Toshkent davlat yuridik universiteti


-§. TO`LOV TOPShIRIQNOMALARI BILAN HISOB-KITOB


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2-§. TO`LOV TOPShIRIQNOMALARI BILAN HISOB-KITOB 
QILISh 
 
To`lov topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning 


289 
topshirig’iga muvofiq uning hisobvarag’idagi mablag’lar hisobidan ma’lum 
miqdor pul summasini mijoz ko`rsatgan shaxsning shu yoki boshqa bankdagi 
hisobvarag’iga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bank 
hisobvarag’i shartnomasida qisqaroq muddat nazarda tutilgan bo`lmasa yoki u 
bank amaliyotida qo`llaniladigan ish muomalasi odatlarida belgilangan bo`lmasa, 
o`tkazish majburiyatini oladi. 
Bunda to`lov topshiriqnomasida mablag’larni oluvchi sifatida ko`rsatilgan 
shaxs bankdan to`lovni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega bo`lmaydi, 
bunday huquq qonunda yoki mijozning bank bilan tuzgan shartnomasida nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno. 
Bank nafaqat talab qilingan miqdordagi mablag’ni to`lovchidan olibgina 
qolmasdan, pulni qabul qilib oluvchining shu yoki boshqa bankda ochilgan hisob 
raqamiga o`tkazib berishni ham ta’minlashga majbur. O`z mijozining topshirig’ini 
amalga oshirayotgan bank komissioner sifatida ish ko`radi. Shu sababdan to`lov 
xabarnomalarida hisob-kitobning bu me’yori bo`lmaganda, bank mablag’lari 
o`tkazmalari komissiya shartnomalari asosida amalga oshiriladi. 
Bank orqali pul o`tkazish muddati boshidan (ya’ni, to`lovchining hisobidan 
chiqarish daqiqasidan) oxirigacha (ya’ni, mablag’ hisob raqamiga o`tguncha) 
qonunga muvofiq o`rnatilishi mumkin. Shartnomaga yoki bank odatlariga muvofiq 
qonunda belgilangan muddatga nisbatan, qisqa vaqt belgilanishi mumkin. 
O`zbekiston Respublikasining naqd pulsiz hisob-kitob qilish tartibi 3-
punktiga muvofiq (O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 
2002 yil 12 yanvardagi № 60 (N ¼) qaroriga qarang) «O`zbekiston Respublikasida 
naqd pulsiz hisob-kitob qilish Tartibini tasdiqlash haqida», O`zbekiston 
Respublikasining adliya Vazirligida (yangi tahrirda) 2002 yil 15 aprelda №1122-
son qayd qilingan) agar bank hisobidagi shartnomada boshqa muddat nazarda 
tutilmagan bo`lsa, bank mijoz hisobiga yoki uning hisobidan pul mablag’larini, 
bankka kelib tushgan kuni to`lov xabarnomasi hujjatlariga muvofiq, agar u 
bankning operastiya kuni kelib tushgan bo`lsa, o`tkazib berishga majbur. Agar 
to`lov xabarnomasi hujjatlari operastiya kunidan so`ng kelib tushgan holda, bank 
to`lovni keyingi bir ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshirishga majbur. 
Bankdan o`z hisobida bo`lgan mablag’dan ma’lum bir miqdordagi pulni 
o`tkazishni talab qilish, faqat bankning mijoziga tegishliligini belgilaydi. Shunday 
qilib, to`lov xabarnomasida mablag’ni oluvchi shaxs tomonidan bankdan to`lovni 
amalga oshirishni talab qilish huquqi istisno qilinadi. Ayni paytda bunday qoida 
qonun yoki bank va mijoz o`rtasidagi shartnomada nazarda tutilishi mumkinligi 
aytib o`tiladi. 
To`lov xabarnomasining bankka taqdim etish – mijozning bank hisob-kitob 
shartnomasini bajarishdagi qilayotgan harakati (bir tomonlama kelishuv) 
hisoblanadi. Bank bu topshiriqni, agar u qonunga xilof ravishda bo`lsa 
bajarmaslikka xaqli. 
Bank orqali pul o`tkazish abstrakt kelishuv bo`lib, to`lovchi va hisob-kitob 
bo`yicha mablag’ni oluvchi o`rtasidagi shartnomaga bog’liq emas. 
Hisob raqami bo`lmagan shaxsning bankka to`lov xabarnomasini taqdim 
etishini offerta (shartnoma tuzish haqida taklif) deb qarash kerak. Bunday 


290 
topshiriqni bajarishga qaror qilishni akstept deb qarash kerak, ya’ni bankni mijoz 
bilan bank orqali o`tkazish shartnomaga roziligini bildiradi. 
To`lov xabarnomasining shakli va mazmuni qonun talablariga javob berishi 
kerak (O`zbekiston Respublikasining Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 2002 
yil 12 yanvardagi № 60 (N: ¼) tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida naqd 
pulsiz hisob-kitob haqida Nizomga qarang). 
Nizomning 11 - punkti bilan O`zbekiston Respublikasidagi naqd pulsiz 
hisob-kitob qilish hujjatlari mazmuniga talablar o`rnatilgan, shu jumladan to`lov 
xabarnomasiga va bunga muvofiq quyidagi ma’lumotlarni o`z ichiga olishi kerak: 
a) hujjat raqami; b) «K. O. Y» shaklidagi hujjat sanasi bo`lib, bu erda «K» – 
kun, «O» – oy, «Y» – yil; v) to`lovchining nomi; g) to`lovchining hisob raqami; d) 
soliq to`lovchining identifikastion raqami (INN) (chekdan tashqari); e) to`lovchi 
bankning nomi; z) oluvchining nomi; i) oluvchining hisob raqami; k) oluvchi 
bankning nomi; e) oluvchi bankning kodi; m) to`lanayotgan miqdorni raqam va 
so`z bilan; n) to`lovning maqsadi (chekda ko`rsatilmaydi). 
To`lov xabarnomasi bilan hisob-kitob qilish tartibi qonun bo`yicha, 
shuningdek, bank qoidalariga muvofiq yozilgan va bank amaliyotidagi 
qo`llaniladigan pul muomilasi odatlari bo`yicha yo`lga qo`yiladi. 
Demak, FK 799-moddasining 2-qismida o`rnatilgan umumiy qoida bo`yicha, 
mijozning topshirig’ini bajarishga bank, agar bank bilan mijoz o`rtasida o`zaro 
shartnomada boshqa holat nazarda tutilmagan bo`lsa, mijozning hisob raqamida 
mablag’ bo`lgan holatdagina kirishadi. O`zbekiston Respublikasining naqd pulsiz 
hisob-kitob qilish Nizomining 6-punktiga muvofiq mijoz hisob raqamida etarli 
mablag’ bo`lmagan taqdirda unga qo`yilgan mablag’ni hisobdan chiqarish talabini 
qondirish xo`jalik subyektlarning bank hisobidagi pul mablag’larini hisobdan 
chiqarish tartibi Qo`llanmasiga muvofiq tartibda amalga oshiriladi (O`zbekiston 
Respublikasi adliya Vazirligi tomonidan 30 yanvar 1999 yil № 615-son bilan 
ro`yxatga olingan). 
Xabarnoma qonun bo`yicha o`rnatilgan to`lovlar navbatiga rioya qilgan 
holda amalga oshiriladi. 
To`lovchi bankning majburiyati mijozni pul o`tkazish xaqidagi topshirig’i, 
oluvchilarning hisobiga pul kelib tushgan vaqtdan boshlab bajarilgan deb 
hisoblanadi. Shu daqiqadan boshlab to`lovchining oluvchi oldidagi mablag’ni 
yetkazib berish haqidagi shartnomasi natijasida vujudga kelgan pul majburiyati 
tugallangan deb hisoblanadi (oldi-sotdi, pudrat va h. k.). 
Bank orqali o`tkazishni uchinchi shaxs uchun bajarish shartnomasi deb 
qarash mumkin (uchinchi shaxsning foydasi uchun emas). Shuning uchun
mablag’larni oluvchi sifatida ko`rsatilgan shaxs, o`tkazishda qatnashayotgan 
banklardan o`tkazilayotgan pullarni talab qilish huquqini qo`lga kiritmaydi, faqat 
o`zining – mablag’ni oluvchi bankidan tashqari. O`tkazilayotgan mablag’ni uning 
hisobiga o`tkazilgan daqiqadan boshlab, oluvchi bu pullarni o`z hisobiga 
o`tkazishni talab qilishga haqli. Bunday huquq bank hisobi shartnomasidan kelib 
chiqadi. 
Mijoz xabarnomasida ko`rsatilgan hisob raqamiga pul mablag’larini 


291 
o`tkazish bo`yicha jarayonlarini bajarish uchun, to`lovchi bank boshqa banklarni 
jalb qilishga haqli. Huquq nuqtai nazaridan bunday harakatlarning majburiyatini 
bajarishni uchinchi shaxsga yuklash deb qaraladi (FK 241 - moddasi). 
Mijoz bankdan topshiriqni bajarganligi xaqida ma’lumot hisobot talab 
qilishga haqli. Topshiriqning bajarilganligi xaqidagi bildirishni rasmiylashtirish va 
mazmunidagi talab qonun yoki tomonlar kelishuvida nazarda tutiladi. Qonun 
bunday tartibni o`rnatmaydi va shuning uchun u shartnomada kelishilgan bo`lishi 
mumkin. Mijozga undan tegishli so`rov olgandan so`ng moddaning 3-qismiga 
muvofiq bir martalik hisobotdan tashqari, bo`lib o`tgan operastiyalar ham taqdim 
etilishi mumkin, bank shartnomada belgilangan vaqtda mijozga u tomonidan 
ma’lum bir vaqtda bo`lgan hamma operastiyalar haqida ma’lumot berishga majbur 
(ya’ni hisob raqami bo`yicha ko`chirma). 
 
Javobgarlikka tortilayotgan bank, to`lovlar natijasida, qoidalarni buzish 
natijasida etkazilgan zarar uchun to`lovchiga zararni qoplab berishi zarur. Bunday 
qoidalarning buzilishi pul mablag’larining noqonuniy ushlanib qolishiga olib kelsa, 
u holda bank FK 327-moddada ko`rsatilganidek zararni va foizni to`lashi kerak. 
Mijozning topshirig’ini bajarmagan yoki to`g’ri bajarmagan holda bank faqat 
o`zining harakatlari uchun javob berib qolmasdan, o`zi topshiriqni bajarishga 
bergan bank harakatlari uchun ham javob beradi (FK 334 - modda). Shuning uchun 
to`lovchi faqat o`z shaxsiy bankiga tegishli talabni qo`yishi mumkin, u esa FK 795 
- moddaning 2 - qismiga muvofiq qoida buzuvchi bank hisobiga to`lashga haqli. 3. 
Ba’zida to`lov xabarnomasida, pul o`tkazilishi kerak bo`lgan bank aniq 
ko`rsatiladi, ya’ni to`lovchi bank bunday topshiriqni bajarishni kimga yuklashni 
tanlamaydi – mijoz o`zi hal qiladi. Bunday holatlarda javobgarlikni faqat to`lovchi 
bankka yuklash adolatsizlikdir. Bu erda, shuningdek shunga o`xshash boshqa 
vaziyatlarda sud FK 795 - moddaning 2-qismiga muvofiq javobgarlikka aynan 
aybdor bankni tortishga xaqli. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling