Toshkent davlat yuridik universiteti
Ashyoning yuk topshiruvchi tomonidan qaytarib olinishi majburiyati
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4. Ashyoning yuk topshiruvchi tomonidan qaytarib olinishi majburiyati.
Omonat saqlovchi ashyoni shartnomada kelishilgan muddat davomida saqlashi shart. Agar shartnomada saqlash muddati nazarda tutilgan bo’lmasa va uni shartnomaning shartlariga qarab aniqlash mumkin bo’lmasa, ashyo yuk topshirgan shaxs tomonidan talab qilib olinguncha saqlanadi. Agar saqlash muddati ashyoni yuk topshirgan shaxs tomonidan talab qilib olish paytigacha qilib belgilangan bo’lsa, omonat saqlovchi bunday vaziyatlarda odat bo’lgan ashyoni saqlash muddati tugagach, ashyoning yuk topshirgan shaxs tomonidan qaytarib olinishini talab qilishga haqli bo’lib, ashyoni topshirgan shaxsga uni qabul qilib olish uchun oqilona muddat beradi. Yuk topshiruvchining bu majburiyatni bajarmasligi ushbu Kodeks 888-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi. Omonat saqlash majburiyati oxirgi natija — saqlash muddati tugaganida yuk topshiruvchiga ashyoni lozim darajada qaytarib berishga qaratilgan. Agar omonat saqlovchi shartnoma bo’yicha ashyoni saqlanishini ta’minlamagan bo’lsa, u qancha muddat davomida o’z majburiyatlarini lozim darajada ijro etib qachondan boshlab majburiyatini buzganidan qat’iy nazar, buning uchun javob beradi. Yuk topshiruvchini oxirgi, tugal natija qiziqtiradi. Omonat saqlash muddatidan oldin omonat saqlovchi javob beradigan holatlarda tugatilgan taqdirda, u omonat saqlash uchun mukofot talab qilishga haqli emas va 363 buning uchun olingan mukofot pullarini yuk topshiruvchiga qaytarib berishi lozim. Demak, omonat saqlovchining asosiy burchi omonat tarzida qo’yilgan narsani saqlashdir. Uning boshqa burchlari o’sha asosiy burchga bog’liq bo’ladi. Omonat saqlashni tadbirkorlik yoki boshqa professional faoliyat sifatida amalga oshiradigan omonat saqlovchi omonat saqlash shartnomasi bo’yicha o’z zimmasiga yuk topshiruvchining ashyolarini saqlashga qabul qilish va yuk topshiruvchi bergan narsalarni ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq saqlash majburiyatini olishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling