Toshkent davlat yuridik universiteti


Ijrochining huquq va majburiyatlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Ijrochining huquq va majburiyatlari. Haq evaziga xizmat ko`rsatish 
shartnomasida xizmat ko`rsatuvchi, ya’ni ijrochining asosiy majburiyati
buyurtmachi tomonidan zimmasiga yuklanadigan (buyuriladigan) ashyoviy 
ko`rinishga ega bo`lmagan xizmatni shartnomada belgilangan tartib va shartlar 
asosida 
bajarishdan 
iboratdir. 
Xizmat 
ko`rsatuvchi 
shaxs 
zimmasiga 
yuklatilayotgan xizmatni bajarishga ixtisosi, malakasi etarli bo`lishidan tashqari, 


220 
tegishli xizmat turini bajarish uchun (maxsus litsenziya) vakolatga ega bo`lishi 
yoki tegishli tashkilotda faoliyat yuritayotgan bo`lishi talab etiladi. Masalan, 
huquqiy xizmat ko`rsatuvchi shaxs, ya’ni advokat tegishli oliy yuridik ma’lumotga 
ega bo`lishi va shu faoliyat bilan shug’ullanishi uchun belgilangan tartibda 
ruxsatnoma olgan bo`lishi lozim. Garchi fuqaro oliy yuridik ma’lumotga ega 
bo`lsada, lekin advokatlik faoliyati bilan shug’ullanishga ruxsatnomasi 
(litsenziyasi) mavjud bo`lmasa, u advokatlik faoliyati bilan shug’ullanishga, sud-
tergov jarayonlarida qatnashishga haqli bo`lmaydi. Oliy yuridik ma’lumotga ega 
shaxs boshqa shaxslarga huquqiy maslahatlar berishi mumkin, biroq u tegishli 
xizmat turini ko`rsatish uchun albatta maxsus ruxsatnomaga ega bo`lishi shart. 
Ijrochining huquqlari haq baravariga xizmat ko`rsatuvchi shartlariga ko`ra, 
shartnoma yuzasidan olgan xizmatini bajarganlik uchun buyurtmachidan haqni o`z 
vaqtida to`lashni talab qilishdan iboratdir. 
Buyurtmachining huquq va majburiyatlari. Haq evaziga xizmat 
ko`rsatish shartnoma bo`yicha buyurtmachining asosiy majburiyati o`ziga 
ko`rsatilgan xizmat uchun shartnomada belgilangan haqni o`z vaqtida to`lash yoki 
to`lab borishdan iboratdir. Buyurtmachi tegishli xizmatga buyurtma berishi uchun 
ijrochi kabi muayyan talabga javob berishi shart emas, biroq unda tegishli 
xizmatga buyurtma berish uchun asos, zarurat va tegishlicha mablag’ bo`lishi 
shart. Buyurtmachining huquqlari ijrochi tomonidan o`ziga ko`rsatilayotgan 
xizmatni shartnoma shartlariga muvofiq holda, o`z vaqtida, sifatli ado etishini talab 
qilishdan iboratdir.
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalarda muddatlar ham muhim 
shartlardan bo`lib hisobalandi. Masalan, mexmonxona xizmatlarini ko`rsatishda 
mexmonxonalarda yashash uchun to`lov yagona xisob kitobi joriy kunning 12 
soatlik davriga muvofiq amalga oshiriladi. Agarda buyurtmachi fuqaro 12 soat 
uchun to`langanidan so`ng ham mexmonxonadan chiqib ketishi 6 soatga 
kechiktirilsa, u holda har bir soat uchun 6 soatdan 12 soatga kechiktirilgan 
taqdirda, kunning yarmi uchun to`lov amalga oshirilishi lozim. 
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha xizmat ko`rsatishning 
sifati ijrochining shaxsi bilan uzviy bog’liqdir. Shu bois ijrochining bilimi, 
qobiliyati, malakasi va amaliy ish ko`nikmasiga ega bo`lishi sifatli xizmat 
ko`rsatishning muhim omili bo`lib hisoblanadi. 
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha buyurtmachining haq 
to`lashi unda belgilangan muddat va tartibda amalga oshiriladi. Masalan, mahalliy, 
shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatini ko`rsatish yuzasidan xizmatlar 
bo`yicha xisob kitob qilish muddati telekommunikastiya operatori tomonidan 
belgilanib, mazkur muddat xisob kitobni taqdim etish paytidan boshlab 15 kundan 
kam bo`lmagan muddatda amalga oshirilishi lozim. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling