Toshkent davlat yuridik universiteti


Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi taraflarining huquq va


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi taraflarining huquq va 
majburiyatlari. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi subyektlari 
shartnoma yuzasidan o’ziga xos huquq va majburiyatlarga ega. Birinchi navbatda 
mazkur huquqiy munosabatda asosiy “vazifani bajaradigan” hamda shartnomaviy 
aloqalarning davom etishi uning harakati bog’liq bo’lgan taraf – ishonchli 
boshqaruvchining huquq va majburiyatlari xususida fikr yuritish lozim. Zero, 
ko’pchilik vaziyatlarda shartnoma mazmunini ham ishonchli boshqaruvchining 
shartnoma bo’yicha vakolatlari tashkil etadi.
Ishonib topshirilgan mol-mulkni boshqarish deganda, muassis va foyda 
oluvchining manfaatlarini ko’zlab mol-mulkni tayinlanish maqsadlaridan kelib 
chiqib, 
uning 
foydali jihatlarini o’zlashtirish, tadbirkorlik faoliyatida 
muvaffaqiyatli va ishonchli harakat qilish, qonun doirasidagi faoliyat va mol-
mulkni tez yemirilib ketishdan saqlagan holda undan maksimal darajada daromad 
olish nazarda tutiladi. Bunda ishonchli boshqarish mazkur mol-mulkdan ilgari 
olingan foydadan kam bo’lmagan daromadni qo’lga kiritish yoki shartnomada 
taraflar kelishgan natijani qayd etishi lozim bo’ladi. Masalan, ishonchli 
boshqaruvga berilganiga qadar korxonaning yillik daromadi 25 million so’mni 
tashkil etgan bo’lsa, ishonchli boshqaruv natijasida ham 25 milliondan kam 
bo’lmagan yoki taraflarning kelishuviga ko’ra bundan kamroq summadagi 
daromad qilinishi lozim darajadagi boshqarish amalga oshirilgan deb hisoblanishga 
asos bo’ladi.
Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni boshqarishda yuqori professionallik 
ko’rsatishi, o’zining muayyan sohadagi bilim, malaka va ko’nikmasini to’liq 
namoyon etishi, o’ziga ishonib topshirilgan mol-mulkni o’zining mulkidek asrab-
avaylashi va bunda eng muhimi muassis va foyda oluvchining manfaatlarini esdan 
chiqarmasligi kerak.
Bunda u o’ziga ishonib topshirilgan mol-mulkning qiymati pasayib 
ketmasligi uchun barcha chora-tadbirlarni ko’rishi lozim. Masalan, birjada 


330 
aksiyalar kursi pasayib ketganda, ishonchli boshqaruvchi ushbu aksiyalar kursini 
ko’tarish uchun o’ziga bog’liq bo’lgan barcha choralarni amalga oshirishi shart.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish munosabatlarida mol-mulkning tasodifan 
nobud bo’lish xavfi kimning zimmasida bo’lishi masalasi ham muhim ahamiyatga 
ega. Zero, ishonchli boshqaruvchi mulkdor va foyda oluvchi manfaatlarini ko’zlab 
mol-mulkka nisbatan amaliy va yuridik harakatlarni qilishi lozim bo’lar ekan, u 
mol-mulkka yyetarli cha g’amxo’rlik qilishi ham zarur bo’ladi. 
Ma’lumki, ishonchli boshqaruvchi muassis va foyda oluvchi manfaatlarini 
ko’zlab harakat qiladi. Shu munosabat bilan boshqaruv muassisi va foyda oluvchi 
ishonchli boshqaruvchining boshqarish yuzasidan amalga oshirgan harakatlaridan 
xabardor bo’lib turishga haqli. Bu esa ishonchli boshqaruvchi zimmasiga 
boshqaruvning muassisi va foyda oluvchiga mol-mulkni ishonchli boshqarish 
shartnomasi bilan belgilangan muddatlarda va tartibda o’z faoliyati to’g’risida 
hisobot taqdim etib turish majburiyatini yuklaydi. 
FKning 857-moddasida ishonchli boshqaruvchining unga boshqaruvga 
topshirilgan mol-mulkka nisbatan huquq va majburiyatlari belgilangan. Mazkur 
moddaga muvofiq, ishonchli boshqaruvchi qonunda va mol-mulkni ishonchli 
boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan doirada ishonchli boshqarishga 
topshirilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor huquqlarini amalga oshiradi. 
Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni boshqarish sohasidagi harakatlarni 
amalga oshirish natijasida qo’lga kiritgan huquqlar ana shunday mol-mulk 
tarkibiga kiritiladi. Ishonchli boshqaruvchining ana shunday harakatlarni amalga 
oshirishi natijasida vujudga kelgan majburiyatlar shu mol-mulk hisobidan 
bajariladi. Ishonchli boshqaruvchi boshqaruvga topshirilgan ko’chmas mol-mulkni 
boshqa shaxsga berishni va garovga qo’yishni, faqat bu hol mol-mulkni ishonchli 
boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan hollarda amalga oshirishga haqli. 
Ishonchli boshqaruvda bo’lgan mol-mulkka huquqlarni himoya qilish uchun 
ishonchli boshqaruvchi o’zining huquqlari har qanday buzilishini bartaraf etishni 
talab qilish huquqiga ega. Bunda ishonchli boshqaruv mulkni titul egallovchisi 
sifatida mulkdor huquqlariga ega bo’ladi va ishonchli boshqaruvga topshirilgan 
mol-mulkni himoya qilishda har qanday fuqarolik-huquqiy usullardan 
foydalanishga haqlidir.
Boshqaruv muassisi va foyda oluvchi ham shartnoma yuzasidan o’ziga xos 
huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi. Birinchi navbatda boshqaruv muassisi 
shartnomada ko’zda tutilgan shartlar asosida ishonchli boshqaruvchi amalga 
oshirayotgan yuridik va amaliy harakatlarini, uning mol-mulkni boshqarish 
bo’yicha operativ-xo’jalik faoliyatiga aralashmagan holda nazorat qilishga haqli 
hisoblanadi. Buning uchun u ishonchli boshqaruvchidan shartnomada belgilangan 
muddatlarda tegishli axborot va hisobotlarni olib turish huquqiga ega. Agar 
boshqaruv muassisi shartnoma shartlarini buzish holatlarini aniqlasa, u ishonchli 
boshqaruvchidan oqilona muddatlarda uni bartaraf etishni talab qilishga haqli 
bo’ladi.
Agar shartnomada boshqacha holat belgilanmagan bo’lsa, boshqaruv 
muassisi ishonchli boshqaruvga berilgan o’z mol-mulkidan olingan foyda va 
daromadlarni o’ziga topshirilishini talab qilishga haqlidir.


331 
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida ishonchli boshqaruvchiga 
haq to’lash nazarda tutilgan bo’lsa, boshqaruv muassisi shartnomada belgilangan 
miqdordagi summani ishonchli boshqaruvchiga to’lashi lozim bo’ladi. Odatda, bu 
majburiyat ishonchli boshqaruvchiga mol-mulkdan olingan daromad, foyda va 
boshqa moddiy ne’matlarning tegishli qismini o’ziga to’lanishi lozim bo’lgan haq 
va ishonchli boshqarish yuzasidan qilingan xarajatlar uchun ushlab qolish huquqini 
berish orqali bajariladi. 
Boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni o’zidan 
begonalashtirishga, garovga qo’yishga va ushbu mol-mulk bilan bog’liq boshqa 
bitimlarni tuzishga haqli emas. Bu qoida FKning 857-moddasi talablaridan kelib 
chiqadi. Zero, unda belgilanishicha, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi 
amal qilib turgan davrda unga nisbatan mulkdor huquqlarini boshqaruv muassisi 
emas, ishonchli boshqaruvchi amalga oshiradi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida kreditor sifatida boshqaruv 
muassisi kreditor majburiyatlarini bajarishi lozim. Ya’ni, u ishonchli 
boshqaruvchining samarali faoliyat olib borishi uchun ishonchli boshqaruvga 
topshirilgan mol-mulk haqidagi barcha ma’lumotlar va hujjatlarni topshirishi, 
o’zining ishonchli va barqaror biznes hamkorlari xususidagi ma’lumotlarni 
topshirishi kerak. Bundan tashqari boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchining 
operativ-xo’jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi uchinchi shaxs (foyda 
oluvchi) foydasiga tuzilgan bo’lsa, boshqaruv muassisining yuqoridagi huquqlari 
foyda oluvchiga tegishli bo’ladi. Shu bilan birga, foyda oluvchi istalgan vaqtda va 
hech qanday sababsiz mol-mulkni ishonchli boshqarish orqali o’ziga berilgan 
barcha huquqlardan voz kechishga ham haqlidir. Bunda foyda oluvchining 
huquqlari boshqaruv muassisiga o’tadi yoki yangi tayinlangan foyda oluvchi ushbu 
huquqlarga ega bo’ladi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling