Toshkent davlat yuridik universiteti
Omonat saqlovchining ashyoni saqlash vaqtida qilgan barcha
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3. Omonat saqlovchining ashyoni saqlash vaqtida qilgan barcha
xarajatlarini qoplash majburiyati. Qonunchilik omonat saqlovchi tomonidan qilingan xarajatlarni odatdagi va favqulodda turlarga ajratadi. Omonat saqlovchining ashyoni normal sharoitda saqlash jarayonida qilgan xarajatlari odatiy xarajatlarga kiradi. Shu sababli yuk topshiruvchi barcha hollarda omonat saqlovchiga qilgan barcha xarajatlarni faqatgina qonunchilik va taraflar o’rtasida tuzilgan shartnomada boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo’lsa qoplashi shart. Masalan, yakka tartibdagi tadbirkor elektr energiyasida ishlaydigan maxsus muzlatkichlar bilan jihozlangan haroratni nazorat qiladigan omborxonaga ega. Barcha mijozlar bilan tuzilgan omonat saqlash shartnomalarida omonat saqlash uchun to’lanadigan haq to’g’risidagi shartlari kiritilgan. Bundan tashqari shartnomada saqlash muddati davomida elektr energiya haqi 10 foizdan ko’proq miqdorda oshsa, yakka tartibdagi tadbirkor omborxonada ajratilgan har bir joy uchun saqlash xarajatlarini eletr energiyasiga bo’lgan xarajatlarning oshganligini inobatga olib ko’paytirish huquqiga ega ekanligi kiritilgan. Yakka tartibdagi tadbirkor shartnomada xarajatlarni qoplash to’g’risidagi tartibni o’rnatmaganida xarajatlarni qoplash maqsadida qo’shimcha summalarni hisoblashi mumkin emas edi va bu holatda u odatiy saqlash uchun to’lovni olishi lozim bo’lardi. Omonat saqlash shartnomasini tuzish vaqtida taraflar ko’zda tutmagan va qandaydir bir muhim holatlar natijasida qilingan xarajatlar omonat saqlovchining favqulodda xarajatlari deb ataladi. Shuning uchun yuk topshiruvchiga favqulodda xarajatlarni yuklash uchun uning roziligini olish lozim. Agar omonat saqlovchi yuk topshiruvchidan ushbu xarajatlar bo’yicha rozilik so’raganda, u jim turgan va 362 o’zining qarshi ekanligi to’g’risida omonat saqlovchi tomonidan ko’rsatilgan muddatda ogohlantirmagan yoki javob berish uchun maqbul bo’lgan muddatda javob bermaganda u favqulodda xarajatlarga rozi deb hisoblanadi. Bundan tashqari omonat saqlovchi favqulodda xarajatlarni amalga oshirish to’g’risida so’rashga imkoni bo’la turib uni so’ramagan bo’lsa, yuk topshiruvchi favqulodda xarajatlarni qoplashni rad etishi mumkin. Biroq omonat saqlovchi favqulodda xarajatlarni amalga oshirish zaruriyatini isbotlab bersa, yuk topshiruvchi unga favqulodda xarajatlarni, agar bu xarajatlar omonat saqlovchi tomonidan amalga oshirilmaganda ashyolarga yetkazilishi mumkin bo’lgan zarar miqdorida qoplashi shart. Misol uchun fuqaro L.ning uzoq muddatga qarindoshlarinikiga ketishidan oldin, kamyob va qimmatbaho o’simligini qo’shnisiga tashlab ketganligini esga olamiz. Biroq endi gultuvakning ahvoli birdan yomonlashganda qo’shnisi uni yuzaga kelgan vaziyat to’g’risida xabardor qilganligi biroq u qo’shni tomonidan ko’rsatilgan muddatda unga rozi ekanligini bildirmaganligini faraz qilamiz. Bundan kelib chiqib qo’shni fuqaro L. qo’shimcha yangi tuvak olish va o’simlikni ko’chirib o’tqazish xarajatlariga rozi deb xulosaga keldi. Keyinchalik fuqaro L. qo’shnisiga qo’shimcha xarajatlar qilishga rozi emasligi to’g’risida yozganligi, biroq u ushbu o’simlikni saqlab qolish belgilangan uchun muddatda javob olmaganligi aniqlandi. Uyga qaytib kelgach u qo’shnining qo’shimacha xarajatlarni qoplash to’g’risidagi talabiga ushbu xarajatlar saqlash uchun to’langan mukofot puli ichida ekanligini ta’kidlab rad javobini bergan. Buning natijasida qo’shni tegishli sudga murojaat qilgan. Bu da’vo FK 887-moddasiga asosan qo’shni fuqaro L.dan agar bu xarajatlar qilinmaganida o’simlikka etkazilishi mumkin bo’lgan zarar miqdoridagi favqulodda xarajatlarni talab qilish huquqiga egaligidan kelib chiqib qisman qanoatlantiriladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling