Toshkent davlat yuridik universiteti


Qarz shartnomasining shakli


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Qarz shartnomasining shakli. FKning 733-moddasi ko`ra, fuqarolar 
o`rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi eng kam ish haqining o`n 
baravaridan ortiq bo`lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi 
taraflardan biri yuridik shaxs bo`lganida esa summasidan qat’i nazar yozma 
shaklda tuzilishi shart. 
Qarz shartnomasining shakliga nisbatan belgilangan mazkur talab FKning 
108-moddasi qoidalaridan kelib chiqadi. Ushbu moddaga muvofiq, notarial 
tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari, quyidagi bitimlar oddiy yozma 
shaklda tuziladi: 
1) yuridik shaxslarning o`zaro va fuqarolar bilan bitimlari; 
2) fuqarolar o`rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o`n 
baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa - bitim 
summasidan qat’i nazar boshqa bitimlar. 
Ta’kidlash joizki, bu ikki holatdan tashqari shartnoma summasidan qat’iy 
nazar taraflardan birining talabi bilan qarz shartnomasi yozma tuzilishi lozim. 
Masalan, qarzga berilayotgan pul summasining miqdori 15 ming so`m bo`lganda 
taraflardan biri shartnomani yozma tuzishni talab qilsa, ikkinchi taraf shartnoma 
summasi eng kam oylik ish haqining o`n baravaridan kam ekanligini ko`rsatib 
shartnomani yozma tuzishdan bosh tortishga haqli bo`lmaydi. 
Eng kam oylik ish haqining o`n baravaridan kam bo`lgan summa qarzga 
berilganda og’zaki tuzilgan qarz shartnomasiga nisbatan FKning 106-moddasi 
talablari qo`llaniladi. Mazkur moddaga muvofiq, qonun hujjatlarida yoki 
taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo`yilmagan, jumladan u 
tuzilayotgan vaqtning o`zidayoq bajariladigan bitim og’zaki tuzilishi mumkin. qarz 
shartnomasi ham tuzilishi bilan ijro qilinishi lozim bo`lgan shartnomalar toifasiga 
kiradi. Ya’ni, shartnoma tuzilgan deb hisoblanishi uchun qarz beruvchi va qarz 
oluvchi o`rtasida shartnoma yuzasidan muayyan harakat amalga oshirilishi, 
aniqrog’i pul summasi qarz oluvchiga topshirilish lozim. 
Garchi fuqarolik qonunchiligida qarz shartnomasini og’zaki tuzilishi 
mumkinligi xususida aniq qoida belgilanmagan bo`lsada, qarz shartnomasining 


247 
og’zaki tuzilishi haqiqiy hisoblanishi FKning 8-moddasida kelib chiqadi. Ushbu 
moddaga binoan, fuqarolik huquq va burchlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning, garchi qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan bo`lmasa-da, lekin fuqarolik qonun hujjatlarining 
umumiy negizlari va mazmuniga ko`ra fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib 
chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi. 
FK qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilishi bilan birga og’zaki shaklda 
tuzilishi mumkinligini ham nazarda tutadi. Garchi qarz shartnomasini og’zaki 
tuzish mumkinligi FKda to`g’ridan-to`g’ri ko`rsatilmagan bo`lsada, bu holat 
bitimlar to`g’risidagi umumiy qoidalardan kelib chiqadi. FKning 106-moddasiga 
muvofiq, qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab 
qo`yilmagan, jumladan u tuzilayotgan vaqtning o`zidayoq bajariladigan bitim 
og’zaki tuzilishi mumkin. Masalan, fuqaro B. fuqaro A.dan 20 ming so`m qarzga 
pul berib turishni so`radi. Bu holatda shartnomaning og’zaki tuzilishi qonun 
hujjatlarida ko`zda tutilgan talablarga muvofiq, – deb hisoblanadi.
Qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilganda shartnoma, odatda, shartnomaga 
quyiladigan talablar asosida rasmiylashtiriladi. Taraflar o`rtasida tuzilayotgan qarz 
shartnomasida quyidagi holatlar mavjud bo`lishi lozim: 
1. Shartnoma tuzayotgan taraflar nomi aniq ko`rsatilishi lozim. Bunda 
shartnoma tarafi hisoblanadigan fuqarolarning ismi sharifi, manzili shartnomada 
ifodalanishi zarur. Yuridik shaxslarga nisbatan esa yuridik shaxsning firma nomi, 
yuridik manzili ko`zda tutilishi kerak; 
2. Shartnoma predmetini belgilash. Bu holatda qarzga nima berilayotganligi 
aniq bo`lishi kerak. Ya’ni, qarzga pul yoki turga xos alomatlari bilan 
belgilanayotgan ashyo berilishi nazarda tutiladi;
3. Qarzga berilgan pul summasining qaytarilish muddati, ya’ni qarz 
shartnomasining amal qilish davri; 
4. Qarz oluvchining majburiyatlari va qarz beruvchining huquqlari ko`zda 
tutilishi lozim; 
5. Agar qarz shartnomasi taraflari shartnomada foiz to`lashni nazarda 
tutishgan bo`lsa, foiz miqdori va muddatlari ko`rsatilishi; 
6. Shartnoma shartlari bajarilmaganda va lozim darajada bajarilmaganda 
belgilanadigan fuqarolik-huquqiy javobgarlik. 
Fuqarolik qonunchiligi, qarz munosabatlarini nafaqat qarz shartnomasi 
tuzish orqali, balki boshqa hujatlar tuzish yo`li bilan ham rasmiylashtirish 
mumkinligini nazarda tutadi. FKning 733-moddasiga muvofiq, agar qarz 
oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki 
muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat 
mavjud bo`lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi. Agar qarz 
majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligastiya yoki qarz 
summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa 
qimmatli qog’oz bilan tasdiqlangan bo`lsa, qarz shartnomasining yozma shakliga 
rioya qilingan hisoblanadi. 
Mazkur normaga asosan amaliyotda qarz shartnomasi quyidagi hujjatlarni 
rasmiylashtirish orqali tuzilgan deb hisoblanadi, – degan xulosaga kelish mumkin: 


248 
1. Tilxat (qarz tilxati); 
2. Muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini 
tasdiqlaydigan hujjat; 
3. Veksel; 
4. Obligastiya; 
5. Qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini 
belgilaydigan boshqa qimmatli qog’oz. 
Odatda, tilxat, bir shaxsning ikkinchi shaxs oldidagi qandaydir majburiyatini 
yoki muayyan ashyo yoki buyumni olganligini yoxud topshirganligini tasdiqlovchi 
hujjat hisoblanadi. Masalan, shartnoma tuzishdan oldin zakalat olgan tomonning 
zakalatni tilxat bilan rasmiylashtirishi yoki ijrachidan ijara haqini olganligi 
xususidagi ijaraga beruvchining tilxati.
Qarz shartnomasida esa tilxat hamma vaqt pul berilganligi yoki ashyolar 
olinganligini tasiqlovchi hujjat hisoblanadi. Odatda qarz olinganligini tasdiqlovchi 
tilxat qarz oluvchi tomonidan yoziladi va imzolanadi. Bunda qarz oluvchi o`zining 
isim sharifi, manzili, kimdan, qancha summadagi pulni yoki qancha miqdordagi 
ashyoni olayotganligi, olingan pul yoki ashyoning qaytarib berish muddati, agar 
foiz to`lash kelishilgan bo`lsa to`lanishi lozim bo`lgan foiz miqdori, qarz olingan 
sanani ko`rsatadi va imzo qo`yyadi. qarz tilxati har qanday erkin shaklda yozilish 
mumkin faqatgina unda yuqorida sanab o`tilgan holatlarning barchasi ifodalanishi 
lozim. Aks holda bunday tilxat haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 
Tilxatning necha nusxada tuzilishi lozimligi xususida fuqarolik qonun 
hujjatlarida ko`rsatma berilmaydi. Biroq tilxatning mazmunidan kelib chiqib, 
uning bir nusxada tuzilishi qarz shartnomasi tuzilganligini tasdiqlash uchun etarli 
bo`lishini aytib o`tish lozim. qarz oluvchi tomonidan imzolangan tilxat qarz 
beruvchiga beriladi va bu berilgan qarz summasini talab qilish olish uchun asos va 
tegishli munosabatda tushunmovchili kelib chiqqanda yakka-yu yagona dalil 
hisoblanadi. Chunki, minimal oylik ish haqining o`n baravaridan ortiq bo`lgan 
summaga tuzilgan qarz shartnomasi og’zaki shaklda tuzilsa, sud guvohlarning 
ko`rsatmalarini qabul qilmasligi, tilxatning yagona dalil bo`lishini ta’minlaydi. 
Qarz tilxati qarz beruvchining talabi bilan summasidan qat’iy nazar notarial 
guvohlantirilishi mumkin. qarz tilxatining nobud bo`lishi qarz beruvchining 
berilgan pul summasini talab qilish huquqini bekor bo`lishiga olib keladi. 
Muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini 
tasdiqlaydigan hujjat sifatida topshirish dalolatnomasi yoki qabul qilish 
bayonnomasini sanab o`tish mumkin. Topshirish shartnomasi fuqarolik-huquqiy 
shartnomalarning ko`pchiligida muayyan majburiyatni bajarilganligini tasdiqlovchi 
hujjat hisoblanadi. Masalan, FKning 486-moddasiga muvofiq, ko`chmas mulkning 
sotuvchi tomonidan topshirilishi va sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi taraflar 
imzolaydigan topshirish dalolatnomasi yoki topshirish to`g’risidagi boshqa 
hujjatga binoan amalga oshiriladi. 
Qarz berilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblangan veksel qarz oluvchi 
tomonidan qarz beruvchiga beriladi. Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz 
oluvchi veksel bergan bo`lib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki 
vekselda ko`rsatilgan boshqa to`lovchining (o`tkazma veksel) vekselda nazarda 


249 
tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini to`lash haqidagi hech 
qanday shart bilan bog’lanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel 
bo`yicha munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda qarz shartnomasi obligastiyalar 
chiqarish va sotish yo`li bilan tuzilishi mumkin. Obligastiya qimmatli qog’oz 
bo`lib, uni saqlovchining obligastiyani chiqargan shaxsdan obligastiyada nazarda 
tutilgan muddatda obligastiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy 
ekvivalentini 
olish 
huquqini 
tasdiqlaydi. 
Obligastiya 
uni 
saqlovchiga 
obligastiyaning nominal qiymatidan obligastiyada qayd etilgan miqdorda foizlar 
olish huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni ham beradi. 
Qonun hujjatlarida yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo`lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz 
summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga 
ega bo`ladi. Shuningdek, qarz shartnomasi bo`yicha qarz oluvchiga turga xos 
alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul 
yoki natura holidagi) shartnomada ko`zda tutilgan hollarda foizlar to`lanishi kerak. 
Foizlar to`lash tartibi va muddatlari qarz shartnomasi bilan belgilanadi. Agar 
foizlar to`lash tartibi va muddatlari shartnomada belgilangan bo`lmasa, ular asosiy 
qarzni qaytarish uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda 
to`lanadi. Qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda 
tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart. 
Qarz summasini qaytarish muddati shartnomada belgilangan bo`lmasa, qarz 
oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab qo`ygan kundan boshlab 
o`ttiz kun mobaynida qaytarishi kerak. Foizsiz qarz summasi qarz oluvchi 
tomonidan muddatidan oldin qaytarilishi mumkin. Foiz evaziga berilgan qarz 
summasi, agar qarz shartnomasida ko`zda tutilgan bo`lsa yoki qarz beruvchining 
roziligi bilan, muddatidan oldin qaytarilishi mumkin. 
Qonun hujjatlarida yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo`lmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda 
FKning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar to`langan 
bo`lishidan qat’i nazar, qarz qaytarib berilishi kerak bo`lgan kundan boshlab to u 
qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan FKning 327-
moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar 
to`lanishi kerak. 
Agar qarz shartnomasida qarzni qismlab (bo`lib-bo`lib) qaytarish nazarda 
tutilgan bo`lsa, qarz oluvchi qarzning navbatdagi qismini qaytarish uchun 
belgilangan muddatni buzgan taqdirda, qarz beruvchi qarzning qolgan barcha 
summasini tegishli foizlar bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishi 
mumkin. Shuningdek qarz shartnomasida qarz bo`yicha foizlarni qarzning o`zini 
qaytarish muddatidan oldin to`lash nazarda tutilgan bo`lsa, bu majburiyat buzilgan 
taqdirda, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini tegishli foizlari bilan birga 
muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli. 
Qarz oluvchi pul yoki boshqa ashyolarni qarz beruvchidan amalda 
olmaganligini yoki shartnomada ko`rsatilganidan kam miqdorda olganligini isbot 
qilib, qarz shartnomasi yuzasidan da’volashish huquqiga ega. Yozma shaklda 


250 
tuzilishi lozim bo`lgan qarz shartnomasi yuzasidan guvohlarning ko`rsatmalari 
yordamida da’volashish mumkin emas, shartnoma aldash, zo`rlik ishlatish, tahdid 
qilish, qarz oluvchining vakili qarz beruvchi bilan yomon niyatda kelishishi yoki 
qiyin vaziyatlar ta’sirida tuzilgan hollar bundan mustasno. 
Agar qarz oluvchi qarz shartnomasi yuzasidan da’volashuvi jarayonida pul 
yoki boshqa ashyolar haqiqatan ham qarz beruvchidan olinmaganligi aniqlansa
qarz shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. qarz oluvchi qarz beruvchidan pul yoki 
boshqa ashyolarni shartnomada ko`rsatilganidan amalda kam miqdorda olgan 
hollarda shartnoma ana shu miqdordagi pul yoki ashyolarga tuzilgan hisoblanadi. 
Qarz oluvchi qarz summasining qaytarib berilishini ta’minlash yuzasidan 
qarz shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek 
qarzning ta’minoti qarz beruvchi javobgar bo`lmagan vaziyatlarda yo`qotilsa yoki 
uning shartlari yomonlashsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo`lmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin 
qaytarishni va tegishli foizlarni to`lashni talab qilishga haqli. 
Qarz shartnomasi qarz oluvchining mablag’lardan aniq maqsadda (aniq 
maqsadli qarz) foydalanishi sharti bilan tuzilgan bo`lsa, qarz oluvchi qarz 
beruvchiga qarz summasidan aniq maqsadda foydalanilishini nazorat qilish 
imkoniyatini ta’minlab berishi lozim. Qarz oluvchi qarz shartnomasining qarz 
summasidan aniq maqsadda foydalanish haqidagi shartlarini bajarmagan taqdirda, 
agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, qarz beruvchi qarz 
oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni 
to`lashni talab qilishi mumkin. 
Qarz munosabatlarining o`ziga xos ko`rinishlaridan biri davlat zayomi 
shartnomalari hisoblanadi. Bunda davlat qarz oluvchi, fuqaro yoki yuridik shaxs 
esa qarz beruvchi bo`ladi. Davlat zayomlari ixtiyoriydir. Davlat zayomi 
shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan unga qarzga berilgan pul 
mablag’larini yoki, zayom shartlariga bog’liq holda, boshqa mol-mulkni, 
belgilangan foizlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni zayomni muomalaga 
chiqarish shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda olish huquqini tasdiqlaydigan 
davlat obligastiyalari yoki boshqa davlat qimmatli qog’ozlarini qarz beruvchining 
sotib olishi yo`li bilan tuziladi. Muomalaga chiqarilgan zayomning shartlarini 
o`zgartirishga (zayomni konversiyalash), shu jumladan FKning 383-moddasida 
nazarda tutilgan asoslarga ko`ra, o`zgartirishga yo`l qo`yilmaydi, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Davlat zayomi shartnomasi bo`yicha davlat Fuqarolik kodeksining 
qoidalariga muvofiq javobgar bo`ladi. 


Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling