Toshkent davlat yuridik universiteti
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (213-233-mm.). –T.: Adolat, 2011. 2. Fuqarolik huquqi ikkinchi qism. H.Raxmonkulov va boshqalar. Adolat nashriyoti, 1999 yil B. 220-310. 3. Mualliflar jamoasi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 2-jild. –T.: Vektor-press, 2010. –B. 459-574. 4. Ro`zinazarov Sh. Erkinlik samara zamini yoki qishloq xo`jalik kapital kurilishiga oid pudrat shartnomasi haqida. (2 maqola) // Iqtisod va xisobot.- T., 1996.- № 12. 5. Ro`zinazarov Sh. Loyiha va kidiruv ishlari pudrat shartnomasi tushunchasi va mazmuni // Mustakil O`zbekiston huquq fanlarining dolzarb muammolari mavzusidagi Respublika IV–ilmiy-nazariy konferensiyasining ma’ruzalar to`plami. - T., 1997. 6. Ro`zinazarov Sh. Davlat ehtiyojlari uchun qurilish pudrati shartnomasining xususiyatlari(2-maqola) //Xo`jalik va huquq.- T., 2004. -№4. 217 38-bob Haq evaziga xizmat ko`rsatish Haq evaziga xizmat ko`rsatish FKda ifoda etilgan yangi huquqiy normalardan bo`lib hisoblanadi. Fuqarolik muomalasida haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomaning qo`llash doirasi tobora kengayib bormoqda. Fuqarolik kodeksida haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalarning tushunchasi, predmeti, uning ayrim turlari, shakli, uni bajarish, xizmatlarga haq to`lashga oid qoidalar mustahkamlab ko`yildi. Qolaversa haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha taraflar va ularning huquq va manfaatlari uning huquqiy tabiatini yoritib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasini buzganlik uchun ijrochining javobgarligi ham mustahkamlab qo`yilganligi uning shartnoma bo`yicha o`z zimmasiga olgan majburiyatini oqilona va lozim darajada bajarishning omili bo`lib hisoblanadi. Bundan tashqari, haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasini bekor qilishga oid normalar ham o`zining ifodasini topdi. Ushbu o`rinda shuni ham qayd etish lozimki, pudrat to`g’risidagi qoidalar Fuqarolik kodeksining 38 bobi qoidalariga zid bo`lmasa haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasiga nisbatan qo`llaniladi. Haq evaziga xizmat ko`rsatishga oid normalar fuqarolik muomalasida bunday xizmat ko`rsatishning samaradorligini oshirishning muhim omili bo`lib hisoblanadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling