Toshkent davlat yuridik universiteti


-BOB. TRANSPORT EKSPEDITSIYASI SHARTNOMASI


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
40-BOB. TRANSPORT EKSPEDITSIYASI SHARTNOMASI 
1.Transport ekspedistiyasi shartnomasi tushunchasi va mohiyati 
Bozor munosabatlari transportdan foydalanishni huquqiy tartibga solishga 
keskin ta’sir ko`rsatdi. Transport xizmati sohasida ko`plab xususiy sektor 
korxonalari vujudga keldi.
Ayrim hollarda yukni bir joydan ikkinchi joyga eltishda bir necha davlat 
hududlarini bosib o`tish, bir necha transport turidan foydalanish (avtomobil, temir 
yo`l, havo va suv transporti) talab etishi mumkin. Bunda esa yuk egasini bir qator 
qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Bu qiyinchiliklar, yuklarning jo`natilishi va 
qabul qilib olinishini ta’minlash, eksport yoki import uchun talab qilinadigan 
hujjatlarni tayyorlash, yukning miqdori, sifati va holatini har bir transportga 
yuklaganda va tushirganda tekshirish, bojlar, yig’imlar va boshqa xarajatlarni 
to`lash, ayrim ko`zda tutilgan va tutilmagan xarajatlarni to`lash, turli davlatlar 
hududidan olib o`tilayotganligi uchun o`z-o`zidan tilni bilish yoki til biladigan 
tarjimanga ehtiyoj sezish kabilarda namoyon bo`ladi. Bunda o`z-o`zidan 
yordamchi operastiyalarning butun majmuini bajarish zarurati kelib chiqadi. 
Shuningdek, u yoki bu shaxs manziliga yuborilayotgan yoki kelayotgan yuklar 
hajmi katta miqdorda bo`lsa, belgilangan operastiyalarni mustaqil bajarish 
iqtisodiy jihatdan o`zini oqlamaydi.
Bunday faoliyat maxsus tayyorlangan ixtisoslashgan shaxslar ekspeditorlar 
tomonidan amalga oshiriladi
31
. Transport tashkilotlarining mijozlarini xizmat qilish 
bo`yicha bunday faoliyat ekspedistiyali xizmat deyiladi va bu xizmat ko`rsatish 
bilan bog’liq shartnomalari turkumiga kiradi.
Transport ekspedistiyasi shartnomasi bilan bog’liq munosabatlar FK, Temir 
yo`l transporti to`g’risida”gi qonun, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 09.09.2000 yilgi 348-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport-
ekspeditorlik korxonalari to`g’risida”gi nizom va “Transport-ekspeditorlik 
xizmatlari ko`rsatish tartibi” bilan tartibga solinmoqda. 
Transport ekspedistiyasi shartnomasi tashishni tashkil etish xizmatlarini 
ko`rsatilishi bilan bog’liqligi sababli yuk tashish shartnomasidan farq qiladi. Unda 
yuk tashish bilan birga ekspeditorlik (xizmat ko`rsatishni o`ziga olgan vositachilik 
va yordamchi-texnologiya xizmatlari kompleksi), transport-ekspeditorlik (yukni 
jo`natish va qabul qilib olish jarayonini tashkil etish, shuningdek, yuk tashishga 
31
Экспедиция лотинча “expeditio” жўнатиш, юбориш деган маъноларни англатади 


237 
aloqasi bo`lgan boshqa turdagi ishlarni bajarish bilan bog’liq transport xizmati) 
xizmatlari ham ko`rsatiladi. 
Transport-ekspeditorlik xizmatlari o`z ichiga yukni jo`natish joyidan 
belgilangan joygacha tashishni tashkil etish; mijozning shart-sharoitlariga ko`ra 
yuklarni tashishning maqbul sxemasini tanlash; yuk jo`natuvchining ombori 
(terminali)dan yuklarni qabul qilib olish, yuk qabul qiluvchining ombori 
(terminali)ga yetkazib berish, unga va tashuvchiga topshirish; yuklarni o`rash-
joylash (qadoqlash), markalash, bog’lash, navlarga ajratish va saqlash; yukni 
sug’urtalash; yuk jo`natilganligi, turgan joyi va belgilangan joyga kelganligi 
(yukning harakati dispozistiyasi) haqida xabardor qilish; boshqa ekspeditorlar 
xizmatlarining turlari, tariflari va ish rejimlari to`g’risidagi axborotni hamda 
boshqa tezkor axborot; transport-ekspeditorlik faoliyati bilan bog’liq masalalar 
bo`yicha maslahatlar; bojxona tartibotlarini bajarish; yuk tashilganligi uchun 
tashuvchi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish va yuk tashish bilan bog’liq 
boshqa xizmatlarni o`z ichiga olishi mumkin. 
FKning 
726-moddasi 
mazmuniga 
asosan, 
transport 
ekspedistiyasi 
shartnomasi bu – ekspeditor
32
haq evaziga va mijoz
33
(yuk jo`natuvchi yoki yuk 
oluvchi) hisobidan ekspedistiya shartnomasida belgilangan yuk tashish bilan 
bog’liq xizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etish majburiyatini olish bilan 
bog’liq shartnomadir.
Transport ekspedistiyasi shartnomasi real yoki konsensual (taraflar xohishi 
doirasida), ikki tomonlama, haq evaziga tuziladi.
Transport ekspedistiyasi shartnomasi odatda mijoz ekspeditor tomonidan 
ko`rsatilgan avvaldan nazarda tutilgan, uning barcha harakatlarini o`z ichiga olgan 
standart, formulyar shakldagi shartnomani imzolashi natijasida munosabat 
o`rnatiladi.
Odatda havo, temir yo`l transporti xizmatlari bir xilda belgilanib, uning 
mazmunini mijoz boshqacha tuzishni taklif etish imkoniyatiga ega emas. Shundan 
kelib chiqib, ekspeditorlar shartnoma matnini shakllantiradi va formulyar tarzda 
mijozga shartnomaning matnini taklif etadilar. Lekin bu shartnomani bir 
tomonlama shartnoma ekanligini belgilab bermaydi. Chunki mijoz shartnoma 
shartlariga qo`shilish yoki qo`shilmaslikni o`zi belgilaydi. O`zining talablariga mos 
kelmagan 
shartlarni 
o`zgartirishni 
talab 
qilishi 
aks 
holda 
shartnoma 
imzolamasligini bildirishi mumkin. 
Transport ekspedistiyasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi va unda tashish 
jarayonini transportning har xil turlari, shu jumladan, aralash turlari bilan ham 
davlat ichidagi, ham xalqaro yo`llarda tashkil etish bilan bog’liq transport-
ekspeditorlik xizmatlarining aniq ro`yxati, tomonlarning nomi va manzili, jo`natish 
32
tovarlarni tashishni tashkil etish bilan shug’ullanuvchi yuridik shahs. U temir yo'l, suv, avtomobil transportida 
yuklarni tashish, shuningdek, yuklarni, tavakkalchiliklarni, transport vositalarini sug’urtalash, yuklar va hujjatlarni 
rasmiylashtirish, joylashtirish, saqlash, ishlov berish, deklarasiyalash va bojhona tartibotlari, transport-ekspeditorlik 
hizmati ko'rsatish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hizmatlar ko'rsatish bo'yicha keng va turli ishlar 
kompleksini bajaradi, shuningdek, ushbu tashishlarni amalga oshirish ustidan nazoratni ta'minlaydi va mijozning 
transport korhonalari oldidagi manfaatlarini himoya qiladi.
33
yuk jo'natuvchi yoki uni qabul qilib oluvchi.


238 
va olib borish joyi (joylari) nomi va boshqa shartlar bo`ladi. Yukni o`z tasarrufiga 
qabul qilib olgandan so`ng transport-ekspeditorlik korxonasi tashish uchun tegishli 
transport hujjati (konosament), transport-ekspeditorlik xizmati ko`rsatish yuk xati 
berishi shartdir. 
FKning 727-moddasiga asosan agar ekspeditorning o`z majburiyatlarini 
bajarishi uchun ishonchnoma zarur bo`lsa, mijoz uni berishi shart. Mijoz 
ekspeditorga ishonchnoma berishi jarayonida ishonchnoma berish qoidalariga 
rioya qilgan holda tegishlicha rasmiylashtirib berishi talab qilinadi. Olib kelish va 
olib ketish maxsus ruxsatnomalar va kvotalar bo`yicha amalga oshiriladigan, akstiz 
solig’i olinadigan yuklarni, shuningdek, xavfli yuklar va chiqindilarni tashish 
uchun shartnoma tuzishga tegishli ruxsatnomalar bo`lgandagina yo`l qo`yiladi. 
Ekspeditor mijoz, tashuvchi va transport jarayonida qatnashuvchi boshqa 
shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq transport-ekspeditorlik xizmatini 
amalga oshiradi. Yukni bir yoki bir necha transport turi bilan yetkazib berish va 
mijozning topshirig’i (buyurtmanomasi)ga ko`ra transport jarayonini tashkil etish 
bilan bog’liq xizmatlar ro`yxati shartnomada kelishib olinadi. Mijoz buning uchun 
kelishib olingan haqni to`lash majburiyatini oladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar tijorat maqsadlari uchun olib 
kelinayotganda shartnomaga olib kelinayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi 
bo`yicha transport-ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko`rsatish 
to`g’risidagi shartlarning kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi. Bunday hollarda bojxona 
rasmiylashtiruvi bevosita jismoniy shaxslar - tovarlarning egalari tomonidan 
amalga oshiriladi.
Ekspeditorlik 
topshirig’i 
tuzilgan 
shartnoma 
doirasida 
transport 
ekspedistiyasi tomonidan berilishi mumkin. 
Ekspeditor sifatida faqat transport ekspedistiyasi xizmatlarini ko`rsatish 
uchun litsenziya olgan tijoratchi yuridik shaxslar va fuqarolar bo`lishi mumkin. 
Transport vositalari, terminallar va transport-ekspeditorlik faoliyatining boshqa 
obyektlari, 
shuningdek, 
transport-ekspeditorlik 
xizmatlari 
O`zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy ravishda sertifikastiyalanishi 
kerak. Transport-ekspeditorlik faoliyati sohasidagi sertifikastiyalash vakolatli 
davlat organi yoki u vakil qilgan organ tomonidan amalga oshiriladi. 
Shartnoma predmetini ekspeditor tomonidan ko`rsatiladigan yuklarni tashish 
bilan bog’liq xizmatlar tashkil qiladi. Shartnomaning muddati taraflarning 
kelishuvi bilan belgilanadi. Shartnomaning bahosi ko`rsatiladigan xizmatlar va 
bajariladigan ishlarning ko`lamiga qarab, ekspeditorga to`lanadigan haqdir. 
Amaldagi tariflarga ko`ra, haq to`lash taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling