Toshkent davlat yuridik universiteti


 Yuk topshiruvchini shartnomada nazarda tutilgan saqlash shartlarini


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

5. Yuk topshiruvchini shartnomada nazarda tutilgan saqlash shartlarini 
o’zgartirish to’g’risida tezda xabardor qilish majburiyati. Amaliyotda 
ashyoning saqlanishini ta’minlash maqsadida shartnomaning saqlash shartlariga 
o’zgartirish kiritish holatlari uchrab turadi. Buning uchun omonat saqlovchi yuk 
topshiruvchini saqlash shartlarini o’zgartirishi to’g’risida xabardor qilishi va uning 
javobini kutishi lozim. Biroq ashyoning yo’qolishi, nobud bo’lish xavfi bo’lsa yuk 
topshiruvchining javobini kutmasdan saqlash joyi, turi va boshqa shartlarini 
o’zgartirishga haqli. Bunda, quyidagilarga e’tibor qilish lozim: Omonat saqlash 
shartnomasi shartlarini o’zgartirish zaruriyati turli vaziyatlardan kelib chiqishi 
mumkin (ashyo holatining yomonlashishi, omonat saqlashni amalga oshirish bilan 
bog’liq harajatlarning haddan ziyod ko’payib ketishi va hokazo). Yuk 
topshiruvchiga yuborilgan xabar ham, uning javobi ham har qanday shaklda 
bo’lishi mumkin. Ularni shoshilinch ravishda jo’natish xususiyati yozma shaklga 
rioya qilishga har doim ham yo’l qo’ymaydi. Xabar berishning shoshilinch 
(kechiktirib bo’lmaydigan) bo’lishi omonat saqlovchining yuk topshiruvchini 
omonat saqlash shartlarini o’zgartirish zarurligi ma’lum bo’lgan vaqtdan 
kechiktirmasdan xabardor qilishi lozimligini bildiradi. Agar omonat saqlovchi yuk 
topshiruvchini keyinroq (kechiktirib) xabardor qilsa, u o’z majburiyatlarini lozim 
darajada bajarmagan hisoblanadi. Ushbu harakatlar ham yetarli bo’lmasa va agar 
saqlash vaqtida ashyoning buzilish xavfi aniq bo’lib qolsa yoki ashyo buzilgan 
bo’lsa (masalan, havo haroratining, namlik darajasining yoki saqlash sharoitining 
nomuvofiqligi tufayli), yoki uning to’liq saqlanishini ta’minlashga imkon 
bermaydigan vaziyatlar vujudga kelgan (masalan, saqlanayotgan ashyoning fizik 
xususiyatidan kelib chiqib, uning saqlanish sharoiti noto’g’ri tanlangan) bo’lsa 
hamda yuk topshiruvchi tomonidan o’z vaqtida chora ko’rilishini kutish mumkin 
bo’lmasa, omonat saqlovchining o’zi ashyoni va uning qismini saqlash joyida 
amalda bo’lgan bahoda mustaqil sotishga haqli. Bunda yuk topshiruvchi 
tomonidan ashyoni sotish bo’yicha qilingan harajatlar qoplanishi zarur, yuk 
topshiruvchining mulkiga xavf xatar omonat saqlovchiga bog’liq bo’lgan 
sabablardan kelib chiqqan hollar bundan mustasno. Omonat saqlash shartlarini 


356 
o’zgarishi omonat saqlovchining harakatidan (harakatsizligidan) kelib chiqqan 
bo’lsa, omonat saqlovchining harajatlarni qoplash bo’yicha talablari 
qondirilmaydi
65

Masalan, yakka tartibdagi tadbirkor yozgi mavsumda o’zining tanishiga 
bostirmaga joylashtirgan holda mevalarni saqlash uchun topshirdi. Biroq tadbirkor 
belgilangan muddatda o’zining mevalarini olib keta olmadi. Yozning issiq 
kunlarining boshlanishi munosabati bilan yakka tartibdagi tadbirkorning tanishi 
uning kelishini kutmasdan mevalarni biroz salqinroq joyda saqlash uchun ularning 
joyini o’zgartirish uchun o’tkazishi yoki mevalarni yo’q bo’lish xavfi bilan ularni 
o’zining ushbu harakatlari haqida yakka tartibdagi tadbirkorni xabardor qilish va 
uning javobini kutish imkoniyatiga ega bo’lmagan holda sotib yuborishi mumkin. 
Yakka tartibdagi tadbirkor tanishining mazkur hatti-haraktlari O’zR FKning 882-
moddasi talablariga zid kelmaydi, chunki yuzaga kelgan holat uchun kechiktirib 
bo’lmaydigan qaror qabul qilish lozim. Shuningdek, ushbu holatlarning omonat 
saqlovchining javobgarligi doirasidan tashqarida yuz berishi natijasida u yuk 
topshiruvchidan ashyoni sotish narxidan o’zining qilgan xarajatlarini qoplashni 
talab qilishga haqli. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling