
moddalari va 21-bob qoidalari) etkazilgan zararlarni qoplash huquqini beradi. 
Bunda lizing beruvchi sotuvchining kamchiligiga xuddi o`zinikidek javob beradi. 
“Lizing to`g’risida”gi Qonunning ushbu moddasi 3-qismida lizing beruvchi 
uchun bir qator majburiyatlar nazarda tutilib, xususan u: 
Lizing shartnomasi bo`yicha mol-mulkni olishi va uni lizing oluvchiga 
egalik qilish hamda foydalanish uchun berishi; 
Lizing oluvchi uchun mol-mulk olayotganda mol-mulk muayyan shaxsga 
lizingga berishga mo`ljallanganligini sotuvchiga ma’lum qilishi; 
Lizing obyektini, agar shartnomada shunday shartlar nazarda tutilgan bo`lsa, 
saqlab turish, ta’mirlash va unga texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha lizing oluvchi 
oldida o`z zimmasiga olingan majburiyatlarni o`z vaqtida va to`liq xajmda 
bajarishi shart. 
Sotuvchiga nisbatan lizing beruvchi va lizing oluvchi lizing obyektini oldi-
sotdi shartnomasi bo`yicha birgalikdagi kreditor sifatida chiqishadi, bu to`g’rida 
qonunning 24–moddasi va FK 598–moddasi 2-qismida ta’kidlangan. 
Lizing beruvchi lizing obyektining lizing shartnomasini tuzishda qayd etib 
o`tilgan kamchiliklari uchun javob bermaydi.
“Lizing to`g’risida”gi Qonunning 12–moddasi qoidalariga muvofiq lizing 
oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
-lizing obyektini mustaqil aniqlash va sotuvchini tanlash; 
-lizing beruvchidan lizing shartnomasini bajarmaganlik yoki lozim darajada 
bajarmaganlik tufayli etkazilgan zarar qoplanishini talab qilish; 
-sotuvchiga lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi 
talablarni, jumladan uning sifati va butligi, topshirish muddati, kafolatli ta’mirlashi 
va h.k. xususida talablar qo`yish;
-lizing obyekti yetkazib berilmagan, to`liq yetkazib berilmagan, yetkazib 
berish muddati o`tkazib yuborilgan yokt sifati talab darajasida bo`lmagan lizing 


151 
obyekti yetkazib berilgan taqdirda agar shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo`lmasa, lizing to`lovlarini to`lashni to`xtatib turish, yetkazib beriladigan 
lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasini bekor qilinishini talab qilish. 
Qonun hujjatlari bilan lizing oluvchiga agar lizing shartnomasi muddatidan 
oldin bekor qilingan taqdirda, o`zi vaqti-vaqti bilan avans sifatida to`lagan 
to`lovlarni lizing obyektidan foydalanish davrida olgan foydaning qiymatini 
chegirib tashlab, o`ziga qaytarib berishni talab qilish huquqi berilgan.
Qonun hujjatlari lizing oluvchiga lizing obyektini uchinchi shaxsga 
qo`shimcha lizingga berish huquqini berayotib buning uchun lizing beruvchining 
roziligini olishni va lizing oluvchi oldida lizing shartnomasi bo`yicha 
javobgarligini belgilaydi.
Bundan tashqari “Lizing to`g’risida”gi Qonunning 6–moddasiga muvofiq 
lizing beruvchining roziligi yozma shaklda bo`lishi kerak. “Lizing to`g’risida”gi 
Qonun bilan yana shu narsa o`rnatilganki, qo`shimcha lizing shartnomasida ushbu 
qonunning mazkur qoidalari qo`shimcha lizing beruvchiga, qo`shimcha lizing 
oluvchiga va sotuvchiga tegishli lizing beruvchiga, lizing oluvchiga va sotuvchiga 
nisbatan muvofiq ravishda qo`llaniladi. Qo`shimcha lizing shartnomasini amal 
qilish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan ortiq bo`lishi 
mumkin emas.  
Qo`shimcha lizinga qo`shimcha ijara to`g’risidagi umumiy qoida (FK 546–
modda) qo`llanilib, unga ko`ra ijaraga oluvchi qo`shimcha ijara shartnomasini ijara 
muddati doirasida ijaraga beruvchining agar u qo`shimcha ijaraga rozilik berib, 
lekin uning cheklangan muddatini kelishmagan bo`lsa, qo`shimcha roziligisiz 
tiklash huquqiga ega.
“Lizing to`g’risida”gi Qonunning 12–moddasi qoidalariga muvofiq lizing 
oluvchi quyidagi majburiyatlarga ega: 
Lizing obyektini qabul qilib olishi va undan lozim darajada foydalanishi, uni 
shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi;
Lizing to`lovlarini o`z vaqtida to`lab turishi, agar lizing shartnomasida 
boshqacha tartib belgilanmagan bo`lsa, lizing obyektini o`z hisobidan joriy 
ta’mirlashi, uni saqlab turishga doir boshqa xarajatlar qilishi shart. 
Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing obyektini lizing 
beruvchidan qanday holatda olgan bo`lsa, shunday holatda, normal eskirish va 
taraflarning kelishuvida shartlashilgan o`zgarishlarni hisobga olgan holda 
qaytarishi shart. 
Lizing oluvchining lizing obyektini ta’mirlash va unga texnik xizmat 
ko`rsatishga doir huquqi va majburiyati sotuvchi bilan alohida tuzilgan 
shartnomada belgilanishi mumkin. 
“Lizing to`g’risida”gi Qonunning 24–modda uchinchi qismiga muvofiq 
lizing beruvchi va lizing oluvchi sotuvchiga nisbatan lizing obyektining oldi-sotdi 
shartnomasi bo`yicha solidar kreditorlar sifatida ish ko`radilar. 
Lizing oluvchining aybi bilan lizing obyektining yo`qolishi yoki lizing 
obyektining o`z vazifasiga doir ahamiyatini yo`qotishi, agar lizing shartnomasida 
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, lizing oluvchini lizing beruvchi 
oldidagi javobgarligini keltirib chiqaradi. 


152 
Lizing beruvchi (“Lizing to`g’risida”gi Qonunning 11–moddasi ikkinchi 
qismi) lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzgan taqdirda barcha 
lizing to`lovlarini muddatidan ilgari to`lashni yoxud etkazilgan zararni undirib va 
(yoki) lizing obyektini qaytarib olgan tarzda shartnomani bekor qilishni talab etish 
huquqiga ega. 
“Lizing to`g’risida”gi Qonunning 15–moddasida belgilangan qoidaga ko`ra, 
lizing oluvchi bankrot bo`lgan, uning mol-mulki xatga olingan yoki musodara 
qilingan taqdirda, lizing obyekti lizing oluvchining umumiy mol-mulkidan 
ajratiladi va lizing beruvchiga qaytarilishi lozim, u mol-mulkni o`z hohishiga ko`ra 
tasarruf etishi mumkin. Lizing beruvchiga zararni qoplash tartibi qonun hujjatlari 
bilan belgilanadi. 
Lizing beruvchi lizing oluvchini xabardor qilgan holda lizing shartnomasi 
bo`yicha o`z huquqlaridan to`liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz 
kechishi mumkin, lizing oluvchi esa lizing beruvchining ruxsati bilan moliyaviy 
lizing bo`yicha o`z huquqlaridan to`liq yoki qisman uchinch shaxslar foydasiga 
voz kechishi mumkin. 
Birinchi holatda lizing beruvchi o`z harakatlari haqida lizing oluvchini 
xabardor qilishi shart bo`lsa, ikkinchi holatda esa lizing oluvchiga shartnoma 
bo`yicha o`z huquqlaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi uchun lizing 
beruvchining roziligini olish zarur. 
Mulkka nisbatan egalik huquqi lizing shartnomasi bo`yicha boshqa shaxsga 
amalga oshirilgan bitim yoki bankrotlik kelib chiqqanligi natijasida o`tganda, 
lizing shartnomasi yangi mulkdor uchun o`z kuchini saqlab qoladi, chunki yangi 
mulkdorga o`tkazilgan mulkka nisbatan huquq bilan birgallikda ushbu mulkka 
nisbatan oldingi mulkdorning huquq va majburiyatlari ham o`tkaziladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling