Toshkent davlat yuridik universiteti
Omonat saqlovchining olgan majburiyatini yuk topshiruvchining
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
6. Omonat saqlovchining olgan majburiyatini yuk topshiruvchining
roziligisiz faqat o’zi bajarishi to’g’risidagi majburiyat. Umumiy qoidaga ko’ra omonat saqlovchi ashyoni saqlash bo’yicha o’zining vazifalarini shaxsan bajaradi va ashyoni o’zgaga saqlash uchun topshirishga haqli emas. Biroq yuk topshiruvchidan rozilik olishning imkoni bo’lmagan hollarda vaziyatdan kelib chiqqan holda omonat saqlovchi ashyoni boshqa shaxsga saqlashga topshirishga majbur bo’lishi mumkin. Masalan, omonat saqlovchi o’zining to’satdan betob bo’lishi yoki boshqa sabab tufayli majburiyatini bajara olmagan hollarida ashyoni boshqa shaxsga saqlash uchun topshirishi mumkin. Bunday hollarda ham omonat saqlovchi yuk topshiruvchining manfaatlari yo’lida harakat qilishi va o’zining vazifalari boshqaga o’tkazilganligi to’g’risida tezda xabardor qilishi, omonat saqlash shartnomasining shartlari o’z kuchini saqlab qoladi va dastlabki omonat saqlovchi uchinchi shaxsning harakatlari bo’yicha javobgar bo’ladi, yuk topshiruvchidan qabul qilib olingan ashyoni o’zining mulki sifatida omonat saqlovchiga topshiradi. Misol tariqasida quyidagi holatni keltiramiz. Do’kon ma’muriyati oziq-ovqat bazasi bilan sotish uchun olingan oziq-ovqatni saqlash to’g’risida shartnoma tuzdi. Yer osti sizot suvlarining ko’tarilishi natijasida ushbu oziq-ovqatlar saqlanayotgan inshootning suv bilan to’lish xavfi tug’ildi. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash maqsadida omonat saqlovchi uni uchinchi shaxsga berdi va bu haqda do’konni xabardor qildi. O’zR FKning 884-moddasiga asosan baza to’g’ri harakat qilib, yuz bergan holatdan chiqish va do’kon manfaatida omonat saqlash shartnomasi shartlarini bajarish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini uchinchi shaxsga saqlash uchun topshirdi. Agar uchinchi shaxs omonat saqlash shartlarini buzsa, do’kon va o’zi o’rtasidagi omonat saqlash shartnomasi shartlari 65 Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодексига шарҳ: Илмий шарҳлар. Т 3. // Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. - Тошкент: Baktria press, 2013. – Б 46. 357 o’zining dastlabki holatini saqlab qolganligi uchun dastlabki omonat saqlovchi (oziq-ovqat bazasi) o’zining mulki sifatida ashyoni saqlash uchun topshirgan uchinchi shaxsning xatti-harakatlari uchun javob beradi . Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling