Toshkent davlat yuridik universiteti
Mol-mulkni ishonchli boshqarishni bekor bo’lishi
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Mol-mulkni ishonchli boshqarishni bekor bo’lishi. Mol-mulkni ishonchli
boshqarish shartnomasi bekor bo’lishining maxsus qoidalari FKning 861- moddasida berilgan bo’lib, unga ko’ra, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi quyidagi hollarda bekor bo’ladi: - taraflardan birining shartnoma muddati tugashi munosabati bilan shartnomani bekor qilish to’g’risidagi arizasiga muvofiq; - agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo’lmasa, foyda oluvchi fuqaroning vafot etishi, foyda oluvchi yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan; - ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etganida, u muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo’qolgan deb hisoblanganida, shuningdek yakka tadbirkor nochor (bankrot) deb topilganida; - ishonchli boshqaruvchi yuridik shaxs tugatilganida, u nochor (bankrot) deb topilganida; - foyda oluvchi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnoma bo’yicha foydani olishdan bosh tortganida; - ishonchli boshqaruvchi yoki boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchi uchun mol-mulkni ishonchli boshqarishni shaxsan amalga oshirishi mumkin emasligi munosabati bilan boshqaruvni amalga oshirishdan bosh tortganida; - boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchiga shartnomada kelishilgan haqni to’lagan holda ushbu moddaning to’rtinchi bandida ko’rsatilganidan boshqa sabablarga ko’ra shartnomani bajarishdan bosh tortganida; - ishonchli boshqaruvchi o’zining majburiyatlarini tegishli darajada bajarmagan taqdirda shartnoma sudning qaroriga muvofiq bekor qilinganida; - qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra. qonun hujjatlarida ishonchli boshqarish muayyan turlarining bekor bo’lishiga nisbatan o’ziga xos qoidalar ham belgilanishi mumkin. Masalan, «Davlatga tegishli akstiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma quyidagi holatlar boshlanganda, to’xtatilishi mumkin: a) tomonlardan birining: - shartnoma muddati tamom bo’lishi; - boshqa tomon o’z majburiyatlarini bajarmasligi yoki zarur tarzda bajarmasligi; - jamiyat yoki ishonchli boshqaruvchining qayta tashkil etilishi, tugatilishi, bankrot deb e’tirof etilishi; - davlatning shartnoma bo’yicha foyda olishni rad etishi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruvni amalga oshirish mumkin emasligi sababi bilan ishonchli boshqaruvchining boshqarishning amalga oshirishni rad etishi munosabati bilan shartnomani to’xtatish to’g’risida sabablari asoslangan arizasi. Shartnoma ariza taqdim etilgan paytdan boshlab 10 kun o’tgandan keyin bekor qilingan deb hisoblanadi. b) davlat aktivlarini begonalashtirish to’g’risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinishi. Ushbu holatda shartnoma, shu jumladan: - akstiyalar paketlarini boshqarishda – davlatga tegishli akstiyalar paketi 335 Davlat mulki qo’mitasining oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi to’g’risidagi bildirishnomasiga muvofiq, ishonchli boshqaruvchining "depo" subhisob raqamidan Davlat mulki qo’mitasining hisob raqamiga o’tkazilgan paytdan boshlab, Davlat mulki qo’mitasining akstiyalar paketi (yoki uning bir qismi) ustav fondiga berilishi to’g’risida buyrug’i chiqqan paytdan boshlab; - ulushlarni boshqarishda – Davlat mulki qo’mitasi tomonidan ishonchli boshqaruvchi oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi, ulush (yoki uning bir qismi) ustav fondiga berilganligi haqida Davlat mulki qo’mitasining buyrug’i chiqqanligi to’g’risida xabardor qilingan paytdan boshlab: - ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etgan, u huquqiy layoqatsiz, huquqiy layoqati cheklangan yoki dom-daraksiz ketgan deb e’tirof etilgan taqdirda bekor qilingan deb hisoblanadi. FKning 853-moddasi 2-qismiga muvofiq, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq bo’lmagan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom bo’lganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish to’g’risidagi arizasi bo’lmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi. Shu munosabat bilan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bekor bo’lishi uchun shartnoma muddati tugagach, taraflardan biri shartnomani bekor qilish haqida ikkinchisiga yozma ariza bilan murojaat qilishi lozim. Bunda arizaning ikkinchi tarafga topshirilishi shartnoma bekor bo’lishi uchun yetarli hisoblanadi. Ikkinchi tomonning bu ariza haqidagi fikrlari (ya’ni, shartnomani bekor bo’lishiga rozi emasligi) muayyan ahamiyatga ega bo’lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida foyda oluvchi ham o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan subyekt hisoblanadi. Agar mol- mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi foyda oluvchining manfaatlarini ko’zlab tuzilgan bo’lsa, u holda foyda oluvchi fuqaroning vafot etishi, foyda oluvchi yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan bekor bo’ladi. FK ishonchli boshqaruvchi fuqaro bilan bog’liq holatlarda shartnoma bekor bo’lishi mumkin bo’lgan holatlarni belgilaydi. Ushbu holatlarni quyidagilarga bo’lish mumkin: - ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etganida; - ishonchli boshqaruvchi muomalaga layoqatsiz deb topilganida; - ishonchli boshqaruvchi muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo’qolgan deb hisoblanganida; - yakka tadbirkor nochor (bankrot) deb topilganida; - ishonchli boshqaruvchi yuridik shaxs tugatilganida, u nochor (bankrot) deb topilganida. Mazkur holatlardan ko’rinib turibdiki, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi qat’iy ishonchga asoslangan shartnomalar jumlasiga kiradi va ishonchli shaxsning vafot etishi munosabati bilan bu huquqiy munosabatlar barham topadi. Shartnomaning bekor bo’lish asosi sifatida biz mazkur holatlarni topshiriq shartnomasida ham ko’rishimiz mumkin. Topshiriq shartnomasida ham topshiriq beruvchining yoki vakilning vafot etishi, ulardan birining muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo’qolgan deb topilishi 336 natijasida shartnoma bekor bo’ladi (FKning 823-moddasi). Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling