Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Ilmiy tekshirish, tajriba konstruktorlik va
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
5 §. Ilmiy tekshirish, tajriba konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati Fuqarolik-huquqiy shartnomalar tizimida ilmiy-tekshirish, tajriba- konstrutorlik va texnologiya ishlari pudrati (ITTKTP) shartnomasi alohida ahamiyatga ega. Mazkur shartnoma FKning 37-bobi 5-paragrafida huquqiy jihatdan tartibga solingan bo`lsada, ITTKTP shartnomasining predmeti, uning xususiyatlari, shartnoma tuzish, bajarish va shartnomani bajarish natijalarining huquqiy maqomini belgilash nuqtai-nazaridan ushbu shartnomaning FKda joylashishi, uning nomlanishi va huquqiy tartibga solinishi bo`yicha huquqiy adabiyotlarda turli fikrlar mavjud. Ba’zi mutaxassislar mazkur shartnomani pudrat shartnomalariga mansubligini ta’kidlab, FKning 37-bobi 5-paragrafida ushbu 212 shartnoma joylashtirilishini maqsadga muvofiq, - deb hisoblashsa 26 , boshqa mutaxassislar ITTKTP shartnomasini FKda o`rnini belgilash va pudrat shartnomasining bir turi sifatida belgilashni muvaffaqiyatli chiqmaganligini ta’kidlashadi. Ularning fikricha, pudrat ishlaridan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy farqi shundan iboratki, agarda pudrat shartnomasining predmeti har doim muayyan natija bo`lsa, ilmiy-tadqiqot ishlarida ko`p hollarda faoliyat o`zi hisoblanadi, pudrat shartnomasida natijaga nisbatan mulk huquqi buyurtmachiga o`tsa, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari aksariyat hollarda intellektual mulk-huquqiy rejimiga bo`ysunadi. Shu bilan birga FKning 37-bobi 1-paragrafidagi pudrat to`g’risidagi umumiy qoidalarni ITTKTP shartnomalariga ham qo`llash maqsadga muvofiq emas 27 . Albatta mazkur vaziyatda ikkinchi fikrga qo`shilgan holda, ITTKTP shartnomasining Rossiya Federastiya GKdagi kabi alohida bobda ifodalanishi maqsadga muvofiq bo`lishini ta’kidlash lozim. FKning 693-moddasiga muvofiq, ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnomasi bo`yicha pudratchi (ijrochi) buyurtmachi bergan vazifada ko`rsatilgan ilmiy tekshirishlarni amalga oshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi bo`yicha esa - yangi buyum namunasini, unga tegishli konstruktorlik hujjatlarini, yangi texnologiyani ishlab chiqish yoki namuna nusxasini tayyorlash majburiyatini oladi. Bunda buyurtmachi pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy topshiriq berish, ishni qabul qilib olish va uning haqini to`lash majburiyatini oladi. Pudratchi bilan tuzilgan shartnoma tadqiqot olib borish, namunalar ishlab chiqish va tayyorlashning butun jarayonini ham, ularning ayrim bosqichlarini (elementlarini) ham qamrab olishi mumkin. Mazkur shartnomada bir vaqtning o`zida bir-biridan farq qiluvchi, lekin muayyan umumiylikka ega bo`lgan bir necha faoliyat turi va u asosida amalga oshirilishi kerak bo`lgan ishlar ko`rsatib o`tilgan. Ya’ni: - ilmiy-tekshirish ishlari; - tajriba-konstrutorlik ishlari; - texnologiya ishlari. Fuqarolik qonunchilikda faoliyat mazkur turlarining tushunchasi berilmagan. Biroq, ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, texnologiya, ilmiy-tadiqoqot faoliyatiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ilmiy (ilmiy-tadqiqot) faoliyat – yangi bilimlar yaratishga va ularni tatbiq etishga yo`naltirilgan faoliyat bo`lib, ular jumlasiga: - fundamental ilmiy tadqiqotlar – inson, jamiyat va atrof tabiiy muhitning tuzilishi, amal qilish va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari to`g’risidagi yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan eksperimental va nazariy faoliyat; - amaliy ilmiy tadqiqotlar – amaliy maqsadlarga erishish va aniq amaliy vazifalarni yechimini topish bo`yicha eng maqbul, yangi bilimlarni qo`llashga qaratilgan faoliyat. 26 Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик ҳуқуқи (II-қисм) (мазкур боб муаллифи – Б.Ибратов). –Т.: Адолат.1999.-335 б. 27 Оқюлов О. Интеллектуал мулк ҳуқуқий мақомининг назарий ва амалий муаммолари. -Т.: ТДЮИ. 2004. 277 б. 213 Ilmiy-texnikaviy faoliyat – texnologik, injenerlik, iqtisodiy, ijtimoiy, insonparvarlik va boshqa muammolarning yechimini topish, fan, texnika va ishlab chiqarishni yagona tizim sifatida amal qilishini ta’minlash bo`yicha yangi bilimlarni yaratish va qo`llashga qaratilgan faoliyat. ITTKTP shartnomasi o`zning huquqiy tabiatiga ko`ra, ikki tomonlama, konsensual va haq baravariga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. ITTKTP shartnomasini tartibga solishda intellektual mulk huquqi qoidalari qo`llaniladi. Zero, mazkur shartnoma asosida pudratchi amalga oshirayotgan ishlar ilmiy-ijodiy faoliyat hisoblanadi, yaratilgan natijalar esa aksiriyat hollarda intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiradi. FKning 702-moddasiga muvofiq, ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari asosidagi munosabatlar FK bilan bir qatorda, ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari to`g’risidagi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Ushbu shartnomada pudratchi sifatida odatda ilmiy-tekshirish institutlari, universetit va institutlar, tajriba-konstruktorlik, ixtirochilik byurolari, ilmiy xodimlar, muayyan bilim va malakaga ega bo`lgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot ishlari asosan O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi ilmiy-tekshirish institutlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga Fanlar akademiyasi, uning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar amaldagi qonunchilik asosida aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo`jalik jamiyatlari va shirkatlarning muassislari bo`lish huquqiga egadirlar (O`zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi Ustavining 66-bandi). Qonun hujjatlarida mazkur shartnoma subyektlari doirasi bevosita cheklanmagan. Biroq, muayyan turdagi ilmiy-tekshirish ishlarini olib borish uchun tegishli litsenziyaga ega bo`lish talab etiladi. Masalan, “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining” Ro`yxatiga muvofiq, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo`linadigan sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizmat ko`rsatish, ular uchun texnologik asbob-uskunalar, radiastiyadan himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash uchun tegishli lestinziyaga ega bo`lish talab etiladi. Shu bilan birga ba’zi holatlarda amalga oshirilishi ko`zda tutilayotgan ilmiy- tekshirish ishlari uchun tegishli litsenziyaga ega bo`lishi yoki vakolatli davlat organlarining topshirig’i asosida amalga oshirilishi ko`zda tutiladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining 1996 yil 5 iyuldagi “Gen injeneriyasi sohasidagi faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi to`g’risida” gi qonuniga muvofiq, gen injeneriyasi sohasida ilmiy-tekshirish va ilmiy-tadqiqot ishlari olbi borish uchun litsenziya olish talab qilinadi. ITTKTP shartnomasining predmetini ilmiy tekshirishlarni amalga oshirish, yangi buyum namunasini, unga tegishli konstruktorlik hujjatlarini, yangi texnologiyani ishlab chiqish yoki namuna nusxasini tayyorlash ishlari tashkil etadi. Pudratchi ilmiy tekshirishlarni shaxsan o`zi olib borishi shart. Agar ilmiy- tekshirish ishlari pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, u buyurtmachining roziligi bilan shartnomani bajarishga uchinchi shaxslarni jalb 214 qilishga haqli. Pudratchi tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajargan vaqtida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, uni bajarishga uchinchi shaxslarni yordamchi pudratchi sifatida jalb qilishga haqli. Bunday hollarda pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi. Agar ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, taraflar shartnoma narsasiga, uni bajarish jarayoni va olingan natijalarga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashlari shart. Maxfiy deb hisoblanadigan ma’lumotlar hajmi shartnomada belgilab qo`yiladi. Pudratchi buyurtmachining yozma roziligi bilan mazkur shartnomalar bo`yicha bajarilgan ishlarning natijalarini patentlashga haqli. Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalaridagi taraflar ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan shartnomada nazarda tutilgan doirada va shartlarda foydalanish huquqiga ega. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, buyurtmachi o`ziga pudratchi tomonidan berilgan ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan foydalanish huquqiga ega, pudratchi esa, o`zi olgan natijalardan o`z ehtiyojlari uchun foydalanishga haqli. Pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy topshiriq berish, ishni qabul qilib olish va uning haqini to`lash bilan birga, ITTKTP shartnomasiga muvofiq buyurtmachining majburiyatlari yana quyidagilardan iborat bo`ladi: - pudratchiga texnikaviy topshiriq berishi va u bilan ishlar dasturini (texnika- iqtisodiy parametrlarni) yoki mavzusini kelishib olishi; - pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur axborotni topshirishi; - bajarilgan ishlarni qabul qilib olishi va ularning haqini to`lashi shart. Mazkur shartnomada pudratchining majburiyatlari sifatida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin: - buyurtmachi bilan kelishilgan dastur (texnika-iqtisodiy parametrlar)ga yoki mavzuga muvofiq ishlarni bajarishi va natijasini shartnomada nazarda tutilgan muddatda buyurtmachiga topshirishi; - intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish bilan bog’liq talablarga rioya etishi; - bajarilgan ishlarda o`zining aybi bilan yo`l qo`yilgan, buyurtmachining texnikaviy topshirig’ida yoki shartnomada nazarda tutilgan texnika-iqtisodiy parametrlardan chekinishga olib kelishi mumkin bo`lgan kamchiliklarni o`z kuchi bilan va o`z hisobidan bartaraf etishi; - kutilayotgan natijalarni olish mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, bu haqda buyurtmachini darhol xabardor qilishi; - bunday shartnomalar asosida topshirilgan natijalarga uchinchi shaxslarda alohida huquqlar yo`qligi haqida buyurtmachiga kafolat berishi shart. Agar ilmiy-tekshirish yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, pudratchi: 215 - ishlarni bajarish jarayonida qo`lga kiritilgan ilmiy-texnikaviy natijalarni buyurtmachining roziligisiz e’lon qilmasligi; - ishlarni bajarish jarayonida qo`lga kiritilgan huquqiy muhofazaga loyiq natijalarni himoya qilish choralarini ko`rishi va bu haqda buyurtmachini xabardor qilishi; - buyurtmachiga bajarilgan ishlarda qo`llanilgan huquqiy muhofazaga loyiq ilmiy-texnikaviy natijalardan foydalanish haqidagi maxsus litsenziyani berishi shart. Agar ilmiy-tekshirish ishlari jarayonida pudratchiga bog’liq bo`lmagan holatlar oqibatida natijaga erishish mumkin emasligi ma’lum bo`lsa, buyurtmachi shartnomada nazarda tutilgan natijalarga erishib bo`lmasligi aniqlaguncha amalga oshirilgan ishlar qiymatini to`lashi shart, ammo bu qiymat shartnomada ko`rsatilgan ishlar bahosining tegishli qismidan ortiq bo`lmasligi lozim. Agar tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajarish jarayonida pudratchi aybdor bo`lmagani holda ishni davom ettirish mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi ma’lum bo`lsa, buyurtmachi pudratchining xarajatlarini to`lashi shart. Pudratchi ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomasini umuman va tegishli darajada bajarmaganligi uchun, agar shartnomaning buzilishida o`zining aybi yo`qligini isbot qilmasa, buyurtmachi oldida javobgar bo`ladi. Agar shartnomada o`zgacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, buyurtmachining ishlar qiymati doirasida ko`rgan real zararini pudratchi qoplashi shart. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling