Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
ikkinchidan, begona shaxs manfaatini ko’zlab, topshiriqsiz harakat qilish
aniq sharoitlarda zarur va maqsadga muvofiq bo’lishi kerak; uchinchidan, topshiriqsiz harakat qilish, harakat qiluvchi shaxs o’z faoliyatini amalga oshirishga kirishishda manfaatdor shaxsni xabardor qilish va mazkur harakatlarni qilish uchun uning roziligini olish imkoniyatiga ega bo’lmasligi kerak. Lekin boshqa shaxs manfaatlarini ko’zlab, uning topshirig’isiz harakat qiluvchi shaxs birinchi imkoniyat tug’ilishi bilanoq, bu haqda manfaatdor shaxsga xabar qilmasa, u qilingan xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli emas. Boshqa shaxs manfaatini ko’zlab topshiriqsiz harakat qilayotgan shaxs tegishli faoliyatni amalga oshirishidan manfaatdor fuqaro vafot etgan yoki yuridik shaxsning faoliyati to’xtatilgan taqdirda ham manfaatdor shaxs merosxo’rlari (qonuniy vorislari) uning o’rnini olgunlaricha boshlangan faoliyatni davom ettirishi shart. Yuqorida ko’rsatilgan shartlar mavjud bo’lganda boshqa shaxs (shaxslar)ning manfaatini ko’zlab, topshiriq olmasdan harakat qilgan shaxs o’zining zarur xarajatlarining, jumladan, mulkning nobud bo’lishi yoki zararlanishidan saqlab qolish yoki shaxsiy zararning oldini olish uchun qilgan xarajatlarining to’lanishini talab qila oladi. Boshqa shaxslarning manfaatlarini ko’zlab harakat qilgan shaxs maqsadga muvofiq ravishda qilgan barcha harakatlari natijasida mulkiy zararning oldini ololmaganida ham ko’rgan zararlarining to’lanishini talab qilishga haqli bo’ladi. 314 Fuqarolik kodeksining 828-moddasiga muvofiq, boshqa shaxs manfaatini ko’zlab tuzilgan bitim bo’yicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor bo’lgan shaxs mazkur bitimni ma’qullagan paytdan boshlab unga o’tadi, basharti boshqa taraf majburiyatlarning bunday o’tishiga e’tiroz bildirmasa yoki bitimni tuzish paytida bitim boshqa shaxsning manfaatini ko’zlab tuzilganligini bilgan yoxud bilishi lozim bo’lgan bo’lsa, bunday bitim bo’yicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor bo’lgan shaxsga o’tganida, ushbu bitim bo’yicha huquqlar ham shu shaxsga berilishi zarur. Bundan tashqari, bitim tuzgan shaxs boshqa shaxs manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilgan faoliyat tufayli qilgan xarajatlari qoplanguncha huquqlarni topshirishni kechiktirib turishi mumkin. FKning 829-moddasida topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor shaxsning majburiyatlari ushbu qilingan harakatdan manfaatdor bo’lgan shaxs uning manfaatlarini ko’zlab ish olib borgan shaxsga zarur xarajatlarni va boshqa shaxsning manfaatlari yo’lidagi harakatlar aniq bo’lib, biroq ko’zlangan natijaga erishilmagan hollarda ham saqlanib qoladi. Lekin boshqa shaxsning mol-mulkiga zarar yetkazishning oldi olingan hollarda o’rnini qoplash haqining miqdori mol- mulkning qiymatidan oshib ketmasligi kerak. Bundan tashqari, shaxsning harakatlari bevosita boshqa shaxs manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo’lmasa, shu jumladan, ularni amalga oshirgan shaxs o’z manfaatlarini ko’zlab harakat qilyapman deb, xato o’ylagan va uning harakatlari boshqa shaxsning asossiz boyib ketishiga olib kelgan hollarda ham ushbu Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan qoidalar qo’llaniladi. Boshqa shaxsning manfaatlarini ko’zlab qilingan harakatlar uning tadbirkorlik faoliyati doirasiga kiritilgan taqdirda bu shaxs haqiqiy zararning o’rnini qoplash bilan bir qatorda, tegishli miqdorda haq to’lashni ham talab qilishga haqli. Topshiriq olmasdan boshqa shaxs manfaatlarini ko’zlab harakat qilgan shaxs maqsadga muvofiq ravishda qilgan barcha harakatlari natijasida mulkiy zararning oldini ololmaganida ham ko’rgan zararlarini to’lashni talab qilishga haqli bo’ladi. Topshiriq olmasdan begona shaxslarning manfaatlari uchun harakat qilgan shaxsning xarajatlari miqdori uning saqlab qolmoqchi bo’lgan mulk qiymatidan oshmasligi kerak. Topshiriq olmasdan begona shaxslarning manfaatlari uchun harakat qiluvchi shaxsga muayyan majburiyatlar ham yuklatiladi. Jumladan: birinchidan, topshiriq olmasdan harakat qiluvchi shaxs imkoniyati bo’lgan zamon manfaatdor shaxsni bu to’g’rida xabardor qilishga (FKning 830-moddasi); Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling