Toshkent davlat yuridik universiteti


Shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari. FKda mazkur 
shartnomaga berilgan ta’rifdan anglashilishicha, vositachi o’z nomidan biroq 
komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni tuzish majburiyatini oladi. Albatta 
bunday majburiyat uning zimmasiga o’z-o’zidan emas, balki o’ziga xos yuridik 
fakt bo’lgan komitentning ko’rsatmalari asosida yuklatiladi. Biroq, vositachi va u 
tuzgan bitimning taraf bo’lgan uchinchi shaxs o’rtasida muayyan huquqiy 
bog’liqlik mavjud bo’lmaganligi sababli
58
, vositachi nafaqat bitimni tuzadi, balki 
uning natijalarini komitentga topshiradi. Bunda bitim natijasini topshirish shakli 
turlicha bo’lishi mumkin. Uchinchi shaxs vositachi bilan tuzgan bitimi yuzasidan 
o’z majburiyatini bajarishidan oldidan, vositachining komitent oldidagi majburiyati 
58
Garchi vositachi bitimni o'z nomidan tuzsada, bu bitim yuzasidan huquq va majburiyatlar komitentda vujudga 
keladi va bitimning natijasi faqat komitent uchun huquqiy oqibat tug'diradi. Vositachi esa bitim tuzganligi uchun 
shartnomada kelishgan haqni olish uchun harakat qiladi xolos. 


318 
bitim bo’yicha huquqlar komitentga o’tkazilishi yo’li bilan bajarilgan deb 
hisoblanadi. Buning uchun vositachi va komitent o’rtasida alohida bitim (huquqni 
o’tkazish to’g’risidagi) tuzilishi kifoya qiladi.
Ma’lumki, uchinchi shaxs nafaqat vositachi bilan bitim tuzadi, balki 
vositachi uchun bu bitimni ijro ham qiladi. Bunda vositachi bitim yuzasidan 
uchinchi shaxsdan olingan narsalarni komitentga topshirishi lozim. FKning 838-
moddasi talablariga ko’ra bu majburiyat bitim bo’yicha vositachi olgan barcha 
narsalaraga taaluqlidir. Vositachi uchinchi shaxs komitent ko’zda tutganidan ko’ra 
ko’proq narsa beganligiga asoslanib, ortiqcha bo’lgan narsalarni ushlab qolish 
huquqiga ega emas.
Vositachi uchinchi shaxs bilan o’zi tuzgan bitimdan kelib chiqadigan hamma 
majburiyatlarni bajarishi va hamma huquqlarni amalga oshirishi shart. 
Vositachi o’z zimmasiga olgan topshiriqni komitentning ko’rsatmalariga 
muvofiq, vositachilik shartnomasida bunday ko’rsatmalar bo’lmaganda esa - ish 
muomalasi odatlariga yoki odatda qo’yiladigan boshqa talablarga muvofiq 
komitent uchun eng foydali shartlar asosida bajarishi lozim. Agar vositachi bitimni 
komitent ko’rsatganidan ham foydaliroq shartlar asosida tuzgan bo’lsa, qo’shimcha 
foyda, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, taraflar 
o’rtasida baravar taqsimlanadi. 
Vositachi bitimning ijrosi uchun komitentga kafolat bergan (delkredere) 
hollarda u vositachilik shartnomasida kelishilgan miqdorda qo’shimcha haq olish 
huquqiga ega bo’ladi. 
Komitent hisobidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim uchinchi shaxs 
tomonidan bajarilmaganligi uchun vositachi komitent oldida javobgar bo’lmaydi, 
vositachi ushbu shaxsni tanlashda zarur ehtiyotkorlik qilmagan yoki bitimning 
bajarilishiga kafolat bergan (delkredere) hollar bundan mustasno.
Vositachi uchinchi shaxs bilan tuzgan bitimni uchinchi shaxs bajarmagan 
taqdirda, vositachi bu haqda darhol komitentga xabar berishi, zarur dalil-isbotlarni 
to’plashi va ta’minlashi, shuningdek komitentning talabiga ko’ra bunday bitim 
yuzasidan huquqlarni talablarni boshqa shaxsga o’tkazish to’g’risidagi qoidalarga 
rioya qilgan holda (FKning 313-317, 319, 320-moddalari) unga topshirishi shart. 
Vositachining bitim bo’yicha huquqlarni komitentga topshirishga, vositachining 
uchinchi shaxs bilan huquqlarni bunday berishni taqiqlaydigan yoki cheklaydigan 
kelishuvidan qat’i nazar, yo’l qo’yiladi. Bu hol vositachi huquqni topshirishni 
taqiqlash yoki cheklash haqidagi kelishuvni buzib huquqni topshirganligi 
munosabati bilan uni uchinchi shaxs oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi. 
Binobarin, vositachining uchinchi shaxs bilan tuzgan bitim komitentning 
topshirig’i bo’yicha va uning foydasini ko’zlab tuzar ekan qonunchilikdagi bu 
qoida asosli hisoblanadi.
Umumiy qoidaga ko’ra, vositachi o’z zimmasidagi majburiyatni shaxsan o’zi 
bajarishi lozim. Biroq, ayrim holatlarda vositachi o’zining bu majburiyatini boshqa 
shaxsga ham toshirishi mumkin bo’ladi. Agar shartnomada boshqacha tartib 
nazarda tutilgan bo’lmasa, vositachi vositachilik shartnomasini bajarish maqsadida 
boshqa shaxs bilan qo’shimcha vositachilik shartnomasi tuzishga haqli bo’lib, 
qo’shimcha vositachining harakatlari uchun komitent oldida javobgar bo’lib 


319 
qolaveradi. Qo’shimcha vositachilik shartnomasi bo’yicha vositachi qo’shimcha 
vositachiga nisbatan komitent huquqlari va majburiyatlariga ega bo’ladi. 
Qonun biron-bir bitimni faqat maxsus vakil qilingan shaxslar bilan tuzishga 
yo’l qo’yadigan hollarda qo’shimcha vositachilik shartnomasi faqat ana shunday 
shaxs bilangina tuzilishi mumkin. 
Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, 
vositachilik shartnomasi bekor qilingunga qadar komitent vositachining roziligisiz 
qo’shimcha vositachi bilan bevosita munosabatlarga kirishishga haqli emas. 
Vositachi komitentning topshirig’ini bajarish jarayonida komitentdan 
olingan yoki uning uchun olingan mol mulkni saqlash majburiyatini bajarishi 
lozim. Vositachilik shartnomasida komitentning ashyosini saqlanishini ta’minlash 
yuzasidan vositachi tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan aniq ko’rsatmalar nazarda 
tutilishi mumkin. Shartnomada vositachining bunday majburiyatlari belgilangan 
shartlar mavjud bo’lmaganda vositachi qonun xujjatlari, boshqa normativ huquqiy 
aktlarda, ish muomalasi odatlaridan, shuningdek ashyoning xususiyatidan kelib 
chiqib chora ko’rishi lozim bo’ladi. 
Tovarning belgilangan talablarga muvofiqligi, yaroqlilik muddatlari yoki 
xizmat ko’rsatish muddatlari tasdiqlanishi to’g’risida axborot taqdim etilishi kerak 
bo’lgan tovar faqat ana shunday axborot mavjud bo’lgan taqdirda vositachilik 
savdosiga qabul qilinadi va sotiladi. 
Vositachilik 
savdosiga 
qabul 
qilinadigan 
tovarlarning 
narxi 
va 
komissionerning taqdirlash puli komitent bilan komissioner o’rtasidagi o’zaro 
ahdlashuvga ko’ra belgilanadi, bu vositachilik bitimida qayd etiladi (yozib 
qo’yiladi) va har ikkala tomonning imzolari bilan tasdiqlanadi. Muayyan vaqt 
mobaynida sotilmagan tovarni qayta baholash vositachilik bitimi shartlaridan kelib 
chiqib komissioner tomonidan amalga oshiriladi, unga mazkur hujjatlarni imzolash 
chog’ida komitent rozilik bildiradi. Tovarlarni qayta baholash komitentni 
chaqirmasdan amalga oshirilishi mumkin, komitentning vositachilik bitimidagi 
imzosi bilan uning bu shartlarga roziligi tasdiqlanadi. 
Vositachilik shartnomasida komitentning mol mulkini saqlash jarayonida 
undan vositachining foydalanishi nazarda tutilishi mumkin. Masalan, o’z nomidan 
biroq, mijoz hisobidan bitim tuzuvchi brokerlik faoliyatini amalga oshiruvchi 
qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchisi bilan tuziladigan 
shartnomada qimmatli qog’ozlarni investitsiyalash uchun mo’ljallangan yoki 
qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushgan pul mablag’larini ular mijozga 
qaytarilgunga qadar brokerning ishlatib turishi nazarda tutilishi mumkin. Bunday 
shartnomada albatta, kelgusida mazkur shartnoma natijasida broker olgan foydani 
taqsimlanishi haqidagi shart mavjud bo’lishi lozim. 
Komitent komissionerga berilgan topshiriqni bekor qilib istalgan paytda 
vositachilik bitimini bajarishni rad etishga haqlidir. Komissioner topshiriq bekor 
qilinganligi tufayli kelib chiqqan zararlar qoplanishini talab qilishga haqlidir. 
Komitent vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, agar bunday muddat 
belgilangan bo’lmasa, darhol o’zining komissionerning ixtiyoridagi mulkini 
tasarruf qilishi kerak. Agar komitent ushbu majburiyatni bajarmasa, komissioner 
tovarni komitentning hisobidan saqlash uchun topshirishga yoxud uni komitent 


320 
uchun qulayroq narxda sotishga haqlidir. 
Komitentning vositachilik shartnomasini zarur darajada bajarmaslik bilan 
bog’liq bo’lgan talablari komissionerga, agar tomonlarning bitishuvida o’zgacha 
muddat belgilanmagan bo’lsa, sotilgan tovar uchun komitentga pul to’langan 
yoxud sotilmagan tovar unga qaytarilmagan kundan boshlab 30 kun mobaynida 
berilishi kerak
59

Vositachi sotadigan mol-mulkning bahosi, agar qonun hujjatlarida yoki 
vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, komitent 
bilan kelishgan holda belgilanadi. 
Mol-mulkni komitent bilan kelishilgan narxdan arzon sotgan vositachi mol-
mulkni kelishilgan narxda sotish imkoniga ega bo’lmaganligini va arzon narxda 
sotish natijasida yana ham ko’proq zararning oldi olinganligini isbot qilib bermasa, 
oradagi farqni komitentga to’lashi shart. Vositachi komitentdan ruxsat so’rashi 
shart bo’lgan hollarda u komitentning ko’rsatmalaridan chetga chiqishga 
komitentning roziligini oldindan olish imkoniyatiga ega bo’lmaganligini ham isbot 
qilishi shart. 
Vositachi mol-mulkni komitent bilan kelishilgandan yuqoriroq narxda sotib 
olgan bo’lsa, bunday xaridni qabul qilishni istamagan komitent vositachidan 
uchinchi shaxs bilan bitim tuzilganligi haqida bildirish olganidan keyin oqilona 
muddatda bu haqda vositachiga ma’lum qilishi shart. Aks holda xarid komitent 
tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda vositachi narxdagi farqni o’zi 
to’lashini ma’lum qilsa, komitent o’zi uchun tuzilgan bitimdan bosh tortishga haqli 
emas. 
Hozirgi kunda komitent sifatida har qanday muomalaga layoqatli fuqarolik 
muomalasi ishtirokchilari ishtirok etishlari mumkin. Bunda komitentning 
vositachiga topshirayotgan mol mulkning mulkdori bo’lishi majburiy emas, biroq 
unda ushbu mol mulkni tasarruf etish vakolati mavjud bo’lishi lozim.
Vositachilik munosabatlari komitent tomonidan muayyan huquqlarni amalga 
oshirishni va o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishni taqazo etadi. 
Jumladan, komitent: 
vositachilik shartnomasi bo’yicha ijro etilgan hamma narsani 
vositachidan qabul qilishi; 
o’zi uchun vositachi tomonidan sotib olingan mol-mulkni ko’zdan 
kechirishi va ushbu mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar to’g’risida darhol 
vositachini xabardor qilishi; 
vositachini vositachilik topshirig’ini bajarish yuzasidan uchinchi 
shaxs oldida o’z zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilishi shart (FKning 
841-moddasi). 
Komitent tomonidan vostachilik munosabatida o’z majburiyatlarini bajarishi 
o’zining asosiy majburiyatini bajarilishini taqazo etadi. Bunda komitent tomonidan 
ijroni qabul qilishi, vositachilik haqini to’lashi, vositachining topshiriqni bajarish 
yuzasidan amalga oshirgan chiqimlarini qoplashni nazarda tutadi. 
Komitent tomonidan ijroni qabul qilish majburiyati ikki xil holatni nazarda 
59
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga 1-ilova bilan 
tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari”. 


321 
tutadi. Birinchidan, vositachi tomonidan olingan mol mulkni tekshirib ko’rish va 
barcha aniqlangan kamchiliklar haqida darhol vositachini xabardor qilish, 
ikkinchidan, vositachini vositachilik topshirig’ini bajarish yuzasidan uchinchi 
shaxs oldida o’z zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilishini nazarda tutadi.
Komitent vositachilik haqini, tegishli hollarda esa delkredere uchun 
qo’shimcha haqni ham to’lashdan tashqari, vositachilik topshirig’ini bajarish 
yuzasidan vositachi sarflagan summalarni ham unga to’lashi shart. Agar qonun 
hujjatlarida yoki vositachilik shartnomasida boshqacha tartib belgilab qo’yilgan 
bo’lmasa, vositachi o’z ixtiyorida bo’lgan komitentning mol-mulkini saqlash 
yuzasidan qilgan xarajatlari qoplanishiga haqli emas (FKning 842-moddasi). 
Komitent vositachiga haq to’lashi, vositachi bitimning uchinchi shaxs 
tomonidan bajarilishi uchun kafolatni o’z zimmasiga olgan (delkredere) hollarda 
esa shartnomada belgilangan miqdorda qo’shimcha haq ham to’lashi shart. Agar 
shartnomada bu miqdor nazarda tutilgan bo’lmasa va u shartnomaning shartlaridan 
kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin bo’lmasa, haq miqdori Fuqarolik kodeksi 
356-moddasining to’rtinchi qismiga muvofiq belgilanadi (FKning 833-moddasi).
Komitent tomonidan majburiyatlarni bajarilishi ta’minlash uchun vositachiga 
muayyan darajada kafolatlar beriladi. Vositachi FK 290-moddasiga muvofiq o’z 
qo’lida bo’lgan, komitentga yoki komitent ko’rsatgan shaxsga topshirilishi kerak 
bo’lgan ashyolarni vositachilik shartnomasi bo’yicha o’z talablarini ta’minlash 
uchun ushlab turishga haqli bo’ladi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling