Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Hisob-kitob shakllari
Naqd pul bilan hisob-kitob qilish Naqd pulsiz bilan hisob-kitob qilish 286 2-§. Naqd pullar bilan hisob-kitoblar qilish Ma’lumki, insoniyat tarixi davomida naqd pul turli ko`rinishlarda tilla, kumush, tanga, keyinalik esa qog’oz pullar shaklida namoyon bo`lgan va doimiy ravishda to`lov vositasi sifatida muomalada bo`lib kelgan. Garchi naqd pul muomalasi ijtimoiy hayotda tobora kamayib borayotgan bo`lsada, ushbu to`lov shakli hanuz o`z ahamiyatini butunlay yo`qotmagan. Har qanday mamlakat iqtisodida pul muhim ahamiyat kasb etadi hamda ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun muayyan shart sharoit yaratib beradi. Naqd pul bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar odatda, fuqarolar o`rtasida masalan, ish haqi, nafaqa, mukofot, banklar tomonidan beriladigan kredit, sug’urta to`lovi va boshqa to`lovlarni amalga oshirishda keng qo`llaniladi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so`ng o`z milliy valyutamizni muomalaga kiritish muhim va murakkab vazifalardan biri sifatida namoyon bo`ldi. Bu borada mamlakatimizda har tomonlama asoslangan, izchil va tizimli iqtisodiy siyosat amalga oshirildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi “O`zbekiston respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to`g’risidagi”gi PF-870-son Famoni bilan 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida “So`m” qonuniy to`lov vositasi hisoblanadi hamda O`zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, hamma jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha turdagi to`lovlarga, shuningdek banklar tomonidan omonatlarga va hisobvaraqlariga qo`shib qo`yish uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi majburiy etib belgilangan. Bu borada Prezidentimiz I.Karimovning: “Milliy valyuta – milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir” 56 , deya ta’kidlashlarida naqadar hayotiy ma’no mavjudligini ko`rishimiz mumkin. Iqtisodiyot nazariyasida “pul” va “valyuta” kategoriyalari mavjud. Bunda pul va valyuta garchi bir biriga yaqin bo`lsada, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo`lavermaydi. Bunda milliy pul birligi jahon bozorida davlatlar o`rtasida muomala, to`lov va jamg’arish vositasi sifatida ishlatilishi uni valyutaga sifatida tan olinishi sifatida qaraladi. Har bir mamlakatning o`ziga xos milliy valyutasi (masalan, AQSh dollari, Angliyada “funt sterling”, Yaponiyada “yuan” va h.k.) ayrim davlatlarda esa, umumiy pul birliklari (masalan, Evropa ittifoqida muomalada bo`ladigan “evro” pul birligi) naqd puldagi to`lov vositasi sifatida muomala bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining pul birligi so`mdir. Bir so`m yuz tiyindan iborat. So`m O`zbekiston Respublikasida yagona, cheklanmagan va qonuniy to`lov vositasi hisoblanadi. Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to`lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko`rinishidagi pul belgilarini muomalaga 56 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1995, 217-б. 287 chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Muomalada bo`lgan banknotlar va tangalar Markaziy bankning qat’iy majburiyatlari hisoblanadi va uning jamiki aktivlari bilan ta’minlanadi. Yo`q qilib yuborilgan, yo`qotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yo`qotgan banknotlar va tangalarning o`rnini Markaziy bank qoplamaydi. Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek ularning dizaynini Oliy Majlis Senatining Kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Banknot va tangalarning dizayni Markaziy bankning mulki hisoblanadi. Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomalaga chiqarilishi to`g’risidagi axborotni, shuningdek ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi 57 . Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling