Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

36-BOB TEKIN FOYDALANISH 
1. Tekin foydalanish shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgalari 
Fuqarolik huquqida ijtimoiy maqsadlarga yo`naltirilgan shartnoma 
konstrukstiyalari ham mavjud bo`lib, ushbu shartnomalar bevosita tarafdan haq 
to`lamagan holda muayyan mol mulkdan foydalanish, tekin manfaat ko`rish 
imkoniyatini beradi. Bunday shartnomalardan biri bu tekin foydalanish 
shartnomasidir. 
Mazkur shartnoma ssuda shartnomasi deb ham ataladi. Fuqarolik Kodeksi 
qabul qilinguniga qadar bu termin shartli bo`lib, fuqarolik qonunchiligida ko`rib 
chiqilayotgan munosabatlarga nisbatan qo`llanmas edi. Zamonaviy sharoitda 
“ssuda” so`zi fuqarolik ishlarida va normativ xujjatlarda shuningdek, biroz boshqa 
ma’noda – qarz (jumladan, qisqa muddatli va uzoq muddatli ssuda) so`zining 
sinonimi sifatida xam keng ishlatiladi.
Xuddi shu ma’noda mazkur atamani kundalik muloqotda ham ishlatishadi. 
Bundan tashqari, turli imloviy lug’atlarda berilishicha va odatga aylangan 
amaliyotga ko`ra ssuda moliyaviy yoki natura tarzida berilgan qarzni anglatadi. 
Shunga qaramay, to`g’ri qo`llanilishiga qarab “ssuda” hozirda yangi ma’noga ega 
bo`ldi. 
Ssuda shartnomasi taraflari bu – ssuda beruvchi va ssuda oluvchi. Ssuda 
shartnomasi obyekti – turga xos alomatli ashyodir. 
Tekin foydalanish shartnomasining tushunchasidan ko`rinadiki, u (hadya 


183 
kabi) konsensul va real bo`lishi mumkin. Birinchi shaklda shartnoma ikki 
taraflama hisoblanadi, chunki, majburiyatlar ikkala tarafda ham yuzaga keladi, 
ikkinchi shaklda esa – bir taraflama bo`ladi (majburiyat faqat ssuda oluvchiga 
yuklanadi). U vaqtincha foydalanishga olgan narsasini qaytarishga majbur. 
Qonunda ssudaga olingan ashyoning normal eyilishni hisobga olib xuddi 
shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda qaytarilishi kerakligi 
qayd etilganligini alohida tushuntirish talab etiladi.
Ssuda va ijara shartnomalarining alohida olinganda turga xos alomatli 
ashyoni vaqtinchalik foydalanishga berishni anglatuvchi o`xshashligi (birinchisi – 
foyda ko`rish maqsadida, ikkinchisi – tekinga) sababli ssuda shartnomasiga ijara 
to`g’risidagi qator umumiy qoidalar qo`llaniladi. 
Fuqarolik Kodeksi tekin foydalanish mulk ijarasi to`g’risidagi qator 
normalar bilan tartibga solinishini nazarda tutadi. Ular o`rtasidagi o`xshashlik 
salmoqli bo`lishiga qaramay, qator farqlar mavjud. Asosiy farq sifatida ko`pincha 
birining tekinga tuzilish, ikkinchisining esa foyda ko`rish maqsadida ekanligi deb 
ko`riladi. 
Mazkur qoida foydalanishga berilayotgan obyektlar (FK 537-moddasi), 
shartnoma muddati (FK 540-moddasi), foydalanuvchining huquq va majburiyatlari 
(O`zR FK 545, 548, 615-moddalari) shartnomani nomuayyan mudatga yangidan 
tuzilgan deb tan olish imkoniyati (O`zR FK 553-moddasi), foydalanishga 
topshirilgan mulkni yaxshilashga ketadigan xarajatlarni taraflar o`rtasida 
taqsimlanish tartibini (O`zR FK 55-moddasi) belgilovchi tegishli moddalarni sanab 
o`tadi.
Mulkdorning narsani boshqa shaxsga berish huquqi uning o`ziga tegishli 
vakolatdir. U o`z mulkini tasarruf etish huquqini amalga oshirishni xususiy 
ko`rinishini o`zida ifodalaydi (O`zbekiston Republikasi Fuqarolik Kodeksining 
164-moddasi). Bunday huquqqa qonun yoki mulkdor tomonidan vakolat berilgan 
shaxslar ham ega bo`ladilar. Mulkdor roziligi bilan harakat qiluvchi shaxsga 
keladigan bo`lsak, bunday huquq ishonchnoma berish yoki boshqa qandaydir 
kelishuvning amalga oshirilishi natijasida qo`lga kiritilishi mumkin. 
O`zbekiston Republikasi Uy-joy Kodeksining 88-moddasiga asosan 
arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar 
joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berishga va arenda shartnomasi bo`yicha o`z 
huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o`tkazishga (qayta ijara), arendaga 
berilgan turar joyni tekin foydalanishga berishga haqlidir. Bunday hollarda 
arendaga oluvchi arendaga beruvchi oldida shartnoma bo`yicha javobgar bo`lib 
qoladi. Qolaversa, tekin foydalanish shartnomasi muddati ijara shartnomasi 
muddatidan uzoqroq muddatga tuzilishi mumkin emas.
“Garov to`g’risidagi” O`zbekiston Republikasining yangi tahrirdagi 
Qonunining 21- modda, 3-qismi, uchinchi xatboshisi garovga oluvchining roziligi 
bilan garov narsasini boshqa shaxsga berish, uni ijaraga yoki bepul foydalanish 
uchun boshqa shaxsga topshirish yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etishga 
ruxsat beradi. 
Alohida hollarda qonun ba’zi cheklovlarni kiritgan holda shaxsga mulkni 


184 
tekinga foydalanishga ruxsat beradi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Oila 
Kodeksining 184-moddasiga asosan vasiy vasiylik organlarining avvaldan berilgan 
ruxsatisiz bunday kelishuvlarni amalga oshirishga xaqqi yo`q. 
Tijorat tashkilotlariga mulkni shaxslarga tekin foydalanishga topshirishni 
taqiqlashdan maqsad, bu shaxslarning tijorat tashkilotlari bilan o`zaro 
munosabatlarda suiste’mol holatlarining oldini olishdan iborat. Agar bunday 
harakatlar sodir etilsa, ular O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 116-
moddasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq kelmaydigan bitim deb topilib, o`z-
o`zidan haqiqiy sanalmaydi. 
 
“Ssuda beruvchi ashyoni...topshirishi shart” iborasi gap bu erda faqatgina 
konsensual shartnoma to`g’risida borayotganini bildirmaydi. O`rganilayotgan 
vaziyatda narsaning topshirilishi emas, uning tekin foydalanishga berilishi 
to`g’risida deyish to`g’riroq bo`lardi (O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
Kodeksining 617-moddasiga qarang). Bu erda aslini olganda ssuda beruvchining 
ashyoni kam-ko`stsiz, shikastlanmagan holda topshirish majburiyati qayd etiladi. 
Qolaversa, ashyo bilan birga unga mansub barcha ashyolar va tegishli hujjatlar 
berilishi kerak (O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 90-moddasi). 
Bayon etilgan norma dispozitiv hisoblanadi. Undan keyin, qonunda ashyoni 
foydalanish imkoni bo`lmagan yoki ma’lum darajada bu imkoniyat yo`qoladigan 
ashyoni uskunalarisiz va xujjatlarisiz taqdim qilinish ikki xil oqibati beriladi. 
Bunday holda ssuda oluvchi shartnomaning amalda qo`llanilishini yoki bekor 
qilinishini va u tomonidan ko`rilgan real zararni qoplashni talab qilishga haqli. 
So`nggi band ashyoni normal ekspluatastiyasi uchun ketgan xarajatlarni o`z ichiga 
oladi. Javobgarlikning qisman chegaralanganligi mazkur shartnomaning tekinligi 
bilan belgilanadi.
 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 382-moddasiga asosan 
agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib 
nazarda tutilgan bo`lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq 
o`zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. 
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi 
hollarda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: 
1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa; 
2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o`zga 
hollarda. 
Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma 
tuzishda umid qilishga haqli bo`lgan manfaatdan ko`p darajada mahrum bo`ladigan 
qilib zarar etkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi. 
Bir taraf shartnomani bajarishdan to`la yoki qisman bosh tortib, qonun yoxud 
taraflarning kelishuvida bunga yo`l qo`yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan 
yoki o`zgartirilgan hisoblanadi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling