Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. INKASSO BO`YIChA HISOB-KITOBLAR
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4-§. INKASSO BO`YIChA HISOB-KITOBLAR
“Inkasso operastiyalari” – termini qarzdorlardan (to`lovchining) to`lov va/yoki aksteptlarni olishga yo`naltirilgan tijorat banklarning har xil harakatlarini belgilashda ishlatiladi. Ular to`lovni oluvchining inkasso talabnomasiga asosan uning nomidan va uning hisobidan amalga oshiriladi. Ba’zi bir inkasso operastiya turlari bo`yicha to`lovchiga undan akstept va /yoki to`lov olinayotganda tijorat hujjatlarni berish majburiyati bankka yuklatiladi. Inkasso operastiyasi abstrakt kelishuv bo`lib, to`lovchi va mablag’ni oluvchi o`rtasidagi hisob-kitob qilinayotgan shartnomaga bog’liq emas. Inkasso topshirig’i har xil hisob-kitob hujjatlari (to`lov talabnomasi, to`lov talabnomasi-topshiriqnomasi, inkasso topshiriqno-masi) va boshqa usullar (chek, veksel) yordamida rasmiylashtirilishi mumkin. Mijozdan inkasso topshirig’ini olgan bank, bank-emitent deb ataladi. To`lov va/yoki aksteptni bajarishni talab qilish uchun aynan ma’sul shaxsga taqdim etgan bank, bajaruvchi bank deb ataladi. Agar bank-emitent ham to`lovchining, ham mablag’ni oluvchining hisob- kassa xizmatlarini amalga oshirgan holatlarda u bir vaqtning o`zida bajaruvchi bank bo`ladi. Bunday vazifani bank-emitent shunday holatlarda bajaradi qachonki bank qoidalariga muvofiq mablag’ni oluvchi hisob-kitob hujjatlarini o`zining bankini chetlab o`tib bu bankka jo`natganida. Inkasso tartibida to`lovlar akstept bilan ham va to`lovchining aksteptisiz ham amalga oshirilishi mumkin. Agar hisob-kitob to`lovchining akstepti (akstept shakl) bilan amalga oshirilsa yoki so`z faqat majbur shaxsdan akstept olish haqida ketayotgan bo`lsa, u holda bank-emitentga quyidagi majburiyatlar qo`yiladi: a) ma’sul shaxsga to`lov va/yoki aksteptni bajarilganligi tegishli hujjatlar bilan taqdim etishni ta’minlash; b) oluvchining hisob raqamiga tegishli mablag’ni o`tkazishni ta’minlash yoki agar to`lovchi tomonidan to`lov yoki akstept bajarilgan bo`lsa unga aksteptli hujjatlarni topshirish. Agar hisob-kitoblar to`lovchining aksteptisiz amalga oshirilsa, oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qonun talablariga to`liq mos kelsa, u holda bank-emitentga nizosiz (aksteptsiz) to`lovchining hisob raqamidan – agar unda pul 298 bo`lsa mablag’ni o`chirish va uni to`lovni oluvchining hisob raqamiga o`tkazish majburiyati yuklatiladi. Inkasso topshiriqni bajarayotgan bank-emitent o`z mijozining nomidan va uning hisobidan harakat qilayotgani uchun, u mijozning vakili bo`lib hisoblanadi. Mijozning topshirig’ini olgan bank-emitent, uni bajarish uchun boshqa bankni (bajaruvchi bankni) jalb qilishga haqli, buning uchun unga tegishli hujjatlarni jo`natgan holda. Inkasso operastiyalari amalga oshirish bo`yichaqonun hujjatlari hisob-kitob hujjatlarini bir bankdan boshqa bankka jo`natishga ular orasida shartnoma munosabatlari bo`lmaganda ham yo`l qo`yadi. Bank orqali o`tkazishdan farqli ravishda bajaruvchi bank FK ning 241- moddasiga (majburiyatni bajarishni uchinchi shaxsga yuklash) asosan inkasso topshirig’ini bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. Inkassastiyalash majbur shaxsdan pul olishni ko`zda tutadi. Bunday holda majbur shaxsga nisbatan to`lovni bajarish (yoki akstept) talabi, uning kreditori tomonidan emas, uchinchi shaxs tomonidan izhor qilinishi kerak. Uchinchi shaxsga to`lov faqat shunday holda majburiyatni tugashiga olib kelishi mumkin, qachonki bu uchinchi shaxs kreditordan ma’lum bir tegishli vakolatga ega bo`lsa, ya’ni uning ishonchli vakili bo`lsa. Aks holda qarzdor tegishli bo`lmagan shaxsga to`lovni amalga oshirishga tavakkal qiladi. Binobarin, bajaruvchi bank faqat kreditorning – to`lovni oluvchining vakili bo`lishi mumkin. Shunday qilib bajaruvchi bank bank-emitent tomonidan inkassastiya operastiyasini bajarishga topshiriqni bajarishni boshqa shaxsga ishonib topshirish asosida jalb qilinishi mumkin. Bu oxirgi holat mablag’ni oluvchi va to`lovchi bank (bajaruvchi bank) vakillari o`rtasidagi munosabat to`lovchi bankning inkasso topshirig’ini olishdan va aynan qonun tomonidan vujudga keladi. Inkasso operastiyasining o`ziga xosligi to`lovchi bankning ikki taraflama huquqli holatida ko`rinadi. Bir tomondan, o`zining mijoziga to`lov (yoki akstept) uchun talab hujjatlarini taqdim etib va olingan mablag’ (akstept)ni mablag’ni oluvchi bankka jo`natib, to`lovchining banki bajaruvchi bankdek harakat qiladi, ya’ni xuddi mablag’ni oluvchining vakilidan boshqa tomondan o`z mijozining hisob raqamidan u taqdim etgan, aksteptlangan hujjatlarga asosan pullarni chiqarib, to`lovchining vakilidek harakat qiladi. Ikki tomonlama vakillik bank ishida normal holatdir. Yuqorida ko`rsatilgan inkasso operastiyaning o`ziga xosligini yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmat) uchun to`lov majburiyatini bajarishi vaqti o`zgartiradi. FKning 246-moddasiga muvofiq pullik majburiyatning bajarilish joyi kreditor-yuridik shaxsning majburiyati vujudga kelish joyi hisoblanadi. Biroq, Fuqarolik kodeksi tomonidan belgilangan pul majburiyatini bajarish joyi qonun tomonidan ishbilarmonlik qoidalariga muvofiq yoki majburiyatning boshqa mazmunini ko`zda tutgan holda o`zgartirish mumkin. Yuqorida ko`rsatilgan inkasso operastiyasini amalga oshirish shartli ravishda FKning 246-moddasida dispozitiv norma bilan belgilangan pullik majburiyatni bajarish joyida butunlay boshqa narsani ko`zda tutadi (ko`rilayotgan munosabatlarning mazmuniga ko`ra). Kreditorning vakiliga to`lov kreditor emas, aynan uning vakili bo`lgan joyda pullik majburiyat tugatiladi (bu kreditorning o`zi 299 bilan bajarilgandek). Aynan qarzdor to`lovchidan uning qarz mablag’ini oluvchi kreditorning vakili bo`lib bajaruvchi bank hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, to`lovchining mablag’i oluvchi bilan yetkazib berilgan mahsulot uchun (bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmat) hisob-kitob qilish majburiyati bajaruvchi bank joyida tugallangan deb hisoblanadi. Bu pullik majburiyatni bajarilgan deb qarzni to`lovchining hisob raqamidan o`chirilgan paytidan hisoblash mumkin. Aynan mana shu paytdan boshlab to`lovchining hisob-kitob qilingan pullik majburiyati tegishli ravishda bajarilgan deb hisoblanadi. Inkasso bo`yicha hisob-kitob tartibi O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqarmasining 2002 yil 12 yanvar №60-sonli (№1/4) Qarorida tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitob qilish haqida Nizomning 6-§ bo`yicha yo`lga qo`yiladi. Inkasso tartibi bo`yicha hisob-kitob qilingandan so`ng to`lovchining pullik majburiyati uning hisob raqamidan o`chirilgandan so`ng bajarilgan deb hisoblanadi, bundan keyin to`lovni oluvchi olinmagan mablag’larni inkasso operastiyasida qatnashgan banklardan talab qilish huquqini qo`lga kiritadi. Bank-emitent va ijrochi bank to`lovni oluvchining vakili bo`lganligi uchun, ulardan har biri ishonchli vakil sifatida topshiriqni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Yana shundan kelib chiqish kerakki, bu banklar va to`lovni oluvchi o`rtasida shartnoma munosabatlari mavjud, shuning uchun ular faqat shartnomaviy javobgarlikka tortilishi mumkin (shartnomaviydan tashqari emas). Bu xulosa, oluvchi bankka (bank-emitentga) nisbatan shak-shubhasiz bo`lsa, to`lovchi bank (bajaruvchi bank)ka nisbatan tegishli ravishda tushuntirishga zarurat paydo bo`ladi. Bajaruvchi bank va to`lovni oluvchi o`rtasida aniq bir inkasso operastiyasini bajarish bo`yicha shartnomaviy munosabatlar yuzaga keladi. Emitent bankdan zaruriy hujjatlar bilan birgalikda inkasso topshirig’ini olgan bank bu topshiriqni ijro etish uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirishi zarur: Akstept shaklidagi hisob-kitoblarda: a) taqdim etilgan hujjatlarning qonuniyligi, bank tartiblari va odatlariga mos kelishini yuzaki tekshirish; b) to`lovchiga akstept uchun bu hujjatlarni ko`rsatish; v) to`lovchi tomonidan ushbu talab aksteptlangan va uning hisob raqamida pul mavjud bo`lganida bu pulni uning hisobidan chiqarib, qabul qiluvchining bankiga uning hisobiga tushirish uchun o`tkazish. Nizosiz (aksteptsiz) tartibda mablag’larni o`girishda: a) hujjatlarning qonuniyligi, ularning bank qoidalariga va an’analariga rioya qilingan holda to`ldirilganini yuzaki tekshirish; b) to`lovchining hisob raqamidan tegishli mablag’ni chiqarib qabul qiluvchining bankiga uning hisobiga tushirish uchun ko`chirish. Inkasso topshiriqlari va unga ilovalarni tekshirganda ularning to`g’ri to`ldirilganligi, rekvizitlarning to`g’ri yozilganligi, normativ aktlarga mosligi aniqlanadi. Bunda inkasso topshiriqlariga ilova qilinayotgan hujjatlar unga sirtdan mos tushishi kerak. Agar bank o`ziga taqdim etilgan hujjatlardan biror xatolik 300 topsa, bu haqda hujjatlarni yuborgan shaxsni darhol xabardor qilishi shart. Bunday shaxs emitent bank yoki mablag’ni qabul qiluvchining o`zi bo`lishi mumkin. Shundan keyin ijrochi bank topshiriq ijrosini to`xtatishi mumkin. Ammo uzoq muddatga emas. FK da bu muddatning qanchaligi anik ko`rsatilmagan. Gap bu o`rinda ijrochi bankni pochta (yoki boshqa aloqa vositalari) orqali oladigan xabarnomasi, unga javob tayyorlashva yuborish uchun zarur bo`lgan “oqilona”muddat to`g’risida bormoqda. Agar inkasso topshirig’i ijrochi bankka emitent bankdan kelib tushgan bo`lsa, xabarnoma adresati mablag’ni oluvchi bo`ladi. Bu holda xabarnoma avval emitent bankka yo`llanadi va javob muddati uzayadi. Qayd etilgan kamchiliklarni tuzatish haddan ortiq muddatga cho`zilganida bank ularni ijro etmay qaytarishi mumkin. Agar hisob-kitoblar to`lovchi roziligi asosida (akstept) amalga oshirilsa, ijrochi bank unga tegishli hujjatlarni hech bir o`zgarishsiz akstept uchun taqdim etadi. To`lovchi to`lov talablarini rad etishga haqi bor. Aksteptni rad etish joriy tartibda amalga oshiriladi. Uch kunlik muddat ichida aksteptni rad etish to`g’risida ma’lumot olinmasa, akstept berilgan deb hisoblanadi va to`lov topshiriqlari ijrosiga kirishiladi. To`lov talabnomasi –topshiriqnomalari bo`yicha hisob-kitoblarda to`lovchining roziligi hisob (joriy) raqamini tasarruf etishga vakolatli shaxslar imzolari va tegishli nusxalarda bosilgan muhrlar bilan rasmiylashtiriladi. Ijrochi bank qarz haqidagi hujjatlarni to`lovchiga tayin etilgan muddat ichida taqdim etadi. Ular bo`yicha to`lovlar amalga oshirilishi shart. Shuning uchun bunday hujjatlar ijrochi bankka o`z vaqtida etkazilishi juda muhim. Aks holda u qarz to`g’risidagi hujjatlar kechikishiga javobgar emas. Agar hujjatlar bo`yicha pul darhol to`lanishi shart bo`lsa ijrochi bank to`lov uchun taqdim etishi shart. Ularning to`lovi uchun boshqa muddat belgilangan bo`lsa, ijrochi bank ularni akstept uchun darhol taqdim etishi va keyinchalik belgilangan muddatda to`lovlarni amalga oshirishi shart. Akstept yoki to`lov uchun hujjatlar taqdim etish tartibi 1997 yil 29 martdagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 321-sonli “Tijorat banklari tomonidan veksel (aval) to`lovlarini amalga oshirish tartibi”da rasmiylashtiriladi (O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 1998 yil 9 noyabrda 521- sonli ro`yxatdan o`tkazilgan). Chakana to`lovlar ayrim hollardagina bank qoidalari yoki inkasso topshirig’ida maxsus ruxsat etilgan bo`lsa amalga oshiriladi. Inkasso kilingan summalarni ijrochi bank darhol emitent bankka ko`chirishi shart. Bu degani, ijrochi bank ushbu mablag’larni emitent bankning aloqa hisob raqamiga kiritishi (to`g’ridan-to`g’ri aloqa muomilasi bo`lsa) yoki to`lovni qabul qiluvchining hisobiga kiritish uchun bank-emitentning aloqa hisob raqamiga o`tkazishga topshiriq berishi lozim. FKning ijrochi bank tomonidan yuqoridagi harakatlarni darhol amalga oshirishi to`g’risidagi talabi FK 778-moddasiga asosan amalga oshirilishi shart ekanligini bildiradi. Ijrochi bank inkasso summasidan (boshqa tartib belgilangan bo`lmasa) o`ziga tegishli summani saqlab qolishga haqli. Emitent bank va ijrochi bank 301 o`rtasida to`g’ridan-to`g’ri aloqa qilish imkoni mavjud bo`lsa, ular ushbu to`lovlarni to`lash masalasini o`zgacha hal qilishga kelishishga ham haqli. Masalan, emitent bankning ijrochi bankda aksteptsiz tartibda aloqa hisob raqamidan ijrochi bank bu summani chiqarib tashlashi mumkin. To`lov yoki akstept qabul qilinmagani to`g’risida emitent bankni ijrochi bankka aniq sabablarini ko`rsatgan holda darhol xabar qilishga majbur. Ijrochi bank quyidagi xabarni yuborishi kerak: a) uch kun ichida to`lovchi shaxs to`lov talabnomalari bo`yicha hisob- kitoblarda to`lov talabnomasi aksteptidan voz kechgani to`g’risida; b) to`lov talabnoma-topshiriqnomalari bo`yicha hisob-kitoblarda uch kun ichida to`lovchi shaxs tomonidan to`lov to`g’risida mas’ul shaxs imzosi va muhri bilan tasdiklangan topshiriqnoma kelmagan taqdirda. To`lovni asossiz rad etganligi uchun ularning banklari emas to`lovchilar javobgardir. Banklar bunday tortishuvlarni hal etishda deyarli qatnashmaydi. Ijrochi bank faqat to`lov talabnomasi aksteptidan voz kechganlik to`g’risidagi arizaning to`g’ri rasmiylashtirilganini, shuningdek unda voz kechish asoslari mavjudligi va bu asos belgilab qo`yilgan mablag’ni oluvchi bilan to`lovchi o`rtasidagi shartnomaning bandiga havola borligini tekshirishga majbur. Bank - emitent mijozni to`lov va/yoki yoki akstept kelmagani haqida darhol xabardor qiladi va undan nima qilish kerakligi to`g’risida ko`rsatmasini so`raydi. Inkasso topshiriqnomasida alohida ko`rsatilmagan bo`lsa, bank vekselni qaytarishga majbur emas. Shuning uchun qonun vekselni rad etishga kam vaqt berganini hisobga olib, mijoz birdaniga o`z ko`rsatmasi bilan birgalikda inkasso uchun vekselni taqdim etishi kerak. Mijozning keyingi ko`rsatmalari, masalan, akstepsiz yoki to`lovsiz oddiy yoki o`tkazma vekselga qo`yishga taalluqli bo`lishi mumkin. Shuni qayd etish lozimki, umumiy qoidaga ko`ra, indossament kafilligi (inkasso) asosida harakatlanuvchi bank agar inkasso topshiriqnomasida majburiyat to`g’ridan-to`g’ri nazarda tutilgan bo`lmasa, u vekselga norozilik keltirishga majbur emas. Shuning uchun, to`lovsiz vekselga norozilik keltirish uchun qonunchilikda ancha qisqa muddat belgilanganligini hisobga olib, shuni aytish mumkinki, bunday turdagi ko`rsatmalarni bankka vekselni inkassoga topshirish bilan bir vaqtda berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling