Toshkent davlat yuridik universiteti


MANTIQIY VA MUAMMOLI SAVOLLAR


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
MANTIQIY VA MUAMMOLI SAVOLLAR
 
1. 
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasining tushunchasi, huquqiy 
belgilari, turlari, taraflarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi va bekor bo`lish 
asoslarini muhokama eting. 
2. 
Haq evaziga xizmat ko`rsatish bo`yicha sud amaliyotida ayrim nizoli 
masalalar mavjud. Haq evaziga xizmat ko`rsatish bilan bog’liq nizolarni hal 
qilishda FKning normalarini qo`llashda nimaga e’tibor qaratish lozim. Bunday 
nizolar mohiyatini sud hujjatlari asosida tahlil qiling. Haq evaziga xizmat 
ko`rsatish shartnomasi bo`yicha yuristni xulosani tayyorlang. 
3. 
Ijrochi “Olamga sayohat” sayyohlik firmasi bilan buyurtmachi 
“Nuroniy” jamg’armasi o`rtasida haq evaziga xixmat ko`rsatish shartnomasi 
tuzildi. Mazkur shartnomaning 4-bandiga ko`ra buyurtmachi “Nuroniy” 
jamg’armasi o`ziga ko`rsatilgan xizmatlar haqini 2015 yilning 1 mayiga qadar 10 
mln. so`mni to`lashga kelishilgan, ammo ushbu muddatda buyurtmachi “Nuroniy” 
jamg’armasi ko`rsatilgan xizmatlar uchun haqni to`lamadi. Ya’ni shartnomada 
ko`rsatilgan majburiyat “Nuroniy” jamg’armasi tomonidan bajarilmadi. Ijrochi 
“Olamga sayohat” buyurtmachi “Nuroniy” jamg’armasi shartnomaviy 
majburityani bajarmaganligi sababli ko`rsatilgan xizmat haqini undirishni so`rab 
xo`jalik sudiga murojaat qildi.


222 
Vaziyatga huquqiy baho bering. Nizoni mohiyati bo`yicha xo`jalik 
qanday qaror qabul qilishi lozim. Javobingizga xo`jalik sudi qarorini ilova 
qiling. 
4. 
1998 yil “Shijoat” auditorlik firmasi “Bo`kanon” AJ bilan jamiyat 
faoliyatini taftish qilish to`g’risida haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi 
tuzadi. Shartnoma shartlariga ko`ra har yili moliyaviy yil yakunidan 1 oy taftish 
o`tkazish, buning uchun jamiyat 3 oy oldin pul o`tkazib turish majburiyatlarini 
oladi. 2000 yili jamiyat taftish uchun firmaga pul o`tkazgandan so`ng, 1 oy o`tsa 
ham auditorlik taftishi o`tkazish boshlanmaydi. “Shijoat” auditorlik firmasi bunga 
vaj qilib xodimlari keyinroq borishini bildiradi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling