Toshkent davlat yuridik universiteti
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4. Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish
176 Ijaraga oluvchining ijara shartnomasidan kelib chiqadigan subyektiv huquqlaridan biri o`zi tomonidan ijaraga olingan joyni yoki uning ma’lum qismini boshqa shaxs – ikkilamchi ijaraga oluvchiga ikkilamchi ijaraga berish to`g’risidagi shartnomani tuzgan holda berish huquqidir. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini tuzish uchun ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi olinishi talab etiladi. Shu bilan birga unda bunday rozilikni olmaslikning oqibatlari keltiriladi. Demak, bunday bitim qonun hujjatlariga muvofiq bo`lmaganligi sababli haqiqiy emas sanaladi. Qonun shartnomaning shakli haqida biror norma belgilamagan. Lekin, qonun bilan ijara shartnomasining yozma shakli belgilanganidan kelib chiqqan holda uning yozma tarzda tuzilishi kerakligini, yozma shaklga amal qilmaslik esa, shartnomaning tuzilganligini guvoh ko`rsatmalari bilan isbotlash imkoniyatidan mahrum etishini anglatadi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar bo`lib qolaveradi. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonun hujjatlarining jon boshiga to`g’ri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilgan taqdirdagina tuzilishi mumkinligi to`g’risidagi qoida o`rnatilgan. Yashash joyining ijtimoiy normasi xaqida O`zbekiston Respublikasining Uy- joy Kodeksining 42-moddasida so`z boradi. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga o`n olti kvadrat metrdan kam bo`lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa - yigirma uch kvadrat metrdan kam bo`lmagan hajmda belgilanadi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to`g’risida"gi Nizomning 4-bandiga ko`ra, kommunal uy-joy fondidagi uy- joyni ijaraga oluvchi O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksida o`rnatilgan normalar bo`yicha bir kishiga 9 kvadrat metrdan kam bo`lmagan miqdorda oladi. Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin. Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo`shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki o`n sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi. Ayrim surunkali kasalliklarning og’ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro`yxat bo`yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko`ra qo`shimcha maydon zarur bo`lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko`paytirilishi mumkin. Qonun chiqaruvchi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining moliyaviy tomoniga alohida urg’u beradi. Bu ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi va 177 ijarachilarni ko`chirib kelishga chegaralar qo`yish maqsadida qilinganga o`xshaydi. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qator cheklovlar mavjud. Masalan, uning muddati uy-joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oshmasligi kerak. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi muddatdan oldin bekor qilinganda u bilan uy-joyni ijaraga berish shartnomasi ham bekor bo`ladi. Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan yangi muddatga shartnoma tuzishga bo`lgan imtiyozli huquq to`g’risidagi qoida tatbiq etilmaydi. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni ikkilamchi ijaraga berishga yo`l qo`yilmaydi. (O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 57-moddasi, 7-qismi) Munistipial va idoraviy uy-joy fondi turar-joylarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 57,58,59-moddalarida ko`rsatilgan. O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 58-moddasiga binoan Munistipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga quyidagi hollarda yo`l qo`yilmaydi: agar ikkilamchi ijaraga oluvchining ko`chib kirishi oqibatida har bir yashovchiga to`g’ri keladigan umumiy maydon belgilangan normadan kamayib ketsa; agar unda O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro`yxatdagi ayrim surunkali kasalliklarning og’ir turlari bilan kasallangan shaxslar yashayotgan bo`lsa; ijaraga beruvchining roziligi bo`lmasa; ijaraga oluvchining. uning voyaga etgan oila a’zolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bo`lmasa; turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda. Munistipial va idoraviy uy-joy fondi turar-joylarini ikkilamchi ijaraga berish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi (FKning 613-moddasiga qarang). O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 59-moddasida munistipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bo`yicha foydalanganlik va kommunal xizmatlar uchun to`lanadigan haq miqdori taraflar kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin uning miqdori shu joy uchun ijaraga oluvchi tomonidan to`lanayotgan haq hamda kommunal xizmatlar haqidan oshib ketmasligi kerakligi belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 60-moddasi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini bekor qilish tartibini belgilaydi. Munistipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati tugagandan so`ng ikkilamchi ijaraga oluvchi shartnomani qayta tiklashni talab qilishga haqli emas va u egallab turgan turar joyni ijaraga oluvchining talabidan keyin ham bo`shatib bermasa, unga boshqa turar joy berilmagan holda sud tartibida ko`chiriladi. Ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ikkilamchi ijaraga oluvchi unga boshqa turar joy berilmagan holda xuddi shu tartibda ko`chiriladi. Agar ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi muddati ko`rsatilmay tuzilgan bo`lsa, ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bekor qilinishi haqida ikkilamchi ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirishi shart. 178 Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi, shuningdek Uy-joy Kodeksining 69- moddasi hamda 119-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko`ra ham bekor qilinishi mumkin. Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasida shartnomani yangi muddatga tuzishdagi imtiyozli huquq qoidasi amal qilmasligi belgilangan. Mazkur qoida uning yuqoridagi ikkilamchi ijaraga oluvchi turar-joydan o`z istagiga ko`ra foydalanish xuquqini qo`lga kirita olmasligi, va turar-joyni ijaraga berish shartnomasiga ko`ra ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchining javobgar bo`lib qolishi to`g’risidagi qismlaridan kelib chiqadi. Qolaversa, ikkilamchi ijaraga berish muddati uy-joy ijarasi shartnomasi muddatidan oshmasligi, shartnomaning muddatdan avval bekor qilinishi bilan uy-joy ijarasi shartnomasi ham bekor bo`lishi ham bunga asos bo`ladi. Turar-joyning ijaraga berish shartnomasining ijaraga oluvchining voyaga etgan, u bilan birga doimiy yashaydigan fuqaro bilan almashtirilgan taqdirda o`zgartirilishi haqida so`z boradi. Bunday o`zartirishning asosiy sharti - ijaraga oluvchi va ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolarning uni o`zgartirish to`g’risidagi talablari va roziliklaridir. Bu o`rinda ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashovchi fuqarolarning ariza yozishlari, ijaraga beruvchining vakili esa yozma rozilik berishi haqida gap borayapti. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga oluvchining o`limi yoki uning uy-joydan chiqib ketishi bilan bekor qilinmaydi. Bunday shartnoma avvalgi shartlarda o`z kuchida bo`laveradi. Bu holda ijaraga oluvchi avvalgi ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolarning umumiy kelishuviga binoan ulardan biri ijaraga oluvchi bo`ladi. Aks xolda, uy-joyda doimiy birga yashovchi fuqarolarning hammasi birgalikda ijaraga oluvchiga aylanadi. O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 66-moddasiga binoan munistipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi faqat ijaraga oluvchi, uning voyaga etgan oila a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar hamda ijaraga beruvchining roziligi bilan o`zgartirilishi mumkin. Ijaraga oluvchi, uning voyaga etgan oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning talabi bo`yicha shartnoma voyaga etgan oila a’zolaridan biri bilan tuzilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 614 moddasi, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 66-moddasi 2 qismidagi umumiy talablardan farqli ravishda bunda ijaraga oluvchi turar joydan ko`chib ketgan yoki u vafot etgan taqdirda shartnoma ushbu turar joyda yashayotgan voyaga etgan oila a’zolaridan biri bilan tuzilishiga oid qoida nazarda tutiladi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi ikkala tarafning roziligi bilan bekor qilinadi. U taraflar tomonidan istalgan vaqtda sudga murojaat qilmasdan amalga oshirilishi mumkin. Ijaraga oluvchi tomonidan istalgan vaqtda, sudga murojaatsiz ijara shartnomasini bir taraflama bekor qilish mumkinligini nazarda tutadi. Buning uchun birga doimiy yashovchi boshqa fuqarolarning yozma roziligi va ijaraga beruvchini uch oy oldindan ogohlantirish talab qilinadi. Tijorat shaklidagi ijara shartnomasining ijaraga beruvchining talabiga ko`ra 179 sud orqali bekor qilish asoslari va tartibiga bag’ishlangan maxsus qoidalar o`rin egallagan. Ulardan biri - ijaraga oluvchi tomonidan o`zining turar-joy uchun to`lov majburiyatini olti oy mobaynida bajarmaslik (agar shartnomada bundan uzoqroq muddat ko`rsatilmagan bo`lsa). Bu qoida turar-joyni qisqa muddatli ijaraga olishda biroz o`zgaradi (shartnoma bilan belgilangan to`lov muddati o`tgandan keyin ikki martadan ortiq to`lov amalga oshirilman holatda). Mazkur xolatda turar-joydan chiqarib yuborish to`g’risida qaror qabul qilish uchun shartnomada belgilangan haq to`lash muddati o`tganidan keyin ikki martadan ko`proq haq to`lanmaganligi asos bo`ladi. Shu kabi chiqarib yuborishga yana bir sabab - ijaraga oluvchi yoki xatti- harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo`lgan boshqa fuqarolar tomonidan uy- joy vayron qilinishi yoki unga putur yetkazilishidir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to`g’risida"gi Nizomning 58-bandiga ko`ra shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini egallab turgan turar joy maydonidan boshqa turar joy bermasdan, sud yo`li bilan majburiy ravishda ko`chirib yuborish huquqiga egadir. Taraflardan birining talabiga ko`ra shartnomaning bekor qilish imkoni mavjudligi ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi, shuningdek uchinchi shaxslar yoki ta’sir o`tkazib bo`lmaydigan (yengib bo`lmaydigan) kuchlar harakatining natijasida yuzaga keladigan sharoitlar bilan bog’liq. Taraflardan birining talabiga ko`ra uy- joy ijarasi shartnomasining sud orqali bekor qilinishiga bog’liq shunday holatlardan biri – uy-joyning unda doimiy yashashga yaroqsiz holga tushib qolgani (masalan, avariyaviy holat) misol bo`ladi. Ijaraga oluvchi, hamda u javobgar bo`lgan har qanday shaxs turar-joydan belgilanmagan tartibda foydalansa, muntazam ravishda qo`shnilarning huquq va manfaatlarini buzsalar, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarliklarga barham berish zarurligi to`g’risida ogohlantirishi mumkin. Ijaraga beruvchi tomonidan uy-joy ijarasi shartnomasining sud orqali bekor qilinishiga qator qat’iy asoslar o`rnatilgan. Ulardan bir xaqida yuqorida to`xtaldik: ijaraga oluvchi, hamda u javobgar bo`lgan har qanday shaxsning uy-joydan belgilanmagan tartibda foydalanishi (O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 607-moddasiga qarang). Ikkinchi xolat - muntazam ravishda qo`shnilar huquq va manfaatlarining buzilishi. Bunda qonun chiqaruvchi so`z nima haqida borayotganiga izoh bermagan, lekin odatda mast holdagi janjallar, tunda baland musiqa eshitish va boshqa shu kabi jamoat joyida noo`rin bo`lgan harakatlar haqida gapiriladi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Turar-joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va foydalanish Qoidalari"ning 17-bandi bilan belgilangan qoidaga ko`ra kvartiralarda osoyishtalik saqlanishi kerak. Proigrivatellar, magnitofonlar va televizorlar va har hil baland tovush chiqaruvchilardan foydalanishga soat 23.00 dan boshlab ertalab soat 7.00 gacha qo`shnilarning osoyishtaligini buzmaydigan 180 darajada past tovushda qo`yish sharti bilan yo`l qo`yiladi. Ikkala holat uchun ham o`ziga xos tartib o`rnatilgan. Avvalo, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi, yoki u javobgar bo`lgan shaxs tomonidan yo`l qo`yilgan xatolarni ko`rsatib, bu kabi harakatlarni to`xtatish zarurligi haqida ogohlantirishi lozim. Qoidabuzarliklar tuzatilmay qolavergan taqdirdagina ijaraga beruvchi belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. Ijaraga oluvchi, hamda shartnoma bekor qilingan vaqtda uy-joyda yashab turgan boshqa fuqarolarning shartnoma predmeti bo`lgan uy-joydan sud qaroriga asosan chiqarib yuborilishi, uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilishning oqibati bo`ladi. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi egallab turilgan turar joydan ko`chirishga O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 70-moddasiga asosan qonunda belgilangan asoslar bo`yicha yo`l qo`yiladi. Chiqarib yuborishga ijaraga oluvchining ijara shartnomasini buzganligi uchun ko`riladigan chora sifatida qarash kerak. O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 74-moddasida fuqarolarga boshqa turar-joy ajratilmasdan chiqarib yuborishga asoslar sanab o`tilgan. Aybdorlarning chiqarib yuborilishi ijaraga beruvchi yoki boshqa manfaatdor shaxslarning talabiga binoan boshqa turar-joy ajratilmasdan amalga oshiriladi, agarda munistipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joyni buzayotgan yoxud shikastlantirayotgan yoki undan o`z maqsadi bo`yicha foydalanmayotgan yoxud turmush qoidalarini muntazam buzib boshqalarning u bilan bir kvartira yoki bir uyda yashash imkonini bermayotgan bo`lsalar, bunda ogohlantirishlar va jamoat ta’sir choralari natija bermagan bo`lsa, shuningdek shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagani holda ijaraga oluvchi turar joy haqini olti oy to`lamagan bo`lsa, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan to`lov muddati o`tganidan so`ng ikki martadan ortiq to`lanmagan holda amalga oshiriladi. Turar-joy arendasi shartnomasiga keladigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 93-moddasiga ko`ra Turar joy arendasi shartnomasi, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, taraflar kelishuvi bo`yicha o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnoma shartlari bir tarafning aybi bilan buzilganda, shuningdek shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda turar joy arendasi shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga binoan, sud qaroriga ko`ra o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling