Toshkent davlat yuridik universiteti


-§. ChEKLAR BILAN HISOB-KITOB QILISh


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

5-§. ChEKLAR BILAN HISOB-KITOB QILISh 
 
Cheklar bilan hisob-kitobni amalga oshirishning to`la tartibini nazorat qilish 
FK chek qonunchiligini imkoni boricha 1931-yilda qabul qilingan “Chek 
to`g’risidagi birxillashtirilgan qonun” haqida Jeneva Konvenstiyasi qoidalariga 
muvofiqlashtirish maqsadini ko`zlaydi. 
FK chek orqali hisob-kitobni amalga oshirish haqidagi me’yorlari ari boshqa 
qonunlar va ular asosida tuzilgan bank qoidalari bilan to`ldirilgan. Xususan, 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 21.02.2002 yilda 514-
sonli qarori bilan tasdiqlangan “Cheklardan foydalanish va cheklar berish 
to`g’risida”gi Nizom (O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi №1115-sonli 


302 
14.03.2002 yilda ro`yxatga olingan) amal qiladi. 
Chekda ko`rsatilgan summani to`lash majburiyligi chek asosidagi bitim 
shartlari va haqiqiyligiga bog’liq emas. Ushbu kelishuvning haqiqiy emasligi chek 
orqali to`lov amalga oshirilmasligi uchun asos bo`lolmaydi. 
Chek egasi har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs bo`lishi mumkin. 
To`lovchi esa fakat chek beruvchi o`z hisob raqamiga ega va unga chek 
daftarchasini bergan bank bo`la oladi. 
Chek to`lov vositasi emas. Chek berilishi to`lov bajarilganini emas, chek 
egasi, chek beruvchi va boshqa shaxslar orasidagi munosabatlar o`rtasida yangi 
munosabatlar paydo bo`lganini bildiradi. Qarzdorning shartnoma bo`yicha 
majburiyati u bergan chek bo`yicha to`lov amalga oshirilganidan keyingina 
to`xtatiladi. 
Chekda quyidagilar bo`lishi shart: 
hujjat matniga kiritilgan "chek" degan nom; 
muayyan pul summasini to`lash haqida to`lovchiga topshiriq; 
to`lovchining nomi va to`lov qaysi hisobvaraqdan amalga oshirilishi 
kerakligi; 
to`lov valyutasi; 
chek tuzilgan sana va joy; 
chekni yozib bergan shaxsning - chek beruvchining imzosi. 
Hujjatda mazkur rekvizitlardan birontasining bo`lmasligi chekni kuchdan 
mahrum qiladi.
Chek qimmatli qog’oz hisoblanadi va u FK da ko`rsatilgan majburiy 
rekvizitlarni o`zida aks ettirishi shart. Bu rekvizitlar to`lik bo`lmasligi uni yuridik 
kuchdan mahrum etadi. Chekda qo`shimcha shartlar borligi uning haqiqiyligiga 
ta’sir etmaydi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 21.02.2002 yilda 
514-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Cheklardan foydalanish va cheklar berish 
to`g’risida”gi Nizom (O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi №1115-sonli 
14.03.2002 yilda ro`yxatga olingan) ga ko`ra yo`l cheklari chet el valyutasida 
to`lovlar amalga oshiriladigan to`lov hujjati hisoblanadi va o`z matnida “yo`l 
cheki” degan yozuvi, yo`l cheki emitent bank nomi, uning mas’ul kishilari imzosi, 
emitentning ma’lum summani to`lashi haqidagi majburiyati, shuningdek chek 
egasining chekni to`lash paytida solishtirish uchun kerak bo`ladigan imzosi 
namunasini ifodalaydi. 
Vakolatli banklar xorijiy banklar yo`l cheklari uchun to`lovni o`zlari bilan 
xorijiy mamlakatlar emitent banklari va yo`l cheki emitentlari aloqa banklari 
o`rtasida tuzilgan banklararo shartnomalarda qayd etilgan tartib va shartlarda 
amalga oshiradi.
“Cheklardan foydalanish va cheklar berish to`g’risida”gi Nizomning 3-
bandiga asosan xorijiy bank-emitentlar yo`l cheklari shakli, rekvizitlari va to`lov 
tartibi to`g’risidagi barcha o`zgarishlarni kuzatib boradi va bu o`zgarishlardan o`z 
filiallarini xatlar orqali o`z vaqtida xabardor qilib turadi. Banklarda bu xabar 
haqidagi xatlar hujjatda chet el banklari to`g’risidagi axborotlar bilan birga 
saqlanadi ( yo`l cheklari na’munalari va ularni to`lash yo`riqnomasi). Bekor 


303 
qilingan hujjatlar ustiga “Bekor qilindi, asos: ____ yil ___ ____ dagi ___- sonli 
xat” deb yozib qo`yiladi. Shundan keyin bu hujjatlar tegishli chet el bank-emitenti 
hujjatidan olinib yo`l cheklarining to`lovi bo`yicha bekor qilingan hujjatlar jildiga 
qo`shib qo`yiladi. 
Yo`l cheklari bilan amalga oshirilgan operastiyalar uchun O`zbekiston 
Respublikasi rezidentlaridan milliy valyuta - so`mda, rezident bo`lmaganlardan esa 
operastiya amalga oshirilgan valyutada vositachilik haqi olib qolishga yo`l 
qo`yiladi. Uning miqdori vakolatli bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Banklar operastiya o`tkazishi mumkin bo`lgan yo`l cheklari ro`yxatini 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi. 
Chekda ko`rsatilgan summani chek beruvchining hisobida mavjud bo`lgan 
mablag’dan to`lovchi bank beradi, lekin bu summa bankning chek beruvchiga 
bergan kafolatidagi summadan ortiq bo`lmasligi kerak. 
Chek beruvchining hisobida vaqtincha mablag’ bo`lmaganida, chek beruvchi 
bilan kelishgan holda bu summani bank o`z hisobidan to`lashi mumkin. Chek egasi 
va to`lovchini bir-biri bilan hech qanday majburiyat bog’lab turmaydi. 
To`lovchining chek bo`yicha to`lovni amalga oshirishi, chek beruvchi va to`lovchi 
bank o`rtasidagi shartnomadan kelib chiqadi. 
Veksel bo`yicha to`lovdan farqli o`laroq chek bo`yicha to`lov muddati 
qonunchilikda belgilanadi. FK chekni to`lashning aniq muddatini belgilamaydi. 
“Cheklardan foydalanish va cheklar berish to`g’risida”gi Nizomning 10 -
bandiga muvofiq yo`l cheklari yil mobaynida muayyan harakat muddatlarida 
to`lanib boriladi. Muddati o`tkazib yuborilgan cheklar yoki banklararo 
kelishuvlarda ko`zda tutilmagan emitent cheklari, shuningdek blanklar yoki 
imzolarning haqiqiyligiga shubha tug’diruvchi va emitent tomonidan o`rnatilgan 
summa bo`yicha cheklar banklar va ularning pul almashtirish shaxobchalari 
tomonidan faqat inkassoga qabul qilinishi mumkin.
To`lovchi chekning haqiqiyligini, chek kartochkasidagi ma’lumotlarni va 
chekni beruvchining imzosini, uning hisob varag’ini chek kartochkasida taqqoslash 
yo`li bilan chek egasining vakolatlarini tekshirib ko`rishga majbur. 
Bankka to`lovga taqdim etilgan chekni to`lash vaqtida to`lovchi 
indossamentlarning to`g’riligini tekshirishi shart (ularning uzluksizligini, to`lovchi 
tomonidan berilgan indossamentning hozir emasligini). To`lovchi indossamentlar 
imzolarining haqiqiyligini tekshirishga majbur emas. 
Qonun ayrim cheklashlarni (egasining nomi ko`rsatilgan chek boshqaga 
berilmaydi, to`lovchi tomonidan kiritilgan indossament haqiqiy emas, o`tkazma 
chekdagi to`lovchiga indossament to`lov olingani haqida tilxatni anglatadi) 
hisobga olmaganda chekdan foydalanish uchun huquqlarni birovga berishni 
belgilaydi. 
Indossament chek orqasiga yozib qo`yiladi yoki unga qo`shib qo`yilgan 
varaqda indossament imzosi va indossament tuzilgan muddat qayd etilgan bo`lishi 
kerak. 
Indossament orqali order cheklari berilishi mumkin. Indossamentda chek 


304 
berilgan 
shaxs 
ko`rsatilganida 
egasi 
ko`rsatilgan 
hisoblanadi, 
kimligi 
ko`rsatilmasa, blankli indossament bo`ladi. Indossament vositasida chek istalgan 
kishiga berilishi mumkin. Indossamentlar soni chegaralanmaydi. 
Chekdagi indossament kafillik bo`lishi mumkin. Order chekiga “valyutali 
to`lov”, “inkassoga”, “ishonch tariqasida” deb yozish chek bo`yicha huquqlarni 
himoya qilishga va bu huquqlarni amalga oshirishga qaratilgan. (Masalan: 
narozilik bildirish uchun notariusga taqdim qilishda). 
Indossament qandaydir shartlarga bog’lik emas, uni cheklovchi har 
qandaysharoitlar yuridik kuchga ega emas. 
Indossament chek bo`yicha to`lov uchun chek beruvchi, avalist va boshqa 
indossament bilan bir xil solidar javobgardir. 
Avalchi javobgarligi kafolat berilgan shaxs javobgarligiga binoan aniqlanadi. 
Chek bo`yicha to`lov kafolati chek beruvchi yoki indosant uchun beriladi. Aval 
to`lovchidan tashqari har qanday shaxsga berilishi mumkin. Avalchining o`z 
yashash joyini ko`rsatgan holda avalga imzo chekishi shart (avalchi yuridik shaxs 
bo`lsa joylashgan joyi). Aval imzolangan sana ham aniq yozilishi kerak. 
Chek berish yoki kafolat (aval) berish ularni alohida-alohida yoki birgalikda 
berilganda ham majburiyatlarni bekor qila olmaydi. Majburiyatlar faqat chek 
bo`yicha to`lov amalga oshirilgan paytdan bajarilgan deb hisoblanadi. Shunday 
ekan, majburiyatning yuridik fakt tariqasida bajarilishi axir oqibatda to`lovning 
amalda qabul qilinganligida ifodalanishi lozim (tegishincha, o`rtadagi barcha 
harakatlar: chekni imzolash va berish, kafolat (aval) berish, chek beruvchi yoki 
avalchi tomonidan amalga oshirilgan to`lov qobiliyatliligini tasdiqlovchi boshqa 
harakatlari, chek bo`yicha majburiyatning bajarilish fakti hisoblanmaydi.
Agar hujjat shaklga rioya qilinmaganligi (masalan, majburiy rekvizitlarning 
qaysi birining bo`lmasligi) sababli cheklik kuchini yo`qotganda avalchi 
javobgarlikdan ozod kilinadi. Boshqa holatlar bo`yicha (shakldagi kamchilikdan 
tashqari) chekdan kelib chiqadigan javobgarlikning haqiqiy emasligi avalchining 
javobgarligini soqit kilinmaydi. 
Avalchi tomonidan chek bo`yicha majburiyatni bajarilgan holda, avalchida 
pul talablarini birovga ko`chirish asosida moliyalashtirish to`g’risidagi shartnoma 
tuzishda kelib chiqadigan huquqlarga o`xshash huquqlar yuzaga keladi. Lekin bu 
holatda chek to`lagan avalchi faqatgina o`zi kafolat bergan shaxsga nisbatan, va bu 
shaxs oldida majburiyati bo`lgan shaxslarga nisbatan chekdan kelib chiqadigan 
huquqlarni qo`lga kiritadi. 
 
Chekni saqlovchiga xizmat qiladigan bankka pulni olish uchun chekni 
inkassoga taqdim etish chekni to`lovga taqdim qilish hisoblanadi. Chek to`lovining 
taomili, muddati, vaqti va tartibi inkasso topshiriqlarini bajarish to`g’risidagi 
fuqarolik qonunchiligi normalari bilan belgilangan
Chekni to`lovga taqdim qilish chek saqlovchi bank hisobi shartnomasini 
tuzgan bank orqali amalga oshirilishi mumkin. Chekni saqlovchining banki 
to`lovchi bankka chekni to`lov uchun taqdim etadi, zarur bo`lsa to`lanmagan chek 
bo`yicha norozilikni sodir etadi (FK 814-moddasi).


305 
Chekni saqlovchi bankdan inkasso topshirig’ini zarur hujjatlar bilan birga 
olgan to`lovchi bank uning bajarilishi uchun inkasso topshirig’iga xizmat qiluvchi 
harakatlarni amalga oshirishga majbur.
To`lovchi bank to`lovchining hisobidan chiqarilgan (inkasso qilingan 
summalarni) chek saqlovchining bankiga darhol ko`chirishi shart. Bu degani, 
to`lovchi bank, chek saqlovchining banki korrespondent hisobiga bu summani 
ko`chirishi (to`g’ridan-to`g’ri korrespondent aloqalari mavjud bo`lganida) yoki 
chek saqlovchining banki korrespondent hisobiga uni oluvchining hisobvarag’iga 
ko`chirish to`g’risida topshiriq berishi lozim. 
To`lovchi bank inkassolangan summadan, shartnomada yoki bank 
qoidalarida ko`rsatilgan to`lovlarni amalga oshirishning boshqacha tartibi 
ko`rsatilgan bo`lmasa, o`ziga tegishli mukofot summasi va boshqa chiqim va 
xarajatlar summasini saqlab qolishga haqli. Chekni saqlovchi va to`lovchi bank 
o`rtasida to`g’ridan-to`g’ri korrepondent munosabatlar mavjud bo`lganda ular 
ko`rib chiqilayotgan to`lovlar masalasini boshqacha hal qilishga haqli. Masalan, 
ular to`lovchi bank tomonidan chekni saqlovchining banki korrespondent 
hisobidan aksteptsiz tartibda chiqarib tashlanishi mumkin. 
To`lovchi chekning haqiqiyligini, chek saqlovchining yuridik kuchini chek 
beruvchining ma’lumotlari va imzosini, hisob raqamini chek kartochkasida 
ko`rsatilgan ma’lumotlar bilan solishtirib tekshirishga majbur.
Bankka inkassoga taqdim etilgan chekni to`layotganda to`lovchi 
indossamentlarning to`g’riligini tekshirishi shart (ularning uzluksizligini, to`lovchi 
tomonidan o`tkazgan indossamentning yo`qligini). To`lovchi indossant imzosining 
haqiqiyligini tekshirishga majbur emas. 
Banklar chet el banklar-emitentlarning yo`l cheklarini to`lash shaklida, 
rekvizitlarda va tartibida sodir bo`layotgan barcha o`zgarishlarni kuzatib boradi va 
ular haqida o`zining filiallariga o`z vaqtida axborot xatlari bilan xabar yuboradi. 
Bu xatlar banklarda doseda chet el banklarining nazorat hujjatlari bilan birgalikda 
saqlanadi). Bekor qilingan nazorat materiallari “Bekor kilindi, asos_” - “___ 
yildagi __- sonli xat”deb yozib qo`yib harakatdan to`xtatadi.. Shundan keyin bu 
materiallar tegishli chet el bank-emitent dos’esidan olinib yo`l cheklarining bekor 
kilingan materiallari papkasiga joylashtiriladi. 
To`lovchi tomonidan bordiyu kalbaki, o`g’irlangan yoki yo`kotilgan cheklar 
bo`yicha to`lovlar amalga oshirilgan bo`lsa, zararlarni qoplash kimning aybi bilan 
ular sodir etilganligiga qarab to`lovchi yoki chek beruvchi zimmasiga yuklataladi. 
 
Vekselni to`lashdan bosh tortganlikning tasdiqlanishidan farqli o`larok, 
chekni to`lashdan bosh tortganlik faqat notarius tomonidan norozilik asosidagina 
emas, balki inkasso qiluvchi bank yoki to`lovchining tegishli yozuvi bilan ham 
tasdiqlanishi mumkin. 
Chek noroziligi to`lovchi joylashgan manzildagi notariusga to`lanmagan 
chekni taqdim etish yo`li bilan amalga oshiriladi. Notariuslar tomonidan notarial 
harakatlarni amalga oshirish tartibi to`g’risidagi tegishli o`zgarishlar kiritilgan 
Nizom (2010 yil 30 martdagi №2090 ro`yxatga olingan) bilan chek noroziligini 


306 
bildirish tartibi belgilangan (O`zbekiston Respublikasi qonunlari to`plami, 2010 y., 
№13, 99-bet.). 
Notarius chekni to`lovchiga ko`rsatishi shart. Agarda chek bo`yicha u 
to`lovni rad etsa, bu haqda notarius norozilik to`g’risidagi belgilangan shaklda akt 
tuzadi. Bu haqda reestrda yozuv yuritadi, shuningdek chekda to`lanmaganligi 
bo`yicha narozilik haqida belgi qo`yiladi. 
Chek bo`yicha to`lovdan bosh tortganlikni tasdiqlashning aniq muddatlari 
belgilangan. Demak, norozilik yoki unga tenglashtirilgan akt chekni to`lovga 
taqdim etish muddati o`tgunga qadar amalga oshirilishi kerak. Agar chekni 
to`lovga taqdim etish muddatning oxirgi kunida amalga oshirilgan bo`lsa, norozilik 
yoki unga tenglashtirilgan akt keyingi ish kunida amalga oshirilishi mumkin. 
 
Majburiyatlarni o`z vaktida bajarishni ta’minlash va mablag’larning to`g’ri 
aylanishini ta’minlash maqsadida manfaatdor shaxslarni xabardor qilish muhlatlari 
ushbu moddada aniq ko`rsatilgan. Indossant va chek beruvchini to`lov amalga 
oshirilmagani haqida norozilik bildirilgan kundan keyingi ikki ish kuni ichida 
xabardor qilish kerak. 
Har bir indossant o`zi xabar olganidan keyingi ikki ish kuni ichida o`zidan 
oldingi indossant (chek egasi) ni xabardor qilishi shart. Bu shaxsga aval (kafolat) 
bergan shaxs ham ikki ish kuni ichida xabardor qilinadi. 
Bu muddat ichida xabar yubormagan chek saqlovchi chek bo`yicha o`z 
huquqlaridan mahrum bo`lmaydi. Bu holda chek saqlovchi o`z vaqtida xabar 
yubormagani uchun chekdagi summa chegarasida indossant yoki avalistga etgan 
zararlarni koplashga majbur (agar oldingi indossomentlar yoxud avalistda bunday 
holat ro`y bergan bo`lsa). 
To`lovchi agar chek bo`yicha to`lovlarni rad etsa, chek saqlovchi chek 
beruvchiga, indossant va avalistlarga da’vo qilishga haqli. Ular chek rad 
etilganidan o`z vaqtida xabardor etilishi shart. Solidar karzdorlar majburiyatlar 
to`liq bajarilmagunicha qarzdor hisoblanadilar. 
Chek buyicha talab qiluvchi kim bo`lishidan qat’iy nazar quyidagilarni olish 
huquqiga ega: 
- chekdagi ko`rsatilgan summani; 
- chek bo`yicha to`lovlarga aloqador ustamalarni; 
- sudning hal qiluv qarori chiqqan yoki da’vo berilgan kunda bank hisob 
stavkalari foizlarni olishga haqli. Bu qoida shartnoma va qonunchilikda boshqacha 
foiz mikdorlari ko`rsatilmaganda qo`llaniladi. 
Fuqarolik kodeksi chek saqlovchi da’vo bildirishi uchun va chek bo`yicha 
majburiyatli shaxslarga regress da’vo berishi uchun qisqartirilgan muddatlarni 
belgilaydi. Bu muddat ularning chek bo`yicha da’vo bildirish huquqi vujudga 
kelganidan boshlab olti oy qilib belgilangan.
Nazorat uchun savollar: 
1. Hisob kitoblarga oid munosabatlar boshqa huquqlarida xususan, bank, 
moliya, soliq huquqida ham qo`llaniladi. Fuqarolik huquqida hisob kitoblarga oid 
munosabatning mohiyati va ahamiyatini tushuntirib bering. 


307 
2. Mijoz topshirig’ini bajarishga doir amaldagi qonunchilikda qanday tartib 
nazarda tutilgan. Hisob kitob turlarini qo`llanish haqida ma’lumot bering. 
3. Davlat korxonasi “Usta” kooperativiga tikish uskunalarni ta’mirlash 
xizmati uchun 500.000 so`m to`lashi kerak edi. Korxonaning bosh direktori chekni 
imzoladi, lekin undan to`lashi lozim bo`lgan miqdorni ko`rsatmadi va to`lanishi 
lozim bo`lgan summani va chekni tegishli tarzda rasmiylashtirishni chekka yozib 
qo`yishni topshirdi. Noaniq sabablarga ko`ra chek bosh direktorning seyfidan 
yuqoldi va o`g’rilangan chek “Soxib” shirkatidan pulni qaytarishning iloji 
bo`lmadi, chunki shirkatning hisobvaragidagi barcha pullar olingan va shirkat 
rahbarlari noma’lum tomonga ketishgandi. Korxona bankka e’tiroz bildirib, 
chekning yo`qotilishida aybsiz ekanligi, bank chek beruvchining qoplangan 
alohida hisobvarag’idagi barcha mablag’lariga teng miqdordagi miqdor 
ko`rsatilganligini e’tiborga olmaganligini bildirdi. 
Chek beruvchining e’tirozi qonuniymi? Chekning qanday turlarini bilasiz? 
4. “Alanga” AJ “Solix” firmasidan 25.000.000 so`mlik tovarlar sotib oldi. 
Belgilangan miqdordagi pul mablag’ini sotuvchiga avans sifatida pul 
topshiriqnomasi orqali o`tkazilishi kerak edi. Biroq bankdagi xodimning xatosi 
tufayli pul boshqa korxonaning hisobvarag’iga o`tkazildi. 
Bir oydan so`ng “Solix” firmasi “Alanga” AJ dan sotib olingan tovarlar 
haqini to`lashni kechiktirganligi uchun 2.000.000 so`m penya to`lashni talab qildi. 
O`z navbatida “Alanga” AJ bankdan “Solix” tegishli bo`lishi lozim bo`lgan pul 
mablaglarini hisobvaraqqa o`tkazib yuborganligi uchun neustoyka to`lashni, 
shuningdek “Alanga” firmasi boy bergan foyda sifatida 12.000.000 so`m zararni 
qoplashni talab qildi. Bank sotib oluvchining talabini rad qilib, bank bilan 
“Alanga” AJ o`rtasida tuzilgan bank hisobvarag’i shartnomasida, bank o`z 
majburiyatlarini bajarishda xatolikka yo`l qo`yganligi uchun hech qanday 
javobgarlik belgilanmaganligini, aksincha bu shartnomada bank mijoz boy bergan 
foydani qoplashi lozimligi to`g’risidagi shart borligini ta’kidlashdi. 
Bu nizoda kim haq? Ishni hal qiling. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling