Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Shartnoma qismlari. Bank omonati shartnomasining predmeti pullar 
(omonat)dir. Omonat tushunchasiga O`zbekiston Respublikasining “Banklar va 
bank faoliyati to`g’risida”gi 1996 yil 25 aprelda tasdiqlangan qonunida 
quyidagicha ta’rif berilgan: “Omonat (depozit) – talab qilinishi bilanoq yoki 
to`lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to`lovni oluvchi shaxs yoxud ularning 
qonuniy vakillari o`rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to`lagan 
holda yoki bunday to`lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan 
topshiriladigan pul summasi”.
Omonatni tashkil etadigan pul summasi so`mlarda ifodalanadi. Omonatlar 
depozit hisobvarag’ini ochish yo`li bilan qabul qilinadi. Shu tufayli omonatchi 
bilan bank o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun, agar FKning 43-
bobida boshqa qoidalar ko`zda tutilgan bo`lmasa va ular bank omonati shartnomasi 


279 
mazmunidan kelib chiqmasa, bank hisobvarag’i shartnomasida belgilangan 
me’yorlar qo`llanadi. Masalan, bank hisobvarag’i shartnomasi (FK, 44-bob) da 
mavjud bo`lgan hisob-kitoblar to`g’risidagi me’yorlar bank omonati shartnomasi 
bo`yicha munosabatlarga tatbiq etilmaydi, chunki bank omonati shartnomasi bank 
hisobvarag’i shartnomasidan farqli ravishda, tovarlar (bajarilgan ish va ko`rsatilgan 
xizmatlar) uchun hisob-kitob operastiyalarining amalga oshirilishiga yo`l 
qo`ymaydi. Omonatchi depozit hisobvarag’iga kiritgan mablag’larga bank 
mulkchilik xuquqini oladi. Omonatchi esa, aksincha, mulkga egalik (titul xukuki) 
xuquqini yo`qotadi. 
Bankka omonatga topshirilgan pul mablag’lariga omonatchining huquqi 
moddiy bo`lmay, pullarni qaytarish va tegishli foizlarni to`lashni talab qilish 
huquqidir. 
Bank litsenziyasini olish tartibi mazkur Qonunning 10-moddasiga muvofiq 
belgilanadi. Yuridik shaxslar litsenziyasiz omonatlarni qabul qilish bo`yicha bank 
operastiyalarini bajargan hollarda omonatchi zudlik bilan omonat summasining 
qaytarib berilishini, shuningdek, FKning 327-moddasida ko`zda tutilgan 
foizlarning to`lanishi hamda unga foiz summasidan ortiq etkazilgan barcha zararlar 
o`rnini qoplashni talab qilishi mumkin. Agar bunday vaziyatda yuridik shaxslar 
omonatchi bo`lsalar, FKning 114-moddasida ko`zda tutilgan bitimlar haqiqiy 
emasligining oqibatlari to`g’risidagi umumiy qoidalar qo`llaniladi. Bunday 
bitimlar qatnashchilarining dastlabki holatiga qaytarilayotgan vaqtda asossiz 
orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati (FK, 1023-modda), xususan, boshqa 
shaxslarning pul mablag’laridan foydalanganlik uchun ushbu mablag’lar 
summasiga foizlar to`lash (FK, 327-modda) va jabrlanuvchiga olinmagan 
daromadlarni to`lash (FK, 1028-modda) qoidalari qo`llaniladi.
Yuqoridagi oqibatlar fuqarolar va yuridik shaxslarning pul mablag’larini: 
- omonat saqlovchilarga omonatni talab qilishi bilanoq olish va 
omonatchining qonunlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlarini amalga oshirishi 
imkoniyatini bermaydigan veksellar yoki boshqa qimmatli qog’ozlar berish; 
- ularga g’ayriqonuniy chiqarilgan deb topilgan akstiyalar va boshqa 
qimmatli qog’ozlarni sotish yo`li bilan omonatlarga jalb etish hollariga nisbatan 
ham qo`llaniladi (FKning 760-moddasi 4-qismi). 
Endi qonun omonatchining hisobvarag’iga nafaqat o`zi, balki uchinchi 
shaxslarning pul mablag’larini qo`yish (FK, 767-modda), shuningdek bunga 
muvofiq ravishda uchinchi shaxs foydasiga omonat qo`yish (FK, 768-modda) 
imkonini ham tartibga soladi. 
Birinchi holda bank uchinchi shaxslardan kelib tushgan pul mablag’larini, 
o`z hisobvarag’i to`g’risidagi ma’lumotlarni ularga bergan omonatchining 
roziligiga ega bo`lgan holda, omonatchi hisobvarag’iga kiritishi lozim. Ikkinchi 
holatda esa, omonat bevosita omonatchining hisobvarag’iga emas, balki muayyan 
uchinchi shaxs nomiga kiritiladi. Masalan, ota-onalar o`z farzand(lar)i nomiga 
omonat qo`yadilar. Bu holda omonat summasi bankka yangi depozit hisobvaraq 
ochish yo`li bilan amalga oshiriladi va bu shartnomaning muhim sharti nomiga 
omonat qo`yilayotgan fuqaroning ismini yoki yuridik shaxsning nomini 
ko`rsatishdan iboratdir. Uchinchi shaxs foydasiga bank omonati shartnomasi, agar 


280 
bu omonatdan foydalanuvchining ismi (nomi) ko`rsatilmagan bo`lsa, haqiqiy 
hisoblanmaydi. Bu shartnomaning ajralib turadigan xususiyati shundan iboratki, 
uchinchi shaxs bank omonati (depoziti) shartnomasining muqobil subyekti bo`ladi, 
u o`z huquqidan foydalanishi yoki foydalanmasligi ham mumkin. Omonatdan 
foydalanish huquqiga ega bo`lgan shaxs omonatchi uning foydasiga berilgan 
huquqdan foydalanishni istamasa, uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan bank omonati 
shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinishi yoki omonat kirituvchi bilan 
bankning kelishuvi bo`yicha o`zgartirilishi mumkin. Uchinchi tomon benefistiar 
bo`lib, uning huquqlari omonat bo`yicha bankka talab qo`yilguniga qadar 
shartnoma tuzgan tomon ixtiyoriga bog’liq bo`ladi. Pul mablag’lari kelib tushgan 
paytdan boshlab o`z homiysi o`rnini to`liq egallaydi va omonatchi bo`lib qoladi. 
761-moddaga muvofiq, bank omonati shartnomasi yozma shaklda tuzilgan 
bo`lishi kerak. Bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik, 
FKning 114, 115-moddalarida belgilangan oqibatlar bilan birga, bunday 
shartnomaning haqiqiy bo`lmasligiga olib keladi. Bank omonati shartnomasi 
yozma shakliga faqat tomonlar yagona hujjatning ikkala nusxasiga imzo chekib, 
ulardan biri omonatchiga berilgan holdagina emas, balki omonatni qo`yilganligi 
omonat daftarchasi, jamg’arma (depozit) sertifikati yoki bank tomonidan 
omonatchiga berilgan, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank 
amaliyotida qo`llaniladi
ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda 
tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan bo`lsa, rioya 
qilingan hisoblanadi. 
Shartnoma omonatchi qimmatli qog’ozlar, jamgarma yoki depozit 
sertifikatini olgan holda ham rasmiylashtirilgan hisoblanadi. Uning egasi bunday 
qog’ozlarni taqdim etgan vaqtda omonatchi sifatida qatnashadi. 
Bank omonati shartnomasi mazmun-mohiyati – bankning omonatchiga 
omonat summasini, bank omonati shartnomasida belgilangan miqdorda foizlar 
to`lagan hodda qaytarish majburiyatidan iborat (FK, 763-modda). Foizlar 
omonatchi tomonidan bankka berilgan kreditning bahosi hisoblanadi. Ularning 
miqdori shartnomada belgilanadi. Agar foizlar shartnomada ko`rsatilmagan bo`lsa 
ham ular bank foizi hisob stavkasi miqdorida to`lani-shi lozim. Demak, omonatga 
to`lanadigan foizlar miqdorini ayrim hollarda tomonlar kelishib olmasligi, ular 
qonunga asosan belgilanishi mumkin. Bank foizlarining kelishilgan miqdorini 
faqat talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar bo`yicha va shartnomada 
bunday harakat taqiqlanmagan holdagina kamaytirilishi mumkin. Hatgo shu holda 
ham foizlarning yangi miqdori umumiy qoidaga muvofiq, omonatchilarga bu 
haqda xabar berilgan paytdan bir oy o`tganidan keyin qo`llanishi mumkin. 
Muddatli yoki shart bilan qo`yilgan omonatlar bo`yicha foizlar miqdori, agar 
shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa, bank tomonidan bir 
tomonlama kamaytirilishi mumkin emas (yuridik shaxslar uchun bunday imkoniyat 
shartnomada ko`zda tutilgan bo`lishi ham mumkin). Fuqarolar – omonatchilarni 
himoya qilib, qonun muddatli va shart bilan qo`yilgan omonatlar bo`yicha 
foizlarga tuzatish kiritilishini, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan 
bo`lmasa, man etadi. Bunday omonatlar bo`yicha yuridik shaxslar uchun foizlarni 
bir tomonlama o`zgartirishga, shartnomada belgilangan bo`lsa, yo`l qo`yiladi. 


281 
Omonatga foizlar yozish va to`lash tartibi ham qonunchilikda tartibga 
solingan (FK, 764-modda). Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka 
tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa 
asoslarga ko`ra, omonatchining hisobvarag’idan o`chirilgan kundan oldingi 
kungacha yoziladi. FKning 764-moddasi 2-qismida bank omonati summasi va 
foizlar, agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo`lmasa, har oyda omonatchining talabi bilan to`lanishi ko`zda tutilgan. Bu 
muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa, foizlar yoziladigan omonat summasiga 
qo`shilib boradi. 
Agar omonat tegishli foiz davri tugamasdan qaytarilayotgan bo`lsa, 
mijozning mablag’laridan amalda foydalanilgan davrdan kelib chiqqan holda bank 
foizlari yoziladi va ular omonat asosiy summasi bilan bir vaqtda to`lanadi. 
Bank omonati (depoziti) shartnomasida belgilangan tartibga ko`ra, omonatlar 
ikki asosiy turga bo`linadi: talab qilinishi bilanoq beriladigan omonat (talab 
qilinguncha saqlanadigan omonat) va shartnomada belgilangan muddat tutaganidan 
keyin qaytariladigan omonat (muddatli omonat). Biroq omonatning turidan qat’i 
nazar, bank omonatchi talab qilishi bilanoq omonat summasini yoki uning bir 
qismini berishi shart (FK, 762-modda). Yuridik shaxslar tomonidan qaytarib 
berishning shartnomada nazarda tutilgan boshqa shartlari asosida qo`yilgan 
omonatlar bundan mustasno. 
Bank omonati shartnomasining fuqaro omonatni talab qilishi bilanoq olish 
huquqidan voz kechishi haqidagi sharti o`z-o`zidan haqiqiy emas. Bank omonati 
shartnomasida qaytarib berishning qonun hujjatlariga zid bo`lmagan boshqa 
shartlari asosida omonatlar qo`yish ham nazarda tutilishi mumkin (FK, 762-
modda). Masalan, shartli omonatlar biror shart asosida (masalan, farzand balog’at 
yoshiga etgunga qadar) tuziladigan bank omonati shartnomasi bo`yicha 
qo`yiladigan omonatlardir. 
Nomiga omonat qo`yilgan shaxs hisobvaraq ochilayotgan vaqtda belgilangan 
shartlarga rioya qilingan yoki omonat qo`yuvchi tomonidan ko`rsatilgan hollar 
yuzaga kelganidagina uni tasarruf etish huquqiga ega bo`ladi. Omonatchi 
belgilangan muddat etib kelganida muddatli omonat summasini yoki shartnomada 
belgilangan holat yuzaga kelishi bilan shartli omonat pulini talab qilmagan vaziyat 
ham bo`lishi mumkin. Bank omonatining bunday turi, agar shartnomada boshqa 
tartib ko`zda tutilgan bo`lmasa, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat turiga 
o`tkazib qo`yiladi. 
Omonatni qaytarish haqidagi talabni bajarmaganlik uchun ja-vobgarlik, 
FKning 766-moddasiga muvofiq, bank omonatchining omonatini qaytarish 
to`g’risidagi talabini bajarmagan yoki zarur ravishda bajarmagan; omonatni 
qaytarish shartlari yomonlashgan; fuqarolardan depozitni vakolat berilmagan shaxs 
qabul qilgan yoki omonatlar to`g’risidagi qonunchilik buzilgan; omonat 
qaytarilmagan, omonat noqonuniy ravishda tutib turilgan yoki foizlar to`lanmagan 
hollarda yuzaga keladi. Bunday hollarda omonatchi bankdan omonat summasini 
qaytarishni talab qilishga haqli bo`ladi. 
Bank omonati shartnomasini bekor qilish hamma vaqt omonatchi-fuqaroning 
bir tomonlama xohish-ixtiyori bilan yuz beradi. Agar omonatchi yuridik shaxs 


282 
bo`lsa, shartnomani bekor qilish omonatning turiga bog’liq: talab qilib olingunicha 
saqlanadigan omonatlar bo`yicha – birinchi talab bilan, alohida shartlar bilan 
qo`yiltgan omonatlar uchun shartnomada ko`zda tutilgan tartib qo`llaniladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling