Toshkent davlat yuridik universiteti
Shartnomada ko’rsatilgan muddat mobaynida yoki yuk topshiruvchi
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Omonat saqlashga topshirilgan ashyoning but holda/to’liq saqlanishini ta’minlash majburiyati
2. Shartnomada ko’rsatilgan muddat mobaynida yoki yuk topshiruvchi
tomonidan talab qilib olingunga qadar ashyoni saqlash majburiyati. Bu asossiz ravishda omonat saqlash shartnomasini to’xtatishga yo’l qo’yilmasligini ko’rsatadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan yoki shartnomada to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatilgan hollarda omonat saqlovchi shartnomada kelishilgan muddatda yuk topshiruvchidan ashyoni muddatidan oldin qabul qilib olishni talab qilishga haqli. Fuqarolik qonunchiligiga ko’ra omonat saqlovchi yuk topshiruvchidan, agar ashyo uning roziligi va xabar bo’lgan holda qabul qilingan, omonat saqlashning shartlariga to’liq rioya qilingan holda saqlanganligiga qaramasdan, ashyo atrofdagi aholi yoki ushbu saqlovchida saqlanayotgan boshqa ashyolarga zarar yetkazganida ashyoni olib ketish to’g’risida talab qilish huquqiga ega. Bundan tashqari omonat saqlovchi yuk topshiruvchi tomonidan ashyoni olib ketish to’g’risidagi talab bajarilmagan taqdirda, ashyoni zararsizlantirishi yoki yo’q qilib tashlash huquqiga ega. Ushbu holda omonat saqlovchi yuk topshiruvchi va uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi. 3. Omonat saqlashga topshirilgan ashyoning but holda/to’liq saqlanishini ta’minlash majburiyati. Omonat saqlovchi omonat saqlashga qabul qilingan ashyolarni o’g’irlanishi, ishdan chiqishi, shikastlanishi va nobud bo’lishining oldini olishga qaratilgan choralarni ko’rishi lozim. Ushbu tartib omonat saqlovchini shartnoma haq evaziga yoki tekinga tuzilganidan qat’iy nazar shartnomada nazarda tutilgan barcha shartlarni bajarish yoki unga topshirilgan ashyoni saqlash uchun zarur bo’lgan choralarni ko’rish majburiyatini yuklaydi. Ushbu holatda ko’rilgan choralar va uning hajmi omonatga saqlash uchun qabul qilingan ashyolarni turiga, omonat saqlash shartnomasining aniq maqsadiga, uning haq evaziga yoki tekinga tuzilganligiga, shartnomada nazarda tutilgan choralar yoinki topshirilgan ashyolarni saqlash uchun ko’rilgan boshqa choralarni amalga oshirganligiga bog’liq. Bundan tashqari omonat saqlash shartnomasida saqlovchi tomonidan ashyoni qanday xavfdan himoya qilishi aniqlashtirilishi, qanday harakatlar va maxsus choralar amalga oshirilishi shartligi ko’rsatilishi lozim. Masalan, fuqaro I. teatr garderobiga o’zining ustki kiyimini topshirib spektakl tomosha qilish uchun kirib ketdi. Teatr xodimining loqaydligi, ya’ni elektrchoynakni o’chirmaganligi sababli garderobda yong’in sodir bo’ldi. Yong’in tezda bartaraf etildi, biroq, fuqaroning ustki kiyimiga yong’in natijasida zarar 354 yetkazildi. Bu holatda fuqarolik qonunchiligiga asosan fuqaro I. teatr ma’muriyatidan o’ziga yetkazilgan zararni talab qilish huquqiga ega. Ushbu holatda shartnomada ashyolarni but holda saqlanishi ko’rsatilmagan, saqlovchi aniq shartlarni inobatga olib ashyolarning holati va tarkibini hisoblab ish muomalasi odatlari va boshqa shartlardan kelib chiqib, ashyoning but saqlanishini ta’minlashi lozim. Omonat saqlovchining majburiyatlari sifatida ashyoni saqlash uchun qilingan xarajatlar haqida ogohlantirish, ashyoning uchinchi shaxslar oldida daxlsizligini ta’minlash, omonat saqlash uchun qabul qilib olingan ashyoni qabul qilib olish vaqtidagidek holatda (o’z holicha) qaytarish yoki shartnomada ko’rsatilgan holatda qaytarish ham kiritilishi mumkin. Qaytarib berilayotgan ashyoning holati uning tabiiy yomonlashuvi va tabiiy kamayishini inobatga olgan holda, u qabul qilingan holatdagidek bo’lishi lozim. Nafaqat saqlangan ashyo, balki, saqlash vaqtida ashyodan olingan uning hosili va daromadi ham qaytarib beriladi. Shuni ta’kidlash lozimki, omonat saqlovchi tomonidan omonat saqlash tekinga amalga oshirilayotganda, yuk topshiruvchi undan saqlashning muhim shartlariga rioya qilishni talab qila olmaydi, ushbu holatda omonat saqlovchi ashyoni o’z mulkini qanday tartibda saqlasa uni ham shunday saqlashi lozim bo’ladi. Bu holda saqlovchi ashyoning buzilishi uchun, agar u uchun binoda aniq bir haroratni ushlab turish, shamollatish, maxsus qayta ishlov berish va boshqalar kabi maxsus saqlash shartlari talab qilingan bo’lib, omonat saqlash shartnomasida ushbu shartlar nazarda tutilmagan yoki omonat saqlovchi o’zining mulki uchun ushbu harakatlarni amalga oshirmaganda javob bermaydi. Omonat saqlovchi barcha hollarda ashyoning saqlanishiga qaratilgan qonunda nazarda tutilgan choralarni ko’rishi shart. Shuningdek omonat saqlovchi yong’inga qarshi, sanitariya, qo’riqlash va boshqa qoidalarga rioya qilishi shart. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling