Toshkent davlat yuridik universiteti


Taraflarning huquq va majburiyatlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Taraflarning huquq va majburiyatlari. Buyurtmachi bajarilayotgan 
ishlarning hajmi, qiymati va sifati loyiha va smetalarga muvofiq bo`lishi ustdan 
tekshirish va texnikaviy nazoratni amalga oshirish, istagan vaqtda qurilish va 
montaj ishlarining bajarilishi va sifatini, shuningdek, foydalanilayotgan 
materiallarning sifatini, ishlarning grafikka mos ravishda olib borilayotganligini, 
buyurtmachi bergan materiallardan operativ xo`jalik faoliyatiga aralashmasidan 
tekshirish mumkin. Buyurtmachi (yoki uning vakili) qurilish obyektida yo`l 
qo`yilgan har qanday kamchiliklar to`g’risida pudratchiga e’tiroz bildirishi va 
ularni bartaraf etishni talab qilishga haqli bo`ladi. Bunday tarzda buyurtmachi 
tomonidan aniqlangan va pudratchiga yozma ravishda bildirilgan, texnik 
hujjatlarga mos bo`lmagan ishlar shartnomada ko`rsatilgan shartlar asosida yoki 
oqilona muddatda bartaraf etilishi lozim.Buyurtmachi (yoki uning vakili) qurilish 
obyektida yo`l qo`yilgan kamchiliklarni aniqlagan holda bu haqda pudratchini 
ogohlantirmasa va ularni bartaraf etishni talab qilmasa, ularni bartaraf etish imkoni 
yo`qolganidan so`ng da’vo qilish imkonidan mahrum bo`ladi.
Buyurtmachi qurilishning loyiha, ish chizmasi va smetasini tasdiqlatish
qurilishni mablag’ bilan ta’minlash uchun zarur bo`lgan hujjatlarni bankka taqdim 
etish, vakolatli organlardan qurilish uchun er uchastkasi ajratish haqida aktni olish, 
qurilish maydonida qurilish ishlarini olib borish uchun tegishli organlardan 
ruxsatnoma 
olish 
va 
qurilish 
maydonini 
bo`shatish 
ishlarini 
amalga 


203 
oshirish;shartnomada nazarda tutilgan hollarda o`z vaqtida qurilishni texnologiya, 
energetika, elektrotexnika va umumzavod uskunalari hamda apparaturalari bilan 
ta’minlash, shuningdek, bino va inshootlarni foydalanishga berishi shart. 
Shurtnomaga muvofiq, buyurtmachi zimmasiga qurilish materiallari bilan 
ta’minlash vazifasi ham yuklanishi mumkin, lekin ulardan to`g’ri foydalanish va 
ularni saqlash pudrati zimmasida bo`ladi. Buyurtmachi shartnomada nazarda 
tutilgan hollarda o`z ixtiyorida bo`lgan temir yo`l transportidan, suv, bug’, elektr 
quvvati yordamida ishlaydigan qurilmalaridan pudratchi uchun foydalanishga 
berishi lozim. Pudratchi uning uchun tarif bo`yicha belgilangan bahoda haq 
to`laydi. 
Agar qurilishni va u bilan bog’liq ishlarni amalga oshirishda qurilish pudrati 
shartnomasini tegishli tarzda bajarishda to`siqlar borligi ma’lum bo`lsa, ularni 
bartaraf etishda buyurtmachi o`ziga bog’liq choralarni ko`rishi va pudratchi bilan 
hamkorlik qilishi shart. Masalan, qurilish obyektlarini barpo etish juda murakkab 
jarayonlarni qamrab olganligi bois buyurtmachi va pudratchi (bosh pudratchi, 
yordamchi pudratchi)lar ishtirokida oldindan nazarda tutish imkoni bo`lmagan 
majburiyatlarni bajarish zaruriyati tug’iladi. Bunday hollarda taraflar o`zlariga 
bog’liq bo`lgan barcha choralarni ko`rish maqsadida o`zaro hamkorlik qilishlari 
lozim. Bunday hamkorlik quurilish pudrati shartnomasini lozim darajada 
bajarishning muhim garovi bo`lib xizmat qiladi. Mazkur qurilish pudrati 
shartnomasi bo`yicha taraflar hamkorlik asosida ishlarni tashkil etmasa tegishli 
huquqiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin. Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda 
buyurtmachi o`zi ko`rgan zararni pudratchidan talab qilish huquqini yo`qotadi. 
Ushbu harakatlarni amalga oshirishda qilingan xarajatlarni buyurtmachi 
pudratchiga to`lashi lozim bo`ladi.Pudratchi shartnomada ko`rsatilgan barcha 
qurilish va maxsus ishlarni, shuningdek, mashina va uskunalarni montaj qilish 
ishlarini qurilishning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga, ish chizmasi hamda 
uning smetasiga muvofiq ravishda bajarib, buyurtmachiga topshirishga majbur. 
Pudratchi bajarilgan qurilish ishlarining buyurtmachi tomonidan qabul qilinishini 
talab etishi mumkin.Pudratchi qurilish va u bilan bog’liq ishlarni amalga oshirayot-
gan vaqtda atrof-muhitni muhofaza qilishi va qurilish ishlarini xavfsiz olib 
borishga doir qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi shart.Tugallangan 
qurilish obyektini qabul qilish shartnoma va tegishli qonun hujjatlari asosida 
amalga oshiriladi. Qabul qilish davlat vakolatli organlari vakillari tashkil qilgan 
davlat qabul komissiyasi tomonidan buyurtmachi, bosh pudratchi va yordamchi 
pudratchilar ishtirokida amalga oshiriladi.
Qonun qurilish obyektini buyurtmachi yoki pudratchiga bog’liq bo`lmagan 
holda to`xtatilishini nazarda tutadi. FKning 679-moddasiga binoan, agar taraflarga 
bog’liq bo`lmagan sabablarga ko`ra qurilish pudrati shartnomasi bo`yicha ishlar 
to`xtatilgan bo`lsa, qurilish obyekti konservastiya qilingan bo`lsa, buyurtmachiga 
konservastiya qilingan paytga qadar bajarilgan ishlar haqining hammasini to`lashi, 
shuningdek, ishlarni to`xtatish va konservastiya qilish zaruriyati tufayli qilingan 
xarajatlarni to`lashi shart. Obyekt buyurtmachi tomonidan konservastiya qilingan 
hollarda pudratchi tegishli haq va konservastiya xarajatlaridan tashqari olinmay 
qolgan foydasini, obyekt konservatsiya qilinishi natijasida ko`rgan zararlarini ham 


204 
talab qilishi mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling