Toshkent davlat yuridik universiteti


§ Qurilish pudrati shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

3§ Qurilish pudrati shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari 
 
Pudrat tizimida qurilish pudrati shartnomasi muhim o`rin tutadi. Fuqarolik 
kodeksining 666-moddasiga ko`ra, qurilish pudrati shartnomasi bo`yicha pudratchi 
shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig’i bilan muayyan 
obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, 
buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni 
qabul qilish va kelishilgan haqni to`lash majburiyatini oladi.
Qurilish pudrati shartnomasi konsensual, haq baravariga va ikki tomonlama 
shartnoma turkumiga kiradi. Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni, 
inshootni bir obyektni qurish yoki qayta qurish, shuningdek, montaj, sozlash, ishga 
tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog’liq bo`lgan boshqa ishlarni 
bajarish haqida tuzilishi mumkin. Qurilish pudrati shartnomasining bir qator turlari 
mavjud. Xususan, yakka tartibda uy-joy qurish uchun tuziladigan qurilish pudrati 
shartnomasi; davlat ehtiyojlari uchun qurilish pudrati shartnomasi va boshqalar. 
Taraflar. Shartnomada taraflar sifatida buyurtmachi va pudratchi ishtirok 
etadi. Buyurtmachi sifatida har qanday jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok 
etishlari mumkin. Shartnomada pudratchi sifatida maxsus litsenziya olgan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 
qatnashadi.
Qurilish pudrati shartnomasi odatda yozma shaklda tuziladi. Taraflar 
shartnomani o`zaro kelishib olishganidan so`nguni imzolaydilar. Belgilangan shakl 
rioya etib tuzilgan shartnoma uning taraflari uchun majburiy bo`lib hisoblanadi. 
Masalan, 
qurilish 
pudrati 
shartnomasi 
bo`yicha 
taraflar 
mazkur 
shartnomaning namunaviy shartlari yoki taraflar o`zlari erkin belgilagan shartlar 
asosida bunday shartnomani tuzishlari mumkin. O`zaro imzo qo`yib tasdiqlangan 
shartnoma uning taraflari uchun tegishli huquqiy oqibatni keltirib chiqaradi. 
Buyurtmachi bilan bosh pudratchi qurilishning barcha hajmi yuzasidan 
umumiy pudrat shartnomasi tuzadilar. FKning 631-moddasiga ko`ra, bosh 
pudratchi shartnomada ko`rsatilgan barcha qurilish ishlarini bajarish uchun 
javobgarlikni o`z zimmasiga oladi. Agar qurilish ishlarini bajarish bir yildan oshiq 
muddatni o`z ichiga oladigan bo`lsa, buyurtmachi va pudratchi umumiy pudrat 
shartnomasi bilan bir qatorda, yillik pudrat shartnomasini ham tuzadi. Yillik pudrat 
shartnomasida ma’lum xo`jalik yilida bajariladigan qurilish ishlarining bajarilish 
shartlari ko`rsatilgan bo`ladi. Zarurat tug’ilganda maxsus qurilish-montaj ishlari 
bosh pudratchi bilan yordamchi pudratchi (pudratchidan ishni pudratga oluvchi) 


201 
bo`lgan ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari o`rtasida tuziladigan yordamchi 
pudratchi qurilish tashkilotlari o`rtasida tuziladigan bevosita shartnomaga muvofiq, 
mazkur ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlarining ko`chi biln bajarilishi 
kelishilgan bo`lishi mumkin. 
Masalan, pudratchi bino qurilishini o`z hisobidan sug’urtalash uchun tijorat 
tashkiloti hisoblangan va qurilish ishlarini sug’urtasini amalga oshirishga 
litsenziyasi bo`lgan yuridik shaxslar bilan sug’urta shartnomasi (loyiha smeta 
hujjatlarini)ni tuzishlari mumkin. Pudrat obyektining tasodifan nobud bo`lishi yoki 
tasodifan shikastlanishi xavfi pudratchi zimmasidagi bo`lganligi sababli qurilish 
obyektini sug’urtalash pudratchining manfaatlariga ham to`liq mos keladi. 
FKning 667-moddasiga muvofiq, topshirilmagan pudrat obyektining nobud 
bo`lishi yoki shikastlanishi xavfi pudratchi zimmasida bo`ladi. Shuningdek, pudrat 
obyektida bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun ham pudratchi javobgar 
bo`ladi. Shuning uchun qurilishi pudrati shartnomasida taraflar boshqacha tartib va 
shartlar qo`ygan bo`lmasalar shartnomada nazarda tutilgan obyektni yoki ishlar 
majmuini pudratchi o`z hisobidan sug’urtalashi shart. Sug’urtalash majburiyati 
yuklatilgan taraf qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan tartibda ikkinchi 
tarafga shartnoma shartlariga muvofiq sug’urta shartnomasi tuzganini tasdiqlovchi 
dalillarni, shu jumladan sug’urta qiluvchi, sug’urta summasi miqdori va 
sug’urtalangan tavakkalchiliklar to`g’risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak. 
Sug’urtalash tegishli tarafni sug’urta hodisasi yuz berishining oldini olish chora-
tadbirlarini ko`rish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling