Toshkent davlat yuridik universiteti


 Franshizing shartnomasini ruyxatga olish


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
4. Franshizing shartnomasini ruyxatga olish 
Qonunchilik franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab 
qiladi. Xususan, Fuqarolik kodeksining 863-moddasida belgilanganidek, 
franshizing shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofik 
litsenziar (franchayzer) sifatida ish ko‘radigan yuridik shaxsni yoki yakka 
tadbirkorni ro‘yxatga olgan organ tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. Ushbu 
qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab bo‘ladi. 
Tadbirkorlikning franchayzing shaklini kengaytirish, shartnomalarni 
ro‘yxatga olish tartibotini takomillashtirish hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyati 
uchun qulay sharoitlarni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 4 noyabrdagi 244-sonli Qarori bilan “Kompleks 
tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilindi. 
Nizomda franshizing to‘g‘risidagi shartnomalar, ularga muhim o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularning amal qilishini bekor qilish davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerakligi belgilangan. Tadbirkorlik subyektlarini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisoblanadi. 
Inspeksiyaga ilgari unda ro’yxatga olingan tadbirkorlik subyektlari ham, 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan tadbirkorlik 
subyektlari ham murojaat qiladilar. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ro‘yxatdan 
o‘tkazuvchi organga taqdim etilgan kundan boshlab 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan 
muddatda amalga oshiriladi. 
Nizomda belgilab qo‘yilganidek, agar litsenziat xorijiy davlatda yuridik 
shaxs yoki yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, franshizing 
to‘g‘risidagi shartnomani (muhim o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish hamda 
bekor qilish)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shartnoma bo‘yicha litsenziat sifatida 
ish ko‘radigan yuridik shaxs yoki yakka tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan 
O‘zbekiston Respublikasining ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Shunday qilib, ushbu me’yor FK 863-moddasidagi xorijiy franchayzer 
ishtirokidagi franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 
mavhumlik fazasini yakunladi. Gap shundaki, xorijiy franchayzer ishtirokidagi 


344 
shartnomani ro‘yxatga olishda mazkur modda shartnomani keyinchalik xorijiy 
franchayzerni ruyhatga olgan davlat organida ham ro‘yxatga olishni talab qiladi. 
Bir qator davlatlarda bunday talab yo‘qligini hisobga olsak, amaliyotda franshizing 
shartnomasini qonuniy yo‘l bilan rasmiylashtirish imkoni yo‘qligini ko‘rish 
mumkin. Shundan kelib chiqib, o‘zbekistonlik tadbirkorlar xorijiy xo‘jalik 
subyektlari bilan bunday shartnomalarni juda kam tuzmokdalar. Bundan tashqari, 
franshizing shartnomalarini firma nomidan yoki savdo belgisidan foydalanish 
(ijara) shartnomasi deb nomlash amaliyoti ko‘payib bormoqda. 
Aqliy mulk obyektlariga mutlaq huquqlarni o‘z ichiga oluvchi franshizing 
shartnomasi Intellektual mulk Agentligida ham ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. 
Shu bilan birga, sublitsenziya haqidagi shartnoma ham davlat ro‘yxatidan 
o‘tkaziladi. Uning artibi asosiy franshizing shartnomasini tuzish tartibi bilan bir 
xil.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun franshizing to‘g‘risidagi shartnomalar 
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 
a) franshizing to‘g‘risidagi shartnoma har bir tarafining yuridik shaxs yoki 
yakka tadbikor sifatidagi maqomini tasdiqlaydigan hujjatning notarial tasdiqlangan 
nusxasi guvohnoma, patent, xorijiy litsenziar uchun xorijiy davlatning tegishli 
davlat reestridan ko‘chirma yoki tegishli o‘rnini bosuvchi hujjatlar); 
b) faoliyatning tegishli turini amalga oshirish huquqini beruvchi zarur 
ruxsatnomalar, litsenziyalar) nusxasi, basharti O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlariga muvofiq bunday ruxsatnoma talab qilinsa. Agar franshizing 
to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish paytida bunday ruxsatnoma 
(litsenziya) olinmagan bo‘lsa, bunday ruxsatnoma (litsenziya)ning nusxasi u 
olingandan keyin bir hafta muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim 
etiladi; 
v) taraflar tomonidan imzolangan franshizing to‘g‘risidagi shartnomaning 
uch nusxasi tikilgan, varaqlari raqamlangan bo‘lishi kerak, ularda o‘chirib 
tuzatishlar, qo‘shimcha yozuvlar, chizilgan so‘zlar yoki boshqa qayd etilmagan 
tuzatishlar bo‘lmasligi kerak; 
g) ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat. 
Shubhasiz, mazkur Nizomning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasida 
tadbirkorlikning franshizing shaklini rag‘batlantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, 
bugungi kunda taniqli firma nomlari va tovar belgilaridan o‘zboshimchalik bilan 
foydalanish hollari ham tez-tez uchrab turibdi. Shu munosabatda aqliy mulk 
obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligida 


345 
javobgarlik nazarda tutilgan. Uning miqdori asossiz orttirilgan boylik, ya’ni 
shaxsning qonunchilikda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs hisobiga orttirgan 
mol-mulki miqdoriga qarab belgilanadi. Asossiz mol-mulk orttirgan shaxs bunday 
boyish faktlari ma’lum bo‘lgan paytdan boshlab ushbu mol-mulkdan olingan 
daromadning hammasini jabrlanuvchiga qaytarishi yoki qoplashi shart. Huquq 
egasining talabi bilan huquqbuzarlik to‘xtatilishi, huquqbuzar esa huquq egasiga u 
ko‘rgan zararni qoplashi lozim. 
Biroq Shuni ham tan olish kerakki, O‘zbekistonning xo‘jalik yurituvchi 
subyektlari boshqa o‘zbekistonlik xo‘jalik yurituvchi subyektning mutlaq 
huquqlaridan foydalanishdan juda kam hollarda manfaatdor bo‘ladilar. Aksariyat 
hollarda ular dunyoda mashhur bo‘lgan brendlarga, firma nomlariga va h.k.larga 
qiziqish bildiradilar. Bunday taniqli xorijiy kompaniyalar esa jahonning turli 
mamlakatlarida ularning aqliy mulkka bo‘lgan huquqlari buzilayotganidan bexabar 
qoladilar. Tegishlicha, jabrlangan xorijiy kompaniya tomonidan tegishli talab 
bo‘lmaganidan keyin, yuqorida tilga olingan javobgarlikka tortish amaliyotda 
bo‘lmayapti. 
Bugungi kunda ekspertlar O‘zbekistonda bunday suiste’molchiliklarga yo‘l 
ko‘ymaslik uchun ma’muriy qonunchilikka dunyoda mashhur nomlar, savdo 
belgilari va h.k.lardan o‘zboshimcha foidalanuvchi xo‘jalik subyektlariga nisbatan 
jarima choralarini kiritishni taklif qilmoqdalar. Uylaymizki, bunday chora 
franshizing shartnomalarini tuzish amaliyotini rag‘batlantiradi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling