Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

48-bob. Vositachilik 
 
Vositachilik shartnomasining tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari. 
Ma’lumki, fuqarolar va yuridik shaxslar o’zlariga tegishli huquq va 
majburiyatlarini o’z xohish va manfaatlaridan kelib chiqib o’zlari yoki vakil orqali 
amalga oshirishlari mumkin. Bunda shaxsning o’z huquq va majburiyatlarini 
amalga oshirishni boshqa shaxsga topshirishi shartnomalar orqali amalga oshiriladi 
va vakillik hamda topshiriq shartnomasiga asoslanadi. Biroq, shaxs o’ziga tegishli 
huquq va majburiyatlarni har doim vakil orqali o’z nomidan amalga oshira 
olmasligi mumkin. Ijtimoiy hayotning muayyan bir sohasidagi faoliyatni amalga 
oshirishda shaxs obyektiv yoki subyektiv sabablarga ko’ra bevosita qatnasha 
olmasligi yoki vakil yordamida ishtirok eta olmasligi mumkin. Masalan, qurilish 
materiallarini sotib olishda fuqaro mazkur sohada yyetarli bilim va tushunchaga 
ega bo’lmaganligi sababli boshqa shaxsga o’zi uchun ularni sotib olib berishni 
topshirishi mumkin. Bu holatda qurilish materiallarini xarid qilish shartnomasini 
tuzish majburiyatini olgan shaxs vositachi hisoblanadi va bitimni o’z nomidan 
biroq topshiriq bergan shaxs – komitent hisobidan tuzadi. 
Hozirgi kunda vositachilik shartnomasi barcha rivojlangan mamlakatlar 
huquqiy tizimida tadbirkorlik munosabatlarida keng foydalanuvchi shartnoma 
sifatida xarakterlanib, xalqaro va ichki savdo munosabatlarida keng qo’llanilib 
kelinadi. Ta’kidlash lozimki, vositachilik shartnomasi konstruksiyasi mulkiy 
huquqlarni muomalada bo’lishida muhim o’rin egallaydi. 
Vositachilik shartnomasi xizmat ko’rsatishga oid shartnomalar tizimiga 


316 
mansub hisoblanadi va bunda vositachi komitent ko’rsatmalariga muvofiq o’z 
nomidan, lekin komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimlarni tuzadi. Xizmat 
ko’rsatishning bu turida vositachi tomonidan uchinchi shaxs uchun huquqiy oqibat 
tug’diradigan yuridik harakat sodir etiladi. Vositachilik yordamida mol-mulkni 
pulli realizatsiya qilishga doir kelishuvlar amalga oshiriladi. Boshqacha qilib 
aytadigan bo’lsak, u savdo vositachiligi munosabatini rasmiylashtiradi. 
Professional savdo vositachisi (vositachi) ishtirokchi sotuvchi (ishlab 
chiqaruvchi) va sotib oluvchi (iste’mol qiluvchi)likdan va yana kontragentlarni 
topish ular bilan tuzilgan kelishuvlarni rasmiylashtirish va bajarishdan ham 
ozod etadi. Masalan, xalqaro savdo munosabatlarida ishlab chiqaruvchilar 
(eksporter) yoki iste’mol qiluvchilar (importer) xalqaro kontragentlar bilan 
oldi-sotdi ishlarida xalqaro bozorda vositachi ishtirokida ish ko’radilar. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 832-moddasiga 
muvofiq, vositachilik shartnomasi bo’yicha bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning 
(komitent) topshirig’i bo’yicha o’z nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir 
necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasining 
mohiyati shundaki, bunda bir shaxs – vositachi ikkinchi shaxs – komitentga 
muayyan bitimlarni tuzish bo’yicha xizmat ko’rsatadi. Vositachilik 
shartnomasining predmeti bo’lib, vositachi ko’rsatadigan xizmat hisoblanadi. 
Masalan, vositachi komitentga tegishli buyumni sotib berish xizmatini ko’rsatishi 
shartnoma predmetini tashkil etadi.
Vositachilik shartnomasining mohiyatini aniqlashda uning turdosh 
shartnomalardan farqli jihatlarini ko’rib chiqish lozim bo’ladi. Ma’lumki, 
vositachilik shartnomasiga yaqin shartnomalar jumlasiga topshiriq shartnomasi, 
mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomalari kiradi. Topshiriq shartnomasi ham 
vositachilik shartnomasi kabi o’zida uchinchi shaxsning muayyan topshig’irini 
bajarish xizmatini ifodalaydi. Albatta bunda vositachi va vakil bajarilishi lozim 
bo’lgan yuridik xatti-harakat va bitim sohasi bo’yicha muayyan bilim va malakaga 
ega bo’lishi talab etiladi. 
Vositachilik 
shartnomasi 
quyidagi 
holatlar 
bo’yicha 
topshiriq 
shartnomasidan farq qiladi: 
1. Bajarilishi lozim bo’lgan ko’rsatmalar va ko’rsatiladigan xizmat mazmuni 
va mohiyatiga ko’ra. Agar topshiriq shartnomasi bo’yicha vakil muayyan yuridik 
harakatlarni amalga oshirish topshirig’ini olsa, vositachi faqatgina bir yoki bir 
necha bitimni tuzish ko’rsatmasini oladi. Masalan, topshiriq shartnomasiga ko’ra 
vakilga mol-mulkni boshqarish va u bilan bog’liq barcha yuridik harakatlar(mol-
mulkni egallash, foydalanish, mol-mulkni ijaraga berish, mol-mulk yuzasidan 
to’lovlarni amalga oshirish, mol-mulkka nisbatan huquqlarni himoya qilish, 
buzilgan huquqni himoya qilish yuzasidan da’vo qo’zg’atish va shu kabilar) 
amalga oshirish huquqi berilsa, vositachiga faqatgina mol-mulkni sotish 
shartnomasini tuzish ko’rsatmasi beriladi. 
2. Vakil topshiriq shartnomasi bo’yicha barcha harakatlarni topshiriq 
beruvchi nomidan amalga oshirsa, vositachi bitimni o’z nomidan tuzadi. Bunda 
vakil amalga oshirgan harakatlar uchun huquq va majburiyatlar uning o’zi uchun 
emas, balki topshiriq beruvchi uchun vujudga keladi. Vositachilik shartnomasida 


317 
vositachining uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim yuzasidan huquq va 
majburiyatlar vositachida vujudga keladi. Zero, FKning 832-moddasi 2-qismida 
belgilanganidek, vositachi tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo’yicha, 
garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish bo’yicha 
uchinchi shaxs bilan bevosita munosabatlarga kirishgan bo’lsa ham, vositachi 
huquqlarga ega bo’ladi va zimmasiga majburiyat oladi.
3. Topshiriq shartnomasida ham, vositachilik shartnomasida ham barcha 
harakatlar topshiriq beruvchi va komitent hisobidan amalga oshiriladi. Biroq 
topshiriq shartnomasida vakil amalga oshiradigan yuridik harakatlar mol-mulkka 
nisbatan umumiy qilib belgilansa, vositachilik shartnomasi muayyan muddatga 
yoki amal qilish muddati ko’rsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi 
ko’rsatilgan yoki ko’rsatilmagan holda, komitent vositachiga topshirgan 
komitentning manfaatlarini ko’zlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini 
uchinchi shaxslarga bermaslik haqida majburiyat olgan holda yoki bunday 
majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi bo’lgan tovarlarning assortimenti 
xususida shartlar qo’yilgan yoki qo’yilmagan holda tuzilishi mumkin. 
4. Topshiriq shartnomasida vakilning harakatlari tekinga yoki haq evaziga 
amalga oshirilsa, vositachilik shartnomasi har doim haq evaziga amalga oshiriladi. 
Chunki, FKning 833-moddasiga ko’ra, komitent vositachiga haq to’lashi, vositachi 
bitimning uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi uchun kafolatni o’z zimmasiga 
olgan (delkredere) hollarda esa shartnomada belgilangan miqdorda qo’shimcha haq 
ham to’lashi shart. 
Vositachilik shartnomasining maqsadi tovarlarni savdo-sotiq qilishda 
taraflarga qulayliklar yaratish, o’ziga tegishli bo’lmagan buyumlar bilan 
cheklanmagan miqdorda savdo-sotiq qilishda, vositachilikka keng imkoniyat 
yaratib 
berish 
hisoblanadi. 
Vositachilik 
shartnomasini 
bugungi 
bozor 
munosabatlari sharoitida keng qo’llanilayotgan bo’lsada, ushbu munosabatlarni 
tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirishni talab qiladi. 
Xususan, vositachilikni amalga oshirish sohalaridan kelib chiqib, faoliyatning 
ushbu turini litsenziyalash masalalari qonun hujjatlarida belgilanmagan. Shu 
munosabat 
vositachilik 
xizmatini 
tartibga 
soluvchi 
qonun 
normalarini 
takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling