Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4 §. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati
Shartnoma tushunchasi va ahamiyati. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi o`zining predmetiga ko`ra, pudrat shartnomalarining mustaqil turi hisoblanadi. Mazkur shartnoma o`zining mohiyatiga ko`ra qurilish shartnomasi bilan uzviy bog’liqdir, chunki loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi bo`yicha pudratchi (loyihalovchi, qidiruvchi) buyurtmachining topshirig’i bo`yicha sharnomada belgilangan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa uni qabul qilib olish va haq to`lash majburiyatini oladi (FKning 686-moddasi). Bu shartnoma ko`p hollarda qurilish pudrati shartnomasi tuzilishidan oldin tuziladi. Ba’zi hollarda loyiha va qidiruv ishlari pudrati va qurilish pudrati shartnomasi bo`yicha pudratchi bo`lib bir shaxs ishtirok etishi ham mumkin. Bunda qurilish pudrati shartnomasini tuzishda taraflardan biri-pudratchi yoki buyurtmachi zimmasiga kelishilgan muddatda qurilishning loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash va ikkinchi tomonga tanishib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim qiladi. Odatda loyihalash va qidiruv ishlari tegishli obyektni qurishga nisbatan murakkab va alohida malaka hamda 206 bilim talab qilganligi uchun bunday faoliyat bilan maxsus muassasalar shug’ullanadilar. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 iyundagi 236-sonli “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g’risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi Qarori bilan faoliyatning alohida turlarini litsenziyalashni amalga oshiruvchi organlarning ro`yxati belgilangan. Tegishli tarzda litsenziya olgan yuridik shaxslar loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasida pudratchi bo`lib ishtirok etishlari mumkin. Loyiha va qidiruv ishlari pudratiga tegishli maxsus qoidalar va pudrat to`g’risidagi umumiy qoidalarga muvofiq, taraflar shartnomani faqat loyiha ishlari bo`yicha yoki qidiruv ishlari bo`yicha ham tuzishlari mumkin. Buyurtmachida pudratchini tanlash va unga ish topshirish huquqi saqlanib qoladi. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasini tartibga solishda Fuqarolik kodeksi bilan bir qatorda O`zbekiston Respublikasi 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan Shaharsozlik kodeksi va boshqa me’yoriy hujjatlar ham muhim ahamiyatga ega. Taraflar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda shartnomaning ahamiyati juda katta rol o`ynaydi. Faqat shartnomagina qonun yoki me’yoriy hujjatlarda ko`zda tutilmagan, lekin yo`l qo`yilgan harakatlarni amalga oshirishda ikkala tomon uchun mas’ul bo`lgan shartlarni o`zida mujassamlashtirishi mumkin. pudratchi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling