Toshkent davlat yuridik universiteti


Shartnoma taraflari, ularning huquq va majburiyatlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Shartnoma taraflari, ularning huquq va majburiyatlari. Loyiha va 
qidiruv ishlari pudrati shartnomasida subyektlar sifatida buyurtmachi va 
pudratchilar ishtirok etadilar. Buyurtmachilar sifatida har qanday jismoniy va 
yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Eng muhimi, ularning loyiha va qidiruv 
ishlariga bo`lgan ehtiyoji va xohish-irodasidir, lekin fuqarolar ham, yuridik 
shaxslar ham qonun yo`l qo`ygan asoslardagi sohalar, obyektlar bo`yicha 
buyurtmachi bo`lishlari mumkin. Ular fuqarolik muomalasida bo`lgan obyektlarga 
belgilangan tartibda buyurtmachi bo`lishga haqlidirlar. Atom energetikasi 
obyektlari, magistral truboprovodlar, ko`priklarni loyihalash ishlarini buyurtma 
qilishga shunday faoliyatlarni amalga oshirish to`g’risidagi vakolatlari ularning 
nizomlarida ko`rsatilgan va tegishli tarzda maxsus ruxsatnomalar olgan bo`lishlari 
lozim. Ko`p hollarda qurilish pudratchilari buyurtmachilar bo`lib ishtirok etadilar. 
Pudratchilar sifatida qonun hujjatlari asosida maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 
olgan va tadbirkorlik subyekti sifatida ro`yxatdan o`tgan tashkilotlar ishtirok 
etadilar. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 martdagi 
50-sonli 
“Respublika 
loyiha-qidiruv 
tashkilotlari 
faoliyatini 
yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’risida” gi Qarorida bir qator loyiha-qidiruv 
tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish hamda muayyan faoliyat yuzasidan 
litsenziyalarga oid ko`rsatmalar belgilangan. Ushbu qarorda “ToshuyjoyLITI” AJ, 
“O`zagrosanoatloyiha” MChJ, “O`zGAShKLITI” DUK, “O`zshaharsozlikLITI” 
DUK kabi loyiha-qidiruv tashkilotlari ko`rsatib o`tilgan. 
Pudrat shartnomasining umumiy qoidalariga muvofiq, loyiha va qidiruv 
pudrati 
shartnomasining 
maxsus 
qoidalarga 
zid 
bo`lmaganligi 
uchun 
buyurtmachining topshiriqlarini bajarishda subpudratchilar ham jalb qilinishi 
mumkin. Bunda buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchi o`rtasida 
munosabatlar pudrat va qurilish pudrati to`g’risidagi qoidalar asosida amalga 
oshiriladi. 
Shartnoma bo`yicha bajarilgan ishlarga haq miqdorini belgilash ikki xil 
usulda amalga oshirilishi mumkin: pudratchi belgilangan tariflar asosida o`zi 
amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar bo`yicha smeta tuzadi va buyurtmachiga 
taqdim etadi; buyurtmachi yakuniy xulosa va texnik hujjatlarni tayyorlashga 
(ularning ijobiy va salbiy bo`lishidan qat’i nazar) pudratchi bilan kelishilgan haqni 
to`laydi. 
Shartnomani tuzishda unga ko`rsatilgan ishlarni bajarish va buyurtmachiga 
topshirish muddatlari ko`rsatilgan bo`lishi lozim. Buyurtmachi ishning tez 
bajarilishi uchun oqilona muddatni qisqartirish maqsadida pudratchiga tarifda 
belgilangan summaga nisbatan ko`proq haq to`lashni yoki mukofoti va’da qilishi 
mumkin. Agar shartnomada uni bajarish muddatlari ko`rsatilmagan bo`lsa, 
pudratchi tegishli ishlarni oqilona bajarishi lozim. 
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Uning 
tuzilishiga buyurtmachi tomondan tegishli obyektni loyihalash yoki qidiruv 


209 
ishlarini olib borish haqidagi pudratchiga qilgan taklif asos bo`ladi. Pudratchi 
bunday taklifni qabul qilsa, shartnoma matnini to`zishga, uning shartlarini 
buyurtmachi bilan kelishishga kirishadi. 
Buyurtmachining dastlabki majburiyati pudratchiga loyihalash haqida 
topshiriq, shunigdek, loyiha-smeta hujjatlarini tuzish uchun zarur bo`lgan 
boshlang’ich ma’lumotlarni berishdan iborat. Loyihalash haqidagi vazifani 
buyurtmachining topshirig’i bo`yicha pudratchi tayyorlashi mumkin. Bu holda 
vazifa buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab, taraflar uchun 
majburiy bo`lib qoladi. Buyurtmachi loyiha va qidiruv ishlari bo`yicha topshiriqni 
tayyorlashni uchinchi shaxslarga ham shartnoma asosida berish mumkin. 
Buyurtmachi pudratchi barcha ishlarni bajarib bo`lganidan keyin belgilangan 
narx yoki kelishilgan summaning hammasini to`lashi lozim. Buyurtmachi o`z 
vaqtida pudratchining haqini to`lamasa, FK 327-moddasi asosida javobgar bo`ladi. 
Taraflarning kelishuviga muvofiq, ishlarning ayrim bosqichlari tugallanganidan 
keyin narxning tegishli qismini to`lash haqidagi shart ham kiritilishi mumkin. 
Pudrat shartnomasining boshqa turlaridan farq qilib, loyiha va qidiruv ishlari 
pudrati shartnomasida, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilmagan bo`lsa, loyiha va qidiruv ishlari shartnomasini tasodifan bajarish 
mumkin bo`lmasligi xavfi buyurtmachining zimmasiga tushadi. Tasodifan bajarish 
mumkin bo`lmagan xavf sifatida buyurtmachi va pudratchiga bog’liq bo`lmagan 
holatlar tushuniladi. Bunday hollarda buyurtmachi pudratchi tomonidan bajarilgan 
ishlar uchun tegishli haqni to`laydi. Shartnomada boshqacha holat ko`rsatilgan 
bo`lmasa, qo`shimcha mukofot to`g’risidagi shart kiritilgan bo`lsa, pudradchi uni 
olish huquqidan mahrum bo`ladi. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilmagan bo`lsa, buyurtmachi pudratchiga bog’liq bo`lmagan holatlar tufayli 
loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun boshlang’ich ma’lumotlar o`zgarishi 
bilan bog’liq qo`shimcha pudratchiga xarajatlarni to`lashi shart. 
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, buyurtmachi 
pudratchidan olingan loyiha-smeta xarajalaridan faqat shartnomada nazarda 
tutilgan maqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta hujjatlarini pudratchining 
roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi va undagi ma’lumotlarni oshkor 
qilmasligi shart. Shartnomada ko`zda tutilgan hollarda loyiha va qidiruv ishlari 
pudrati shartnomasi natijalaridan buyurtmachi ixtiyoriy tarzda foydalanishi, uni 
uchinchi shaxslarga sotish va foylanishga berishi mumkin bo`ladi. 
Buyurtmachi loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnomada ko`zda 
tutilgan hajmda va shartlarda pudratchiga xizmat ko`rsatishi shart. Buyurtmachi 
o`zidagi alohida ma’lumotlari, malakali mutaxassislari yoki tegishli texnikasi bilan 
pudratchiga xizmat ko`rsatishi mumkin. 
Agar sharnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, buyurtmachi 
tayyor bo`lgan loyiha-smeta hujjatlarini tegishli davlvt organlari va fuqarolarning 
o`zini o`zi boshqarish organlari bilan kelishib olishda pudratchi bilan qatnashishi 
shart. 
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lsa, buyurtmachi 
tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarining yoki bajarilgan qidiruv ishlarining 
kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxslar tomonidan buyurtmachiga 


210 
nisbatan qo`zg’atilgan da’vo yuzasidan ishda qatnashishga pudratchini jalb qilishi 
shart. Pudratchini bunday ishlarda jalb qilishdan asosiy maqsad unga o`z 
tayyorlagan loyiha-smeta hujjatlari va qidiruv natijalarini himoya qilishga imkon 
yaratishdan iborat, chunki buyurtmachiga qo`yilgan da’voga loyiha-smeta 
hujjatlari yoki qidiruv ishlari natijalari asos bo`lishi mumkin. Pudratchini bunday 
ishlarga jalb qilmaslik buyurtmachining unga nisbatan regress da’vo qo`zg’atish 
huquqidan mahrum qilishi mumkin. 
Fuqarolik kodeksining 689-moddasida pudratchining majburiyatlari ko`rsatib 
o`tilgan. Unga muvofiq, pudratchining dastlabki majburiyati unga topshirilgan 
ishlarni loyihalash haqidagi topshiriq va boshqa boshlang’ich ma’lumotlarga 
muvofiq bajarishi hisoblanadi. Pudratchi o`ziga berilgan topshiriqdan chetga 
chiqishga haqli emas. Qurilish pudrati qoidalari va qonunga muvofiq, pudratchi 
o`ziga bog’liq bo`lmagan holatlar tufayli loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun 
boshlang’ich ma’lumotlar o`zgargan hollarda buyurmachiga tezlik bilan xabar 
berishi lozim. Shartnoma shartlariga kiritilgan har qanday o`zgarishlar 
buyurtmachining roziligi bilan amalga oshiriladi. Buyurtmachi pudratchining ichki 
xo`jalik 
faoliyatiga 
aralashmangan 
holda 
o`z 
topshirig’ining 
qanday 
bajarilayotganligi to`g’risida nazoratni amalga oshirishi mumkin. 
Pudratchi tayyor bo`lgan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachi bilan kelishib 
olishi, shuningdek, buyurtmachi bilan tegishli davlat organlari va fuqarolarning 
o`zini o`zi boshqarish organlari bilan kelishib olishi shart. Masalan, shaharsozlik 
kodeksining 16-moddasiga muvofiq, pudratchi shaharsozlik hujjatlarini ishlab 
chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining 
tegishli tarkibiy bo`linmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik 
hujjatlariga binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning arxitektura-badiiy 
ko`rinishi hamda amaliy echimini yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy 
ko`rsatkichlarni yaxshilaydigan o`zgartishlar kiritishi lozim. 
Pudratchi loyiha-smeta hujjatlari tayyor bo`lgach, ular bilan buyurtmachini 
tanishtirishi, tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarining maqsadga muvofiqligini 
isbotlab berishi, tegishli hududda qurilishi ishlari olib borishning xavflilik 
darajasini va qanday qurilish materiallaridan foydalanish lozimligi to`g’risida 
ma’lumolarni taqdim qilishi lozim. Buyurtmachi shartnomada belgilangan 
muddatda pudratchi bergan loyiha-smeta va qidiruv ishlariga tegishli hujjatlarni 
ko`rib chiqishi lozim bo`ladi. Pudratchi bergan xulosalarni e’tiborga olishga 
majbur. Barcha texnik hujjatlar taraflarning kelishuvidan so`ng pudratchi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Zarur bo`lgan hollarda pudratchi buyurtmachi bilan birgalikda o`zi ishlab 
chiqqan loyiha-smeta hujjatlari va qidiruv ishlari yakunlarini davlatning 
vakolatning organlari va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va kelishib 
olishda ishtirok etadi. Bunda pudratchi o`z faoliyatining yakunlari ilmiy-amaliy 
asoslanganligi, atrof-muhitga zararsizligini isbotlab berishi lozim. Tegishli 
organlar tomonidan aniqlangan kamchiliklar shartnoma shartlariga muvofiq 
pudratchining o`z hisobidan yoki buyurtmachi hisobidan amalga oshiriladi. 
Pudratchi o`ziga berilgan topshiriqlarni begilangan muddatga, kelishilgan nushada 
topshirishga majbur. 


211 
Pudratchi buyurtmachining rozilisiz loyiha-smeta hujjatlarini uchinchi 
shaxslarga bermasligi va ularni sir saqlashi shart. Lekin pudratchi o`zining keyingi 
faoliyatida boshqa buyurtmani bajarishda o`zidagi mavjud ma’lumotlardan 
foydalanishi mumkin. Keyingi bajarilgan buyurtmalar birinchisidan farq qilmay 
qolgan (chunonchi: pudratchi boshqa buyurtmachilarga ham ilgaridan tayyor 
loyihaning aynan o`zini topshirgan) hollarda, pudratchi birinchi buyurtmachi 
oldidan majburiyatlarini bajarilmaganligi uchun sud tartibida javobgarlikka 
tortilishi mumkin. 
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo`yicha pudratchi uchinchi 
shaxslarda pudratchi tomonidan tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 
ishlarni bajarishga qarshilik qilish yoki bajarishni cheklash huquqi yo`qligini 
kafolatlashi lozim. 
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasida pudratchi bunday kafolat 
berishining majburiy ahamiyatga egaligi ular tomonidan o`z vakolatlari doirasida 
va tegishli davlat standartlariga mos bo`lgan loyihalarni yaratishda rol o`ynaydi. 
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi bo`yicha pudratchi loyiha-
smeta hujjatlari va qidiruv ishlaridagi kamchiliklar uchun, shu jumladan, 
keyinchalik qurilish jarayonida, shuningdek, tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari 
va bajarilgan qidiruv ishlari ma’lumotlari asosida barpo etilgan obyektni ishlatish 
jarayonida aniqlangan kamchiliklar uchun javobgar bo`ladi. 
Loyiha-smeta hujjatlarida yoki qidiruv ishlarida kamchiliklar aniqlangan 
taqdirda pudratchi buyurtmachining talabi bilan loyiha-smeta hujjatlarini bepul 
qayta ishlab chiqishi va shunga muvofiq zarur qushimcha qidiruv ishlarini 
bajarishi, shuningdek, agar Qonun yoki sharnomada boshqacha tartibda 
belgilangan bo`lmasa, keltirilgan zararni buyurtmachiga to`lashi shart. Pudratchi 
o`zining aybi bilan etkazilgan zarar uchun uchinchi shaxslar oldidi ham javobgar 
bo`lishi mumkin. Keltirilgan zarar pudratchi bergan hujjatlarga asosan noto`g’ri 
qurish, qurilish materiallaridan noto`g’ri foydalanish, qurilishni qayta qurish, 
jihozlash uchun qilingan xarajatlar yig’indisidan iborat. Obyekt tadbirkor 
faoliyatida ishlatilishi lozim bo`lgan hollarda olinmay qolgan foyda, boshqa 
holatlarda jarima ko`zda tutilishi mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling