Toshkent davlat yuridik universiteti
Omonat daftarchasi va omonat (depozit) sertifikati. Omonat
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Omonat daftarchasi va omonat (depozit) sertifikati. Omonat daftarchasi
va omonat (dipozit) sertifikati bank omonati shartnomasi shaklida qo`llanadi. Ularning asosiy xususiyatlari ( birinchi bor FKning 769, 770-moddalarida aks etgirilgan. Omonat daftarchasi fuqaro bilan bank omonati shartnomasini tuzish rasmiylashtirilgan hamda uning hisobvarag’ida omonat bo`yicha pul mablag’lari harakatini tasdiqlaydigan hujjatdir. Omonat daftarchasi omonatchining nomi yozilgan omonat daftarchasi yoki taqdim etuvchiga pul to`lanadigan omonat daftarchasi shaklida bo`lishi mumkin. Ularning har biri ikki xil vazifani: dalil-isbot (shartnoma tuzilgani va uning bekor qilinganini tasdiqlaydi) va hujjat (unda hisobvaraq bo`yicha operastiyalar amalga oshiriladi) vazifalarini bajaradi. Taqdim etuvchiga pul to`lanadigan omonat daftarchasi qimmatli qog’oz hisoblanadi. Ushbu daftarcha taqdim etilgan holdagina bu huquqlar amalga oshirilishi va berilishi mumkin. Shu boisdan taqdim etuvchiga pul to`lanadigan omonat daftarchasi bank omonati shartnomasi tuzilganligi va fuqaro hisobvarag’iga pul mablag’lari kiritilganligini yozma ravishda tas- diqlaydigan hujjat bo`libgina qolmasdan, xuquq beruvchi ahamiyatga egadir. Omonat daftarchasi rekvizitlari qonunda belgilangan (FK, 769-modda). Unda quyidagi ma’lumotlar bo`lishi shart: a) depozit qabul qilgan bankning nomi, uning joylashgan manzili; b) omonat bo`yicha hisobvaraq nomeri; v) hisobvaraq bo`yicha pul mablag’lari harakati (kirim, chiqim, qoldiq) to`g’risidagi ma’lumotlar. Omonat daftarchasi omonatchida bo`lganligi sababli, uchinchi shaxslar tomonidan depozit hisobvarag’iga qo`shimcha badallar qo`yishga doir operastiyalarni omonatchi bankka kelguniga qadar daftarchada aks ettirib bo`lmaydi (FK, 767-modda). Demak, omonat daftarchasi omonatning holatini hamma vaqt ham etarlicha aniq aks ettira olmaydi, holbuki FKning 769-moddasi bo`yicha shunday bo`lishi kerak. Agar egasining nomi yozilgan omonat daftarchasi yo`qotilgan bo`lsa yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga keltirilgan bo`lsa, bank omonatchining arizasiga muvofiq, unga yangi omonat daftarchasi beradi. Ko`rsatuvchiga pul to`lanadigan omonat daftarchasi yo`qolganida, fuqarolik-prostessual qonunchiligida belgilangan tartibga ko`ra, ko`rsatuvchiga pul to`lanadigan qimmatli qog’ozlar uchun huquqlar tiklanguniga qadar bank majburiyatlardan ozod bo`ladi. Agar omonat daftarcha egasiga daftarchani qonunsiz ravishda egallab olgan boshqa shaxs ma’lum bo`lsa, unga nisbatan vindikastion da’vo qilish yo`li bilan talab qilib olishga haqlidir (FK, 228-modda). Omonat (depozit) sertifikati qimmatli qog’oz bo`lib, bankka qo`yilgan omonat summasini ham, omonatchining (sertifikat saqlovchining) belgilangan muddat tamom bo`lganidan keyin sertifikatni bergan bankda yoki ushbu bankning istalgan filialida omonat summasini va sertifikatda ko`rsatib qo`yilgan foizlarni olish huquqini tasdiqlaydi (FK, 770-modda). 283 Omonat daftarchadan farqli ravishda, sertifikat bank omonat shartnomasini rasmiylashtirishda universal vosita bo`lib, u fuqarolar, shuningdek, yuridik shaxslar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarda qo`llanadi. Fuqarolar omonat sertifikatlari egalari bo`lishi mumkin. Depozit sertifikati omonat sertifikatiga o`xshaydi, ammo unga faqat yuridik shaxslar egalik qilishi mumkin. Sertifikat unda ko`rsatilgan muddat etib kelishi bilan to`lanishi shart bo`lgan muddatli omonat turidir. Agar sertifikat jismoniy shaxs tomonidan pul to`lash uchun muddatidan oldin taqdim etilgan bo`lsa, bank unga omonat summasini to`lashi kerak, omonatchi-yuridik shaxs iltimosi bo`yicha esa, shartnomada boshqa tartib ko`zda tutilgan bo`lmasa, omonat summasini to`lash huquqiga ega, lekin majbur emas. Agar sertifikatning shartlarida foizlarning boshqacha miqdori belgilab qo`yilgan bo`lmasa, foizlar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar uchun ko`zda tutilgan miqdorda to`lanadi (FK, 770-modda). Sertifikat blankida quyidagi rekvizitlar bo`lishi shart: a) depozit (yoki “omonat”), sertifikat nomi; b) sertifikat berish uchun asosni ko`rsatish (pul omonatini kiritish); v) depozit yoki jamg’arma omonatni kiritish sanasi; g) depozit yoki omonatning miqdori; d) bankning depozit summasini yoki omonatni so`zsiz qaytarish majburiyati; e) qaytarish muddati; j) bankning foiz stavkasi; z) tegishli foizlar summasi; i) sertifikat bank-emitentining nomi va manzili; k) nomi yoziladigan sertifikat oluvchi (benefistiar) ismi (nomi); l) bunday bitimlarni tuzish uchun bank vakolat bergan ikki shaxsning bank muhri bilan tasdiqlangan imzolari. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling