Toshkent davlat yuridik universiteti


berilmoqda 28 . Unga ko`ra, tashuvchi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

berilmoqda
28
. Unga ko`ra, tashuvchi shahar yo`lovchilar transportida, temir yo`l, 
havo, avtomobil, daryo transportida va boshqa transportda yo`lovchilarni hamda 
ularning mol-mulkini tijorat asosida tashish bo`yicha xizmatlar ko`rsatuvchi va 
buning uchun maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo`lgan yuridik shaxsdir. 
Fuqarolik kodeksining tashish shartnomasiga bergan ta’rifi umumiydir, ya’ni 
Kodeks normalari bu sohani umumiy normalar tarzida tartibga soladi. Amalda 
tashish shartnomalariga doir tegishli transport tashkilotlarining o`z normalari 
mavjud. Ularda, xususan, yo`lovchi va bagaj tashishning o`ziga xos, sohaning 
maxsus xususiyatlarini hisobga olib, ta’rif beriladi. Masalan, O`zbekiston 
Respublikasining Havo kodeksiga asosan yo`lovchi va bagaj tashish shartnomasiga 
quyidagicha ta’rif beriladi: “havo transportida tashish shartnomasiga binoan 
tashuvchi yo`lovchi va uning qo`l yukini chiptada ko`rsatilgan parvozni amalga 
oshirayotgan havo kemasidan joy berib, belgilangan manzilga eltib qo`yish 
majburiyatini, yo`lovchi qo`l yukini topshirgan bo`lsa – qo`l yukini belgilangan 
manzilga yetkazib, uni yo`lovchiga yoki yo`lovchi tayinlagan shaxsga topshirish 
majburiyatini oladi. Yo`lovchi belgilangan tarif bo`yicha parvoz-uchish, yuk 
tashuvchi belgilagan me’yordan ortiq qo`l yuki bo`lgan taqdirda esa – qo`l yuki 
uchun ham haq to`lash majburiyatini oladi” (98-modda)
29

Yo`lovchi tashish shartnomasining asosiy xususiyati shundaki, bunda tashish 
bo`yicha xizmatlardan foydalanuvchi taraf bo`lib fuqaro qatnashadi. Bu esa 
tegishli ustav va nizomlarda ko`rsatilgan yo`lovchi huquqlaridan tashqari, fuqaro 
yana FK va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g’risida”
30
gi qonunda 
28
“Ташувчининг фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурта қилиш тўғрисида”ги Ўзбекистон 
Республикасининг 2015 йил 26 май қонунида // “Халқ сўзи” газетасининг 2015 йил 27 май сонида эълон 
қилинди. Изоҳ: Ушбу қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан олти ой ўтгач кучга кириши 
белгиланди. 
29
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1993 йил, 6-сон, 247-модда. 
30
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1996 йил, 5-6-сон, 59-модда.


224 
ko`rsatilgan huquqlarga ham egaligini bildiradi. 
Yo`lovchi va bagaj tashish shartnomasi: konsensual, ikki taraflama, haq 
evaziga tuziladigan shartnoma sifatidagi huquqiy belgilari bilan tavsiflanadi. 
Tashish shartnomasining ikkinchi turi yuk tashish shartnomasidir. Yuk 
tashish shartnomasi bo`yicha yuk tashuvchi jo`natuvchi tomonidan o`ziga ishonib 
topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat 
berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo`natuvchi esa yukni tashib berganlik 
uchun belgilangan haqni to`lash majburiyatini oladi. 
Yuk tashish shartnomasida yuk tashuvchi sifatida faqat tegishli litsenziya 
olgan shaxslargina qatnasha oladilar. Masalan, “Avtomobil transporti to`g’risida”gi 
qonunning 13-moddasi, Havo kodeksining 96-moddaciga ko`ra, avtomobilda 
tashish, havo transportida tashish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
maxsus qoida va tartiblarga muvofiq, ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga 
oshiriladi.
Yuk tashish shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilarda ko`rinadi: real, 
ikki taraflama va haq evaziga tuziladi. Yuk tashish shartnomasi yozma shaklda 
tuziladi. 
Tashish shartnomasining har ikki turida ham tashish shartlari, shuningdek, 
taraflarning ularni tashish bo`yicha javobgarligi, agar FKda, transport ustavlarida 
va kodekslarda, boshqa qonunlarda va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda 
boshqacha tartib belgilanmagan bo`lsa, taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi. 
Tashish shartnomalari haqida gap ketganda, unga ergashma shartnomalar 
haqida ham so`z yuritish lozim. Chunonchi, bugungi kunda tashuvchining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish talab etiladi. Ushbu munosabatlar 
ham shartnomaviylikni talab etadi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug’urta qilish shartnomasiga ko`ra, sug’urtalovchi sug’urta hodisasi 
sodir bo`lganda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud tashuvchiga 
yo`lovchilarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning 
o`rnini mazkur shartnoma bo`yicha shartlashilgan haq (sug’urta mukofoti) evaziga 
sug’urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.
Ushbu shartnomalarning predmeti transport korxonasining ikkinchi taraf 
(mijoz) ga ko`rsatadigan transport xizmatidir. 
Yo`lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasi qator milliy qonunlar va xalqaro 
konvenstiyalar bilan tartibga solinadi. 
FKning tashish to`g’risidagi normalari bu haqdagi umumiy qoidalarnigina 
o`z ichiga oladi. FKning 709-moddasiga ko`ra tashishni, asosan, transport ustavlari 
va kodekslari hamda ularga muvofiq qabul qilingan qoidalar tartibga soladi. 
Pochtani tashish haqida FKning 39-bobida hech narsa deyilmagan, chunki u 
alohida xususiyatlarga ega. Shuning uchun pochtani tashish tegishli transport 
ustavlari va kodekslari hamda ularga muvofiq ravishda qabul qilingan qoidalar 
bilan tartibga solinadi. 
FKning 39-bobida xalqaro yo`lovchi va yuk tashish haqida hech narsa 
deyilmagan. Bunday tashishlar xalqaro shartnomalar (transport konvenstiyalari) 
asosida amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro 
shartnomalar shakliga ega bo`lgan transport konvenstiyalari FKning 7-moddasi 


225 
mazmuniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalariga nisbatan 
afzallikka ega, ya’ni transport konvenstiyalari va milliy transport huquqi normalari 
o`rtasida qarama-qarshilik bo`lganda, xalqaro shartnoma qoidalari amalda bo`ladi. 
Ayni paytda transport konvenstiyalarida tartibga solinmagan holatlar bo`lsa, 
O`zbekiston Respublikasi FK, qonun normalari va transport ustavlari bilan 
to`ldirilishi mumkin. 
Shuningdek, aytish kerakki, mahalliy transport qatnovini tashkil qilish 
xalqaro transport qatnovi tartibiga mos ravishda ishlab chiqiladi va o`zgartiriladi. 
MDH mamlakatlari o`rtasida yo`lovchi va yuklarni tashish alohida tartibga 
bo`ysunadi. Temir yo`l orqali yo`lovchi va yuk tashish uchun MDH mamlakatlari 
o`rtasidagi kelishuvga muvofiq, 1964 yilgi “SSR Ittifoqi temir yo`llari Ustavi” 
vaqtincha kuchda qoldirildi. Boshqa turdagi transportlarda tashish bo`yicha bunday 
turdagi kelishuv yo`q va ular o`zaro tan olinib, xalqaro shartnomalar qoidalariga 
asosan amalga oshirilmoqda. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling