Toshkent davlat yuridik universiteti


Taraflarning javobgarligi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Taraflarning javobgarligi. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida 
taraflarning o’z majburiyatlarini bajarmasligi har doim ikkinchi tarafga o’ziga xos 
mulkiy yo’qotish – zararning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Boshqaruvning muassisi mol-mulkni kimga topshirishini o’zining ichki 
irodasidan kelib chiqib belgilar ekan, bunda u o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkni 
hech qanday haqsiz yoki boshqa qo’shimcha talablarsiz ishonchli boshqaruvga 
beradi. Bu holatda ishonchli boshqaruvchidan faqatgina o’ziga ishonib topshirilgan 
mol-mulkni mulkdor yoki u ko’rsatgan shaxs (foyda oluvchi) ning manfaatlarini 
ko’zlab boshqarish talab etiladi, xolos. Ishonchli boshqaruvchining bu xizmatlari 
evaziga muayyan haq to’lanishi (ishonchli boshqaruv natijasida olingan 
daromaddan muayyan ulush olish huquqi) shartnomada belgilab qo’yiladi. Shu 
munosabat bilan ishonchli boshqarish munosabatlarini bir tomonlama shartnomalar 
jumlasiga kiritish lozim bo’ladi. Zero, ishonchli boshqarish munosabatlarida 
faqatgina bir tomon – boshqaruvchida majburiyat bo’ladi. Bu esa o’z navbatida 
mol-mulkni ishonchli boshqarish munosabatlarida faqat bitta tomon ishonchli 
boshqaruvchining javobgar bo’lishini ifoda etadi. Mol-mulkni ishonchli 
boshqarishning birinchi tarafi hisoblangan boshqaruvning muassisida majburiyat 
mavjud bo’lmaganligi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk yuzasidan olingan 


332 
majburiyatlar bo’yicha ham, ishonchli boshqaruvchi oldida ham javobgar 
bo’lmaydi.
Biroq, FKning 856-moddasida boshqaruv muassisi javobgar bo’lish holati 
nazarda tutilgan. Unga ko’ra, ishonchli boshqaruvchi shartnoma tuzilgunga qadar 
o’ziga boshqarish uchun topshirilayotgan mol-mulkka uchinchi shaxslarning 
huquqlari borligi haqida xabardor qilib qo’yilishi kerak. Ushbu shart buzilgan 
taqdirda ishonchli boshqaruvchi shartnomani haqiqiy emas deb hisoblab, real 
zararni qoplashni va mutanosib haq to’lashni talab qilishga haqli. 
Agar 
ishonchli 
boshqarishga 
topshirilgan 
mol-mulkka 
shartnoma 
tuzilganidan keyin uchinchi shaxslarning huquqlari paydo bo’lsa, ishonchli 
boshqaruvchi esa bu haqda o’n kunlik muddatda xabardor qilinmagan bo’lsa, u 
mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini bekor qilib, o’ziga keltirilgan 
haqiqiy zararning qoplanishini va mutanosib haq to’lanishini talab qilish huquqiga 
ega. 
Shu bilan birga, fuqarolik qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqaruv 
muassisining ishonchli boshqaruvchi oldidagi javobgarligining boshqa holatlari 
ham ko’zda tutilishi mumkin. Masalan, shartnomaga muvofiq ishonchli 
boshqaruvchiga beriladigan mukofot pullarini boshqaruv muassasiga berilishi 
ko’zda tutilgan bo’lsa, mukofot pulini to’lashni o’tkazib yuborganlik uchun 
boshqaruv muassisining neustoyka to’lashi ham belgilanadi.
Ishonchli boshqaruvchi esa o’ziga boshqaruvga topshirilgan mol-mulkni 
ishonchli boshqarish paytida foyda oluvchining yoki boshqaruv muassisining 
manfaatlari to’g’risida yetarli g’amxo’rlik qilmagan ishonchli boshqaruvchi foyda 
oluvchiga mol-mulkni ishonchli boshqarish vaqtida boy berilgan foydani
boshqaruv muassisiga esa mol-mulkni yo’qotish yoki unga shikast etkazish bilan 
keltirilgan zararni, shuningdek boy berilgan foydani to’laydi. Chunki, mol-mulkni 
ishonchli 
boshqarish 
shartnomaviy-huquqiy 
munosabatlarida 
ishonchli 
boshqaruvchining manfaati mol-mulni boshqarganligi uchun rag’batlanish emas, 
balki mol-mulkni savdo-sotiq faoliyatida keng qo’llash hisoblanadi. 
Ishonchli boshqaruvchining javobgarligini belgilovchi birinchi holat sifatida 
FKning 859-moddasida "ishonchli boshqarish paytida foyda oluvchining yoki 
boshqaruv muassisining manfaatlari to’g’risida yetarli g’amxo’rlik qilmaganligi" 
nazarda tutilgan bo’lib, "yetarli g’amxo’rlik qilmaganlik" iborasini quyidagi 
holatlar bilan bog’lash mumkin: 
- ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruvchiga berilgan mol-mulkdan 
shartnomada yoki ishonchli boshqarishni vujudga keltiruvchi boshqa asosda 
belgilab qo’yilgan miqdordan kam foyda ko’rgan bo’lsa; 
- mol-mulk ishonchli boshqarish topshirilishidan oldingi davrlarda undan 
foydalanish natijasida ko’proq daromad olingan bo’lsa; 
- ishonchli boshqaruvchining harakatlarida ishonchli boshqaruv yuzasidan 
noxolis holatlar kuzatilgan bo’lsa, u yetarli g’amxo’rlik qilmagan hisoblanadi. 
Shu bilan birga, ishonchli boshqaruvchi boshqaruvning muassisiga va foyda 
oluvchiga mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bilan belgilangan 
muddatlarda va tartibda o’z faoliyati to’g’risida taqdim etgan hisobotida uning 
boshqaruv muassisi va foyda oluvchi manfaatlariga yetarli g’amxo’rlik 


333 
qilmaganligi ham aniqlanishi mumkin. 
Boshqaruvning muassisiga esa, ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni 
yo’qotish yoki unga shikast etkazish bilan keltirilgan zararni, shuningdek boy 
berilgan foydani to’laydi. Bunda mol-mulkni yo’qotish yoki unga shikast 
etkazilishi mol-mulkning ishonchli boshqaruvga berilishi paytidagi holati bilan 
uning normal eskirishi holati o’rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadi. 
Fikrimizcha ishonchli boshqaruvchining boshqaruvning muassisi oldidagi 
javobgarligini cheklangan javobgarlik toifasiga kiritish mumkin. Chunki, FKning 
859-moddasida boshqaruv muassisining ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni 
ishonchli boshqargan paytda uchinchi shaxslarning buzilgan huquqini tiklash 
uchun ketgan xarajatlarini qoplash xususida hech qanday qoida belgilanmaydi. 
Ishonchli boshqaruvchi javobgarligining asoslari uning tadbirkorlik faoliyati 
subyekti ekanligi yoki emasligidan kelib chiqib belgilanadi. Umumiy qoidaga 
ko’ra, ishonchli boshqaruvchi tadbirkorlik faoliyati subyekti bo’lsa, uning 
javobgarligi tavakkalchilikka asoslanadi. Ishonchli boshqaruvchi fuqaro yoki 
notijorat tashkiloti bo’lsa, uning javobgarligi aybga asoslanishi e’tirof etiladi. 
Ishonchli boshqarish munosabatlaridagi yana bir javobgarlik holati- bu 
uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlikdir. Bunda ishonchli boshqaruvchi ham, 
boshqaruvning muassisi ham uchinchi shaxslar oldida javobgar bo’lishi mumkin. 
Ishonchli boshqaruvchi o’ziga biriktirilgan mol-mulkni lozim darajada boshqara 
olmagan bo’lsa, majburiyatlar yuzasidan ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk 
bilan javob beradi. Agar majburiyatlarni bajarish uchun ishonchli boshqaruvga 
berilgan mol-mulk yetarli bo’lmasa, majburiyatning qolgan qismi ishonchli 
boshqaruvchining mol-mulki hisobidan qoplanishi lozim. Bu qoida ishonchli 
boshqaruvchining o’ziga ishonchli boshqarishga berilgan mol-mulkni qilingan 
xarajatlar va olingan majburiyatlarni to’liq qoplashga yetarli daromad keltiradigan 
qilib boshqarishi lozimligi bilan asoslanadi. Agar ishonchli boshqaruvchi bunday 
natijaga erisha olmagan bo’lsa, unda undiruv uning xususiy mulkiga qaratilishi 
ham huquqiy, ham mantiqiy asosga ega hisoblanadi. 
FKning 859-moddasi 3-qismiga muvofiq, ishonchli boshqaruvchi o’ziga 
berilgan vakolatlardan chetga chiqqan yoki o’zi uchun belgilab qo’yilgan 
cheklashlarni buzgan holda tuzgan bitim bo’yicha majburiyatlarni ishonchli 
boshqaruvchi shaxsan o’zi bajaradi. Agar bitimda qatnashuvchi uchinchi shaxslar 
vakolatlardan chetga chiqilganligini yoki belgilab qo’yilgan cheklashlarni 
bilmagan bo’lsalar yoki bilishlari kerak bo’lmagan bo’lsa, vujudga kelgan 
majburiyatlar ikki pog’anali subsidiar javobgarlik" tartibida bajarilishi kerak. Bu 
holda boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchidan u keltirgan zararning o’rnini 
qoplashni talab qilishi mumkin. Bu holatga nisbatan regress majburiyatlar 
qo’llaniladi. 
Mol-mulkni ishonchli boshqarish munosabatlaridagi fuqarolik-huquqiy 
javobgarlikni tahlil etish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, mazkur 
munosabatlardagi fuqarolik huquqi javobgarlik ishonchli boshqarish institutining 
o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib javobgarlikning turdosh munosabatlardagi 
javobgarlikdan farqli jihatlari ("ikki pog’anali subsidiar javobgarlik") ni belgilashi 
bilan ahamiyatlidir. 


334 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling