Toshkent davlat yuridik universiteti
Taraflarning javobgarligi
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartnomaning bekor bo`lish asoslari.
Taraflarning javobgarligi. Fuqarolik kodeksining 706-moddasida haq
evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasini buzganlik uchun ijrochining javobgarligi nazarda tutilgan bo`lib, ijrochi haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda u keltirilgan zararni buyurtmachiga batamom to`lashi shart, lekin bu to`lov shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar baxosining ikki baravaridan ortiq bo`lishi mumkin emas. 221 Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida ijrochi majburiyatini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasida qayd etilgan moddaning birinchi qismida ko`rsatilgandan kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilishi mumkin. Buyurtmachi o`ziga ko`rsatilgan xizmatlar haqini shartnomada ko`rsatilgan muddatlarda va tartibda to`lamaganlik uchun ijrochi oldida javobgardir. Ijrochi o`zi aybdor bo`lmagani holda xizmatni bajara olmagan taqdirda, buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to`lashi shart, bunda ijrochining xizmat (xizmatlar) ko`rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin bo`lgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtmachining aybi bilan xizmatni bajarish mumkin bo`lmay qolgan taqdirda, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, xizmatlar bahosi butunlay to`lanishi kerak. Shartnomaning bekor bo`lish asoslari. Buyurtmachi xizmatlarning belgilangan baxosini batamom to`lash sharti bilan haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno. Ijrochi shartnoma bekor qilinishi tufayli buyurtmachiga etkazilgan zararning hammasini to`lash sharti bilangina haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno (FKning 707-moddasi). Masalan, veterinariya xizmatni ko`rsatgan shaxs (ijrochi)ga buyurtmachi xizmat haqini butunlay to`lagandan so`ng shartnoma bekor qilinishi mumkin. Albatta bunday holda majburiyat lozim darajada bajarilishi ham muhim bo`lib hisoblanadi. Ushbu o`rinda shuni ta’kidlash kerakki FKning 25-bobi 340-352-moddalari qo`llanilishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling