Toshkent davlat yuridik universiteti
Faktoring shartnomasining elementlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2. Faktoring shartnomasining elementlari Faktoring shartnomasining elementlarini ham shartnoma taraflari, predmeti, bahosi, muddatlari, shakli va mazmuni tashkil etadi. Shartnoma taraflari sifatida moliya agenti, mijoz va qarzdor ishtirok etadi. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish shartnomasi tomonlari bo`lib quyidagilar hisoblanadilar: 36 Гасников К.Д. Сравнительная характеристика договора финансирования под уступку денежного требования (факторинга) по праву России и Англии: автореф. дис. ... канд. юрид. наук. – М.: 2005. – 9 с. 255 moliyaviy agent u pul talabnomasidan voz kechish evaziga moliyalashtirishni amalga oshirishga ruxsat etilgan shaxs; mijoz – yuridik yoki jismoniy shaxs bo`lib u tovar, ish bajarish va xizmat ko`rsatish bilan shug’ullanuvchi tadbirkor. Moliyaviy agent va mijozdan tashqari pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish munosabatlarida va pul talabnomasining ijrosida u bilan mijoz o`rtasidagi shartnoma asosida yuzaga keladigan yon berilgan pul talabnomasini to`lashi kerak bo`lgan uchinchi shaxs ham qatnashadi 37 . Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish shartnomasi tomonlari bo`lib quyidagilar hisoblanadilar: pul talabnomalaridan voz kechuvchi shaxs (mijoz –kreditor); talabnomani qabul qiluvchi va o`rniga pul mablag’lari beruvchi shaxs (moliya agenti- faktor). Qonun faqat moliya agentigagina alohida talablar qo`yadi. Moliya agentlari banklar va kredit tashkilotlari (masalan, kredit uyushmalari) hamda tegishli litsenziyaga ega bo`lgan boshqa tijorat tashkilotlari bo`lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish tadbirkorlik faoliyati sifatida FK 42- bobi qoidalariga asosan litsenziyalashtirilishi kerak. Moliya agenti-banklar, banklarni tashkil qilish va faoliyatini tugatish O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 apreldagi “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi qonunida ko`zda tutilgan. Masalan, mazkur qonunning 1-moddasida bank bu - yuridik shaxs va tijorat tashkiloti hisoblanib, bank faoliyati sifatida qaraladigan quyidagi faoliyatlarni amalga oshirishi mumkin: yuridik va jismoniy shaxslardan qo`yilmalar olish va ularni kreditlash yoki investistiya bilan shug’ullanish; to`lovlarni amalga oshirish. Bank faoliyatidan tashqari banklar boshqa turdagi operastiyalarni ham bajarishlari mumkin. Ular qatoriga majburiyatlarning ijrosi bo`yicha talab qilish huquqini uchinchi shaxslardan sotib olish ham kiradi. Bank, shu jumladan chet el banklari ham o`z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. Litsenziyada bank bajarishi mumkin bo`lgan operastiyalar ro`yxati keltiriladi. Litsenziyalarsiz bank faoliyatini amalga oshirish noqonuniy hisoblanadi va bundan tushgan daromad davlat foydasiga undiriladi. Faktoring shartnomasida mijoz sifatida bank bilan bank hisobvarag’i shartnomasi tuzgan har qanday tadbirkorlik subyekti qatnashishi mumkin. Faktoring shartnomasining predmetini pul talabnomasi tashkil etadi. Shartnoma predmeti sifatida topshirilayotgan talab pulli talab bo`lishi lozim. Boshqa mulkiy talab (masalan, ashyoni topshirish yoki biror-bir ishni bajarish)dan voz kechish esa stessiya (majburiyatda shaxslar o`zgarishi) ning umumiy normalari bilan amalga oshiriladi. Qonunchilikda faktoring shartnomasining predmetining ikki turi: a) to`lov muddati kelgan pul talabnomasi; b) kelgusida vujudga keladigan pul talabnomasi 38 . Voz kechish predmeti hisoblanadigan mijoz va moliya agenti o`rtasida tuzilgan pul talabnomasi xaqidagi shartnoma shartlari shartnoma tuzilgan 37 Ўзбекистон Республикаси фуқаролик кодексига шарҳ: Профессионал шарҳлар. Т 2. / Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. – Тошкент: Baktria press, 2013. – 681 б. 38 Гражданское право. Том 2. Под. ред. А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого. – М.: Велби, 2003. – 510 с. 256 vaqtdayoq yoki qarzdordan pul mablag’lari olish xuquqi yuzaga kelmasdan oldinroq (kelajak talabnomasi), voz kechiladigan pul talabnomasi (mavjud talabnoma) boshqa talabnomalardan farq qiladigan belgilarga ega bo`lishi kerak. Pul talabnomasi qarzdorni aniq ko`rsatish, talab summasi, uning vujudga kelish asoslari va pul talabnomasini identifikastiyalaydigan boshqa xarakterlari bilan individuallashtirilgan bo`lishi kerak, pul talabnomasi pul summasi yoki qarzdor ko`rsatilmagan taqdirda ham pul talabnomasi sifatida tan olinishi uchun etarli. Agar mijoz moliya agentiga alohida talabnomadan emas, balki bir necha pul talabnomalaridan voz kechgan holda, ular kiradigan guruh belgilarini ko`rsatish etarli bo`ladi. Bu belgilarga mijozning talabnoma keltirib chiqaradigan tadbirkorlik faoliyati; talabnoma qaratilgan qarzdorlar guruhi; talabnomada vujudga kelishi bilan bog’liq hududlar yoki qarzdorlar joylashgan joylar; voz kechiladigan talabnomalar amal qilgan davr; voz kechiladigan talabnomalarning umumiy summasi. Voz kechish predmeti bo`lgan talabnomani identifikastiya qilishning iloji bo`lmagan xollardan kelib chiqadigan oqibatlar qarab chiqilmagan. Moliya agentining identifikastiya qilishning iloji bo`lmagan talabnomalar bo`yicha olinmagan summalar natijasida ko`rgan zararlarini moliya agenti mijozdan talab qilish xuquqiga ega deb qaraladi. Bo`lajak pul talabnomalaridan voz kechishda mijozning talabnomadan voz kechishi majburiyati yuklatiladigan shartnomani tuzish va talab-nomaning moliya agentiga o`tishi vaqtlari bir xil emas. Shuni hisobga olgan holda, FK 751- moddasining 3-qismi, to`lov muddati kelishi bilan bog’liq ravishda, ya’ni talabnomaning bo`lajak shakldan mavjud shaklga aylanishi bilan moliya agentiga talabnomaning o`tish vaqtini aniqlaydi. Boshqacha qilib aytganda, bo`lajak pul talabnomalari ular yuzaga kelishi vaqtiga qarab moliya agentiga o`ta boshlaydi. Agar pul talabnomasidan voz kechish biror bir xodisa bilan bog’langan bo`lsa, u holda talabnoma shu xodisa yuz bergandan keyin, albatta, bu talabnoma bo`yicha to`lov muddati kelmasdan avvalroq, moliya agentiga o`tadi. Ko`rib chiqilgan hollarda pul talabnomasidan voz kechishda tomonlarning xohishlari shartnomada ko`rsatib o`tilgani uchun voz kechishning qo`shimcha shartlarini rasmiylashtirishga hojat yo`q (FKning 751-moddasi 2-qismi). Qarzdordan pul mablag’larini olish xuquqi, bunda go`yoki bu huquqni birlamchi kreditor sifatida mijozda vujudga keladigan zarur oraliq bosqichni chetlab o`tilgandek, bevosita moliya agentida yuzaga keladi 39 . Faktoring shartnomasining muddati taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi. Faktorning manfaatlari uchun shartnomani bajarish muddati voz kechiladigan talab qarzdor tomonidan ijro etish muddati kelganda amalga oshirilishidan kelib chiqishi lozim. Shartnoma bahosi – mijozning qarzdorga nisbatan talabining qiymati. Shartnoma bahosini belgilashda turli shartlar hisobga olinishi lozim: mijoz va uning qarzdori holatining barqarorligi, shartnoma bo`yicha to`lov usullari (masalan, akkreditiv va 39 Ўзбекистон Республикаси фуқаролик кодексига шарҳ: Профессионал шарҳлар. Т 2. / Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. – Тошкент: Baktria press, 2013. – Б. 687-688. 257 inkasso turli kafolat qiymatiga ega), to`lov muddati boshlanishi (to`lov muddati boshlangan yoki kelgusida boshlanadigan), mijoz tomonidan moliya agentiga o`tkazilayotgan talablarning soni va shu kabilar. Moliya agenti oladigan haqning miqdori ham turlicha hisoblanishi lozim: qat’iy belgilangan summa ko`rinishida, o`tkazilayotgan talablar qiymatidan foiz hisobida, talab qiymati to`lanadigan summa o`rtasidagi farq ko`rinishida. Konsensula tusdagi faktoring shartnomasining shakli nisbatan bitimlarning shakli to`g’risidagi umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi. Biroq faktoring to`g’risidagi real shartnoma, shuningdek konsensual shartnomani bajarishda amalga oshiriladigan talab voz kechish talab qilish huquqini vujudga keltiradigan shartnoma tuziladigan shaklda tuzilishi lozim. Bu bitimning oddiy yoki malakali yozma shaklida bo`lishi, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda esa talabdan voz kechish davlat ro`yxatidan o`tkaziladigan yozma shaklda tuzilishi zarur. L.A.Novoselova esa, faktoring shartnomasi (asosiy shartnoma) oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim, moliya agentiga huquqlarni o`tkazishni amalga oshirish akti (talab qilish huquqini o`tkazish bitimi) esa, asosiy shartnoma matniga kiritilganligidan qat’iy nazar GKning talab qilish huquqini boshqa shaxsga o`tkazishga doir talablari asosida amalga oshirilishi lozim, deb hisoblaydi 40 . Ayrim hollarda huquqni o`tkazish uchun bitta (asosiy) bitimni tuzishning, yuridik faktning o`zi kifoya. Masalan, real oldi-sotdi, real faktoring shartnomasi. Real faktoring shartnomasida ikkita asosiy va qo`shimcha bitim zarur bo`ladi. Talab qilish huquqini oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq shartnoma tuzilgandan so`ng bir oydan kechiktirmasdan sotuvchining huquqni topshirish majburiyatini ko`rsatish lozim. Bunda tegishli muddatda asosiy oldi-sotdi shartnomasini ijro etish uchun ikkinchi bitimni amalga oshirish zarur bo`ladi. Natijada sotuvchi huquqni topshiradi va xaridor talab qilish huquqini qabul qilib oladi. Nazarimizda, talab qilish huquqini o`tkazishda, yordamchi bitim (huquqni o`tkazish akti)ni emas, balki huquqni o`tkazish uchun etarli bo`lgan (ya’ni, majburiyatda shaxslar o`zgarishiga olib keladigan) asosiy bitimni tushunish lozim bo`ladi 41 . AQSh sudlarida stessiyani og’zaki shaklda va qarzdorni xabardor qilmagan holda amalga oshirishlariga ham qonuniy deb baho berishadi. Angliya huquqida esa, talab qilish huquqi yozma shaklda va stedentning imzosi asosida o`tkazilsa, bunday tartibda qonunga asoslangan talab qilish huquqini boshqa shaxsga o`tkazish (statutory assignment), agarda qarzdor yozma shaklda xabardor qilingan bo`lsa, u holda barchaga nisbatan haqiqiy sanaladi 42 . Amaliyotda shunday holatlar ham bo`lishi mumkinki, biron bir korxona talab qilish huquqini bir necha shaxslarga o`tkazib yuborishi mumkin, buning natijasida esa, ushbu korxona bankrotlik bosqichiga tushib qoladi. Bunday holatlarda stessionarielar huquq va manfaatlarini qay darajada ta’minlanishi mumkin. Mazkur 40 Новоселова Л.А. Сделки уступки права (требования) в коммерческой практике. Факторинг. -М.: Статут, 2003. -367 с.. 41 Абзалов А.А. Мажбуриятда шахслар ўзгаришининг фуқаролик-ҳуқуқий муаммолари: Юрид. фан. номз. дис... – Тошкент: 2011. – 59 б. 42 Цвайгерт К., Кетц Х. Введение в сравнительное правоведение в сфере частного права. Т.2. перевод с немецкого. -М.: Международные отношения, 1998. -173 с. 258 holatda AQSh tajribasiga murojaat qilish o`rinli. Chunki, AQShda talab qilish huquqini boshqa shaxsga o`tkazish borasida turli xil nizoli holatlar ham ko`p uchragan. Jumladan, talab qilish huquqi davomli ravishda bir necha stessionarielarga o`tkazilganligi holatlarida muammolar yuzaga kelgan. Kelajakda bankrot bo`lgan korxonaning talab qilish huquqini boshqa shaxslarga ommaviy tarzda o`tkazishning haqiqiy sanalishning dastlabki sharti sifatida ro`yxatdan o`tkazish masalasi ko`ndalang bo`ladi. Bu borada AQSh Birxillashtirilgan savdo kodeksi xuddi Angliyada 1914 yilda Bankrotlik to`g’risidagi qonunda bo`lgani kabi ro`yxatdan o`tkazish maqsadga muvofiqligini belgilab berdi. Hozirgi paytda AQShga keltirilgan tovarlarning narxiga doir talab qilish huquqini ommaviy tarzda boshqa shaxslarga o`tkazish bo`yicha yagona davlat reestri yuritiladi. Bu esa, talab qilish huquqi bir necha stessionariega o`tkazilgan hollarda va stessionarielar o`rtasida nizo kelib chiqqan taqdirda ulardan qay biri davlat ro`yxatidan birinchi bo`lib o`tkazgan bo`lsa, ushbu shaxs foydasiga hal qilishga yordam beradi 43 . Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling