Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Nazorat uchun savollar: 
1. Uy-joy ijarasi shartnomasining muhim shartini izohlang. 
2. Uy-joy ijarasi shartnomasining shakli va rasmiylashtirish tartibini 
yoriting? 
3. Olimov o`ziga tegishli kvartirani Rafiqovga ijaraga berdi. Taraflar bu 
xususda yozma shartnoma tuzishdi. Lekin shartnomaning muddatini belgilashmadi. 
Uch yildan so`ng Olimov uy-joy o`ziga kerakligini aytib, Rafiqovdan uy-joyni 
bo`shatib qo`yishni talab qildi. Bunga javoban Rafiqov uy-joyni bo`shatishning 
iloji yo`qligini, qonun bo`yicha uy-joy ijarasi shartnomasida muddat ko`rsatil-


182 
magan bo`lsa u 5 yil muddatga tuzilgan deb hisoblanishini va uyni faqatgina 2 
yildan so`ng bo`shatib berishni aytdi. Olimov Rafiqovning javobi to`g’ri yoki 
noto`g’riligini bilish maqsadida yuridik maslahatxonaga murojaat qildi. 
Olimovga yuridik maslahat bering. 
4. “Kompressor” zavodi o`z xodimlarini vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlash 
maqsadida O`zbekiston Milliy Universiteti (O`zMU) ma’muriyati bilan O`zMUga 
tegishli talabalar shaharchasida joylashgan besh qavatli 25-yotoqxonani ijaraga 
olish to`g’risida 5 yil muddatga shartnoma tuzdi. Oradan 2 yil o`tgach , zavodning 
o`zi yotoqxona qurgach, 25-yotoqxonadagi ishchilarni yangi yotoqxonaga 
ko`chirdi. Va 25-yotoqxonani zavod xodimlarini malakasini oshirish o`quv 
markaziga o`quv mashg’ulotlari uchun berdi. 
Bundan xabar topgan O`zMU ma’muriyati zavoddan 25-yotoqxonani 
qaytarib berishni, zavod uy-joydan belgilangan maqsadda foydalanmayotganligi 
uchun shartnomani bekor qilishini va zavodning aybi bilan shartnoma bekor 
bo`lganligi uchun qolgan muddatga ham ijara haqi to`lashni talab qildi. 
“Kompressor” zavodi O`zMU ma’muriyatining barcha talablarini rad qilib, 
25-yotoqxonaning ichki va tashqi ko`rinishini o`zgartirmaganini, ijara haqini o`z 
vaqtida to`layotganligini, shartnomani bekor bo`lish masalasida ayb Universitet 
ma’muriyati zimmasidaligini, shuning uchun ham yotoqxona ijara shartnomasi 
tugamaguncha qaytarib berilmasligini bildirdi.
Universitet ma’muriyati yuqoridagi talablar bilan sudga murojaat qildi. Sud 
qanday qaror chiqarishi lozim? 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling