Toshkent davlat yuridik universiteti


Omonat saqlash uchun qilingan alohida xarajatlar bo’yicha yuk


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

4. Omonat saqlash uchun qilingan alohida xarajatlar bo’yicha yuk 
topshiruvchidan rozilik so’rash majburiyati.
Ashyoni saqlash uchun qilingan, odatdagi bunday xarajatlardan ortiq bo’lgan 
hamda omonat saqlash shartnomasini tuzish chog’ida taraflar oldindan ko’rishi 
mumkin bo’lmagan xarajatlar (alohida xarajatlar)ni omonat saqlovchiga to’lanishi 
uchun yuk topshiruvchi ushbu xarajatlarga rozilik bergan yoki ularni keyinchalik 
ma’qullagan bo’lishi lozim, ya’ni alohida xarajatlarni qilish zarur bo’lib qolganida, 
omonat saqlovchi yuk topshiruvchidan ushbu xarajatlarga rozilik so’rashi shart. 
Alohida xarajatlar qandaydir alohida hollardan kelib chiqqan va omonat saqlash 
shartnomasini tuzish chog’ida taraflar oldindan ko’rishi mumkin bo’lmagan 
xarajatlardir. Agar yuk topshiruvchi omonat saqlovchi ko’rsatgan muddatda yoki 
javob berish uchun yyetarli bo’lgan vaqtda o’zining rozi emasligini xabar qilmasa, 
u alohida xarajatlarga rozi bo’lgan, deb hisoblanadi. Demak, bu o’rinda sukut 
saqlash bitim tuzishni rad etish sifatida talqin qilinmaydi. Ishning holatlariga ko’ra 
yuk topshiruvchining roziligini oldindan olish mumkin bo’lsa-da, omonat 
saqlovchi bunday rozilikni olmasdan turib saqlash uchun alohida xarajatlar qilgan 
va yuk topshiruvchi keyinchalik ularni ma’qullamagan taqdirda, omonat saqlovchi 
alohida xarajatlarni faqat ushbu xarajatlar qilinmasa ashyoga yetkazilishi mumkin 
bo’lgan zarar doirasida qoplashni talab qilishi mumkin. Mazkur holatda alohida 
xarajatlarning zaruratini ham, uning miqdorini ham isbotlash vazifasi omonat 


355 
saqlovchi zimmasida bo’ladi. Agar omonat saqlash shartnomasida boshqa hol 
nazarda tutilgan bo’lmasa, alohida xarajatlar saqlash haqiga qo’shimcha ravishda 
to’lanadi.
Masalan, fuqaro L. uzoq muddatga yaqin qarindoshlarinikiga ketishga qaror 
qildi. Biroq unda doimiy qarov talab etiladigan kamyob va qimmatbaho o’simlik 
mavjud. Shu sababli u ketishidan oldin qo’shnisidan yordam so’rab o’zining 
o’simligini unda qoldirdi. Bir qancha vaqt o’tganidan keyin gultuvakning ahvoli 
birdan yomonlashdi, ozgina vaqt o’tgach esa yorilib, gultuvakdagi tuproq to’kila 
boshladi. Gulni sug’orish va parvarish qilishda noqulaylik yuza keldi. Mazkur 
holatlar o’simlikning qurishiga olib kelishi mumkin edi. Shu sababli qo’shni 
fuqaro L.ning qaytib kelishini kutmasdan yangi tuvak buyurtma qilib, mutaxassisni 
jalb qilgan holda gulni qayta o’tqazib, favqulodda xarajat qildi. Fuqaro L.qaytib 
kelishi bilan qo’shnisining xatti-harkatini ma’qullab, agar bu harakatlar 
qilinmaganida o’simlik qurib qolishi mumkinligini tan olib, qo’shnisi tomonidan 
qilingan xarajatlarni qopladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling