Toshkent davlat yuridik universiteti
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.Mualliflar jamoasi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 2-jild. –T.: Vektor-press, 2010. 2.Eshonqulov S.Yu. Bozor munosabatlari sharoitida qarz shartnomasining fuqarolik-huquqiy muammolari: yurid. fan. nomz. dis. ... – Toshkent: 2012. 3. Suyunova D.J. Pravovoe regulirovanie kreditnыx otnosheniy v Respublike Uzbekistan i puti ego sovershenstvovaniya: Avtoref. dis. ... dokt. yurid. nauk. – Tashkent: 2012. – 40 s. 42-BOB. PUL TALABNOMASIDAN BOShQA ShAXS FOYDASIGA VOZ KEChISh EVAZIGA MOLIYaLASh Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularga turli moliyaviy xizmatlar ko`rsatish hamda tadbirkorlik subyektlarining hisob-kitoblarini maqbullashtirish har doim muhim ahamiyat kasb etgan. Bunda tadbirkorlik subyektlari va bank va moliya tashkilotlari o`rtasidagi munosabatlarini fuqarolik-huquqiy shartnomalari orqali tartibga solish bugungi bozor qonuniyatlariga har tomonlama mos keladi. Shu sababli ham banklar tomonidan moliyaviy xizmatlar ko`rsatishning yangi turlarining joriy etilishi talab va taklif, raqobatga asoslangan iqtisodiyot uchun alohida o`rin tutadi. Banklar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ko`rsatiladigan yangi xizmatlar turlaridan biri faktoring – pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashdir. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi xalqaro amaliyotda, bozor iqgisodiyoti rivojlangan davlatlarda bundan yuz yillar avval “faktoring” (“faktor” –moliyaviy agent, komissioner so`zidan olingan) instituti sifatida ma’lum bo`lgan. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasining mohiyati shundaki, uning bo`yicha mijoz moliya agentidan (ko`pchilik hollarda bular – banklar) mijozning mahsulot berish, ish bajarish yoki xizmat ko`rsatishdan kelib chiqadigan talab qilish huquklarini xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etish evaziga pul mablag’larini berishdan iborat. Masalan, tovar yetkazib beruvchi ko`pincha yetkazib berilgan mahsulot uchun o`z majburiyatini bajarish bilan bir vaqtda to`lov olmaydi (oluvchi vaqgincha pul mablag’lari bo`lmagani sababli olingan tovar uchun to`lov mud-datini kechiktiradi). Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) umumiy huquq doirasida Angliyada savdo sohasidagi vositachilik 254 bitimlari (vositachilik, topshiriq, agentlik shartnomasi) asosida shakllana boshlagan. Keyinchalik faktor o`zgargan va u tovarlar savdosidagi vositachilik funstiyasini bajaruvchidan mijoz tomonidan voz kechilgan debitorlik qarzdorlik evaziga uni moliyalovchi moliyachiga aylangan 36 . Faktoring faoliyatining jadal rivojlanishi AQShda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kuzatilgan. G’arbiy Evropa mamlakatlarida faktoring instituti 1950- yillarning ikkinchi yarimida paydo bo`la boshladi. Dastlab faktoring banklari va ixtisoslashgan faktoring jamiyatlari tuzilgan. Faktoringning xalqaro huquqiy asosi 1988 yilda Ottava (Kanada) shahrida 55 ta mamlakat tomonidan imzolangan va xalqaro unifikastiyalash instituti va xususiy huquq Kengashi tomonidan tasdiqlangan, UNIDRUA doirasida tayyorlangan xalqaro faktoring to`g’risidagi konvenstiyada yaratilgan. Konvenstiyaning maqsadi – faktoring ta’rifini unifikastiyalash va uni rivojlantirish uchun xalqaro huquqiy sharoit yaratishdir. Bunda milliy faktoring kompaniyalarining mol yetkazib beruvchilar va boshqa faktoring kompaniyalari bilan xususiy sharoitlarda shartnoma tuzish huquqi saqlanib qoladi. Ushbu konvenstiyaning 1-moddasiga ko`ra, faktoring shartnomasi deganda, mahsulot yetkazib beruvchi bilan faktor o`rtasida tuziladigan shunday shartnoma tushuniladiki, unga ko`ra: 1) mahsulot yetkazib beruvchi o`z mijozlari bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari yuzasidan debitorlik qarzlarini to`plash (olish) huquqini faktorga topshiradi yoki topshirish majburiyatini o`z zimmasiga oladi. Bunda ushbu shartnomaga ko`ra, shaxsiy, oilaviy yoki uy-ro`zg’or ehtiyojlari uchun sotib olingan mol-mulklar shartnoma predmeti bo`la olmaydi; 2) faktor quyida ko`rsatilgan funkstiyalardan hech bo`lmaganda ikkitasini bajarishi lozim: – mahsulot yetkazib beruvchini moliyaviy ta’minlash, shu jumladan ssuda berish yoki mahsuloti uchun oldindan haq to`lash orqali moliyalash; – debitorlik qarzlarini olish bilan bog’liq hisob (buxgalteriya hisob-kitoblari) olib borish; – debitorlik qarzlarini undirish; – debitorlarning qarzni to`lamasligidan himoyalanish; 3) debitorlar mahsulot yetkazib beruvchi shaxs yuborgan debitorlik qarzlarini talab qilib olish huquqi boshqa shaxsga o`tkazilganligi to`g’risidagi yozma xabarnomani olgan bo`lishlari lozim. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling