Toshkent davlat yuridik universiteti


Ashyoni saqlaganlik uchun mukofot puli majburiyati


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2. Ashyoni saqlaganlik uchun mukofot puli majburiyati. Ashyoni 
saqlaganlik uchun mukofot puli omonat saqlovchiga, agar qonunchilikda 
boshqacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, taraflar o’rtasida tuzilgan shartnomada 
yoki ish holatlaridan kelib chiqmasa to’lanadi. Fuqarolik qonunchiligiga ko’ra 
omonat saqlovchiga mukofot puli yuk topshiruvchi tomonidan saqlash muddati 
tugaganidan keyin to’lanishi, agar to’lovni davrlarga bo’lingan holda amalga 
oshirish nazarda tutilgan bo’lsa, har bir davrning tugashi bilan tegishli to’lov 
amalga oshirilishi lozim. Ba’zi bir hollarda omonat saqlash saqlash shartnomasida 
belgilangan muddatdan oldin tugaydi, bu hollarda omonat saqlovchi javob 
bermaydi. Ushbu holatlar uchun misol tariqasida yuk topshiruvchi o’zining 
ashyosini saqlashni tugatish to’g’risidagi xohishi bo’lishi mumkin. Bunday holatlar 
yuz berganda omonat saqlovchi mukofot pulining mutanosib qismini talab qilish 
huquqiga ega.
Masalan, yakka tartibdagi tadbirkor bazada sabzavot mahsulotlarini saqlash 
talablariga javob beradigan inoshoot mavjudligini bilgan holda ashyoni omonat 
saqlashga topshirdi. Biroq keyingi kun omborxona isitish tizimidagi avariya 


361 
natijasida sabzavot mahsulotlarini suv ostida qoldi va sifatini yo’qotdi, buning 
natijasida yakka tartibdagi tadbirkor bazadan yetkazilgan zararni qoplashni so’radi. 
Sabzavot bazasi yetkazilgan zararni qoplashga rozi bo’lib, o’z navbatida yakka 
tartibdagi tadbirkordan shartnomada ko’rsatilgan mukofot pulining mutanosib 
qismini to’lashni so’radi. FKning 885-moddasiga asosan vaziyatdan kelib chiqib 
omonat saqlash baza javob berishi mumkin bo’lmagan holda shartnomada 
ko’rsatilgan muddatdan oldin tugatilsa, omonat saqlovchi mukofot pulining 
mutanosib qismini talab qilish huquqiga ega.
Omonat saqlashga muhim xususiyatga ega bo’lgan ashyo topshirilmagan, bu 
xususda yuk topshiruvchi omonat saqlovchini xabardor qilmagan bo’lsa, omonat 
saqlovchi nafaqat shartnomada ko’rsatilgan mukofot pulini talab qilish huquqiga 
ega balki uni saqlashi ham kerak. Biroq omonat saqlovchining aybi bilan 
shartnoma muddatidan oldin tugatilsa, u yuk topshiruvchidan omonat saqlashning 
qolgan muddati uchun mukofot puli talab qilish huquqiga ega bo’lmasligi bilan 
birgalikda to’langan mukofot pulining mutanosib qismini qaytarish majburiyatiga 
ham ega. Bundan tashqari qonunchilik omonat saqlovchi tomonidan ashyoni 
saqlaganlik uchun to’lov davrlarga bo’lib to’lash nazarda tutilgan, biroq yuk 
topshiruvchi tomonidan belgilangan davr uchun to’lanishi shart bo’lgan to’lovning 
yarmi amalga oshirilmagan bo’lsa, shartnomani muddatidan oldin to’xtatishga yo’l 
qo’yiladi. Bunday mukofot puli to’lovini kechiktirganlik uchun omonat saqlovchi 
omonat saqlash shartnomasi ijrosidan voz kechishi mumkin va yuk topshiruvchi 
o’zining ashyolarini olib ketishi shart. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling