Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar: 1. Bank omonati shartnomasi tushunchasi, turlari va huquqiy belgilarini ochib bering? 2. Omonat daftarchasi va omonat depozit sertifikati omonatchiga qanday huquqlarni beradi? 3. Tadbirkor Rajabov ombordan katta miqdorda un sotib olayotganida naqd puli etmay qoldi. Shunda u omborxona egasi Nizomovga undan pulning o`rniga uchta omonat sertifikatini olishni taklif qildi. Nizomov rozi bo`ldi, sababi bu bitim u uchun foydali edi. Ammo sertifikatlar bo`yicha to`lov payti 1 oydan keyin kelardi, Nizomov esa sertifikatlar bo`yicha pulni ertagayoq olmoqchi edi. Rajabovning sertifikatlarni Nizomovga berishi qonuniymi? Sertifikatlar bo`yicha to`lovni muddatidan oldin olish mumkinmi? Muddatidan oldin taqdim etilgan sertifikatlar uchun bank qancha miqdorda foiz to`laydi? 4. Tadbirkor Norqulov o`z pullarini “Zoirova va K.” bankiga 3 oy muddatga, to`lanadigan foizlar miqdorini kelishgan holda, omonatga qo`ydi. Omonat qo`yilgandan bir oydan so`ng bank Norqulovning omonatiga nisbatan beriladigan foiz stavkasini kamaytirdi. Bir necha kun o`tgach esa auditorlik tekshiruvi o`tkazilib omonatning qaytarilishini ta’minlash shartlari yomonlashgani aniqlandi: bankning sof aktivlari miqdori pasaygan va 1-yarim yillik faoliyatidan daromad ko`rmagan bo`lib chiqdi. Norqulov “Zoirova va K.” Bankidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni, undan belgilangan miqdordagi foizlarni to`liq 284 to`lashni va ko`rilgan zararni qoplashni talab qildi. Norqulovning talabi qonuniymi? Bankning normal faoliyati paytida muddatli shartnomani muddatidan oldin bekor qilish holatida bank qanday tartibda foizlarni to`laydi? Qanday omonatlarga nisbatan foiz stavkasini bank omonatchi bilan kelishmay o`zgartirishi mumkin? Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling