Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. Omonat saqlashning alohida turlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2-§. Omonat saqlashning alohida turlari
Fuqarolik kodeksiga ko’ra omonat saqlashning umumiy qoidalari bilan birgalikda omonat saqlashning alohida turlariga oid normalar belgilangan. Shunga ko’ra omonat saqlash shartnomasini oddiy omonat va alohida omonat turlariga 365 bo’lish mumkin. Oddiy omonat saqlashda omonat saqlashning umumiy qoidalari (FKning 875-893-moddalari)ni qo’llashning o’zi kifoya qiladi. Omonatni saqlashning alohida turlariga lombardda omonat saqlash, boyliklarni bankda saqlash, ashyolarni tarnsport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash, ashyoni tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash, ashyoni mehmonxonada saqlash va nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr) kiradi. Bundan tashqari, omonat saqlashning maxsus turi sifatida madaniy boyliklarni, muzeyga tegishli bo’lgan boyliklar va boshqalarni omonat saqlash o’z xususiyatlariga ega. Bularni saqlashning har birida qo’llaniladigan omonat saqlash xizmati faoliyati bir-biridan ajralib turadi. Amaliyotda oddiy (tinch) va favqulodda (holatlarda) omonat saqlash shartnomalari tuzilishi mumkin. Oddiy holatda omonat saqlash shartnomasi – tinchlik paytida, Fuqarolik kodeksida o’rnatilgan qoidalarga rioya qilangan holda tuziladi. Favqulodda holatlarda ya’ni turli tabiiy ofatlar, harbiy holatlar, kutilmagan kasalliklarning tarqalishi natijasida tuziladigan omonat saqlash shartnomasini Fuqarolik kodeksi bilan o’rnatilgan qoidalarning ayrimlariga rioya qilmasdan ham tuzishlari mumkin. Masalan, fuqaro mol-mulkini favqulodda holatlarda omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga rioya etmasdan ham omonat saqlovchiga topshirishi mumkin. Omonat saqlashning yana bir turi ashyoni egasizlantirib saqlashdir. Amaliyotda ashyolarni egasizlantirib saqlanganida saqlash uchun qabul qilingan ashyolar boshqa yuk topshiruvchilarning shunga o’xshash va shunday sifatli ashyolari bilan aralashtirib yuborilishi mumkin. Saqlash uchun topshirilgan bunday ashyolar, narsalar bir-birlariga aralashtirilishi, ya’ni egasizlantirilishi sababli omonat qo’ygan shaxs o’zi topshirgan buyumlarni qaytib olganida o’z buyumlarini emas, balki jism va xil jixatidan o’sha buyumlarga to’g’ri keladigan boshqa narsalarni oladi. Bunday saqlashga egasizlantirib saqlash deb aytiladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling