Toshkent davlat yuridik universiteti


 Franshizing va uning o‘ziga xos belgilari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
2. Franshizing va uning o‘ziga xos belgilari 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida franshizingning – kompleks 
tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi deb nomlanadi. Kompleks tadbirkorlik 
litsenziyasi shartnomasi (franshizing shartnomasi) buyicha bir taraf (litsenziar) 
ikkinchi tarafga (litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda 
qo‘riqlanadigan tijorat axborotidan, Shuningdek shartnomada nazarda tutilgan 
mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish 
belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida 
foydalanish huquqini o‘z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksi (litsenziya 
kompleksi)ni berish majburiyatini oladigan shartnoma. 
Ushbu ta’rifdan kelib chiqib, quyidagi xulosaga kelish mumkin. 
Birinchidan, franshizing shartnomaning alohida turi hisoblanadi. 
Ikkinchidan, shartnoma narsasi mutlaq huquqlar kompleksi (litsenziya 
kompleksi), Shuningdek mutlaq huquqning boshqa obyektlari (tovar belgisi, 
xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtirolar va h.k.). 
Uchinchidan, franshizing hech qachon bepul berishni nazarda tutmaydi. 
Agar taraflar bepul berish haqida shartnoma tuzgan bo‘lsalar, u holda bunday 
shartnoma haqiqiy emas deb tan olinishi mumkin, chunki qonunchilik talablariga 
javob bermaydi. Shu bilan birga qonunda nazarda tutilgan bunday talab yirik 
holding lar manfaatlariga mos kelmaydi. Holding yagona biznes siyosatiga ega 
bo‘lib, unga affillangan kompaniyalar sarf-harajatlarini qisqartirishdan manfaatdor. 
Shu boisdan holding ichida Shunday tuzilma yuzaga keladiki, unda aqliy mulk 


339 
obyektlaridan foydalanish huquqi affillangan kompaniyalar o‘rtasida shartnoma 
tuzmasdan bepul asosda o‘tadi. 
Franshizing shartnomasini ta’riflashda “mutlaq huquqlar” iborasi alohida 
e’tiborni talab etadi. Mutlaq huquq bu ma’noda aqliy mulk obyekti egasiga tegishli 
huquqning ekskluzivligini bildiradi. Franshizing shartnomasini tuzar ekan, mutlaq 
huquq egasi o‘ziga tegishli obyektdan boshqa shaxsning ham foydalanishi va 
bundan foyda olishi uchun rozilik beradi. Ammo huquqlarning mutlaqligi 
litsenziatga nisbatan ekskluzivlikni bildirmaydi. Tegishlicha, litsenziar, mutlaq 
huquq egasi hisoblanib, xuddi Shu huquqlarni boshqa shaxslarga ham berishi 
mumkin. 
Shunday qilib, zamonaviy biznesda franshizing biznesning Shunday 
modeliki, unda bir taraf (franchayzer) boshqa tarafga (franchayziga) haq evaziga 
o‘z nomidan ishlash huquqini beradi va Shu tariqa sotuv bozorini kengaytiradi. 
Oddiyroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu-brend “ijarasi”. Yirik kompaniya tadbirkorga 
o‘z brendi ostida mahsulotni sotish yoki xizmat ko‘rsatish huquqini beradi. 
Rivojlanayotgan korxona uchun franchayzingning eng asosiy afzalligi – vaqt 
va kuchning tejalishidir. Ishbilarmon biznes-reja, yetkazib berishlar, sotuvlar va 
marketing tizimini ishlab o‘tirmaydi. Butun tizim yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, 
bozorga chiqish bilan bog‘liq barcha xavf xatar ancha kamayadi. 
Bunda franchayzi franchayzer tomonidan belgilanadigan muayyan qonunlar 
va qoidalar asosida ishlash majburiyatini oladi. Yangi biznes boshidanoq 
franchayzer nazorati ostida bo‘ladi, u franchayzi tomonidan qabul qilingan barcha 
standartlarga rioya etilishini diqqat bilan kuzatib boradi. 
Bu qoidalarga rioya qilish evaziga franchayzi kompaniya nomidan 
foydalanish, uning mahsuloti va xizmatlarini taklif qilish, uning ishlab chiqarish va 
marketing texnologiyalaridan foydalanish, texnologik ko‘magiga erishish huquqini 
qo‘lga kiritadi. Franchayzer-kompaniya esa, yangi sotuvlar bozorini va qo‘shimcha 
daromadni qo‘lga kiritadi. Ushbu barcha huquq va imtiyozlarni qo‘lga kiritish 
uchun tadbirkor franzayzerga dastlabki badalni to‘laydi, keyin savdo belgisidan 
foydalanganlik uchun, shuningdek uning qo‘llab-quvvatlashi, o‘qitishi va 
konsalting uchun har oy badallar to‘lab boradi. Bundan tashqari, u biznesni barpo 
etish, zarur asbob-uskunalarni sotib olish hamda vakolatli davlat organlarining 
faoliyat yuritishga ruxsatnomasini olish uchun xarajatlarni qoplaydi. 
Biroq bu, franchayzi tovar belgisining to‘liq egasi yoki kompaniyaning 
to‘liq huquqli hamkori degani emas. U bor yo‘g‘i brendni “ijara”ga oladi hamda 
“ijara haqi”ni o‘z vaqtida to‘lab turganda va kompaniya manfaatlariga muvofiq 


340 
harakat qilganda undan foydalanish huquqiga ega. Bu haqning miqdori alohida 
kelishib olinadi va shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi. 
Tashqi ko‘rinishdan franshizing tuzilmasi nomi bir xil va bir xil mahsulot 
ishlab chiqaradigan yoki bitta tovar belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatadigan filiallar 
yoki sho’ba korxonalar tarmog‘iga o‘xshab ketadi. Filiallar tarmog‘ini misol qilib 
“Xalk banki”, “O‘zbektelekom” AK yoki aloqa operatorlarini aytish mumkin. 
SHo‘ba korxonalariga esa, “General Motors”, “Nokia-Siemens” va bir qator 
boshqa kompaniyalar misol bo‘la oladi. Filiallar va sho‘ba korxonalarda, 
franshizingdan farq qilib, mutlaq huquq obyekti egasi yuqorida tilga olingan 
biznes-tuzilmalarga nisbatan mulkiy huquqlarga ega bo‘ladi. Tegishincha, bunday 
mulkiy huquqlar egasi uchun o‘zining bo‘linmasi yoki sho‘ba korxonasiga mutlaq 
huquqlar obyektini berish va ulardan to‘lov olish uchun alohida shartnoma 
tuzishdan ma’no yo’q. Franshizing shartnomasi esa, mustaqil xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar o‘rtasida tuziladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling