Toshkent davlat yuridik universiteti
Shartnomaning bekor bo`lishi
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3. Shartnomaning bekor bo`lishi. Shartnoma shartlarini o`zgartirish tartibi Tekin foydalanish shartnomasi qonunda va shartnomada nazarda tutilgan hollarda bekor bo`lishi mumkin. Jumladan, FKning 630-moddasi mazmuniga ko`ra, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, ssuda oluvchi fuqaro vafot etgan yoki ssuda oluvchi yuridik shaxs tugatilgan hollarda tekin foydalanish shartnomasi bekor bo`ladi. Ayni paytda shartnoma muddatidan ilgari tugatilishi, bekor bo`lishi ham mumkin. FKning 627-moddasida shartnomaning muddatidan ilgari bekor bo`lish asoslari keltirilgan bo`lib, ular ssuda beruvchining talabiga ko`ra, quyidagilardir. Agar ssuda oluvchi: 1) ashyodan shartnomaga yoki ashyoning vazifasiga muvofiq 187 foydalanmasa; 2) ashyoni soz holda saqlash va uni asrash majburiyatini bajarmasa; 3) ashyoning holatini ancha yomonlashtirsa; ssuda beruvchining roziligisiz ashyoni uchinchi shaxsga bergan bo`lsa. Agar ssuda oluvchi ashyodan shartnomaga yoki uning vazifasiga nomuvofiq holda foydalanishi yoxud uni ssuda beruvchining roziligisiz uchinchi shaxsga berishi tufayli ashyo nobud bo`lsa yoki buzilsa, tekin foydalanish uchun olingan ashyoning tasodifan nobud bo`lish yoki tasodifan buzilish xavfi ssuda oluvchining zimmasida bo`ladi. Ssuda oluvchi o`z ashyosidan voz kechib, ssudaga berilgan ashyoning nobud bo`lishi yoki buzilishini bartaraf qilish imkoniyatiga ega bo`lgan bo`lsa ham, ashyoning tasodifan nobud bo`lish yoki tasodifan buzilish xavfi uning zimmasida bo`ladi. Ssuda beruvchi ashyodan foydalanish natijasida uchinchi shaxsga etkazilgan zarar uchun, basharti bu zarar ssuda oluvchi tomonidan yoki bu ashyo ssuda beruvchining roziligi bilan qo`liga tushib qolgan shaxs tomonidan qasddan yoxud qo`pol ehtiyotsizlik tufayli etkazilganini yoinki zarar ssuda oluvchining egaligidan ssuda beruvchining roziligisiz chiqib ketgan ashyodan foydalanib etkazilganini isbot qilmasa, javobgar bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksidagi ssuda beruvchining ashyoning kamchiliklari uchun kontragent-ssuda oluvchi oldida javobgarligini belgilaydigan 621-moddasidan farqli ravishda ssuda beruvchining uchinchi shaxsga etkazgan zarariga nisbatan javobgarligini (ilgari fuqarolik qonunlarida uchramagan) ko`zda tutadi. Javobgarlikdan ozod qilinish holati zararning ssuda oluvchi yoki ssuda beruvchining roziligi bilan ashyo qo`liga tushib qolgan boshqa shaxs tomonidan qilingan huquqbuzarlik (qasddan yoki qo`pol ehtiyotsizlik tufayli) natijasida keltirilganida bo`ladi. Bu holatni isbotlash burchi ssuda beruvchiga yuklanadi. Ssuda oluvchi egaligi va foydalanishida oshirilgan xavf manbai mavjud bo`lgan holat o`ziga xos bo`ladi. U tomonidan etkazilgan zararni qoplash majburiyati shu manbaga qonuniy asosda egalik qiluvchi shaxsga yuklanadi. Bunday shaxs O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 999-moddasiga ko`ra “Tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug’diradigan faoliyat tufayli etkazilgan zarar uchun javobgarlik” normasiga ko`ra ssuda oluvchi bo`lishi mumkin. Ssuda oluvchi tekin foydalanish uchun olgan ashyoni uchinchi shaxsga foydalanish uchun faqat ssuda beruvchining roziligi bilan va uning oldida mas’ul bo`lib qolgan holda berishga haqli. Ssuda beruvchi quyidagi hollarda shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli, agar ssuda oluvchi: ashyodan shartnomaga yoki ashyoning vazifasiga muvofiq foydalanmasa; ashyoni soz holatda saqlash yoki uni asrash majburiyatlarini bajarmasa; ashyoning holatini ancha yomonlashtirsa; ssuda beruvchining roziligisiz ashyoni uchinchi shaxsga bergan bo`lsa. Ssuda oluvchi quyidagi hollarda tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli: 188 ashyodan normal foydalanishni mumkin bo`lmaydigan yoki qiyin qilib qo`yadigan nuqsonlarni aniqlagan bo`lsa, bu nuqsonlar xususida shartnoma tuzish paytida bilmagan va bilishi mumkin bo`lmagan taqdirda; agar o`zi javobgar bo`lmagan holatlarga ko`ra ashyo undan foydalanish mumkin bo`lmaydigan holatga kelib qolsa; agar shartnoma tuzishda ssuda beruvchi uni topshirilayotgan ashyoga nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari to`g’risida ogohlantirmagan bo`lsa; ssuda beruvchi ashyoni yoki unga mansub ashyolarni va tegishli hujjatlarni berish majburiyatini bajarmasa. Agar ashyodan tekin foydalanish muddati shartnomada belgilab qo`yilgan bo`lmasa va shartnomada xabar qilishning boshqa muddati nazarda tutilmagan bo`lsa, har qaysi taraf ikkinchi tarafni bir oy oldin xabardor qilib, shartnomadan xohlagan paytda voz kechishga haqli. Agar tekin foydalanish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, ssuda oluvchi muddati ko`rsatib tuzilgan shartnomadan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda har qachon voz kechishga haqli. Ssuda beruvchi ashyoni boshqa shaxsga berishga yoki uni haq evaziga foydalanish uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli. Bunda avval tuzilgan tekin foydalanish shartnomasi bo`yicha huquqlar yangi mulkdor yoki foydalanuvchiga o`tadi, uning ashyoga nisbatan huquqlari qatoriga ssuda oluvchining huquqlari qo`shiladi. Ssuda beruvchi fuqaro vafot etgan yoxud ssuda beruvchi yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda tekin foydalanish shartnomasi bo`yicha ularning huquq va burchlari merosxo`rga yoki boshqa huquqiy vorisga yoxud ashyoga mulk huquqi yoki ashyoni tekin foydalanish uchun topshirishga asos bo`lgan o`zga huquq o`tgan boshqa shaxsga o`tadi. Ssuda oluvchi yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, tekin foydalanish shartnomasida boshqa tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, uning shartnoma bo`yicha huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga o`tadi. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, ssuda oluvchi fuqaro vafot etgan yoki ssuda oluvchi yuridik shaxs tugatilgan hollarda tekin foydalanish shartnomasi bekor bo`ladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling