Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2.2. Boyliklarni bankda saqlash. Omonat saqlashning yana bir alohida turi boyliklarni bankda omonat saqlashdir. Bank bank operatsiyalaridan tashqari, mijozlar bilan turli bitimlarni tuzishi mumkin. Jumladan, bank qimmatli qog’ozlarni, qimmatbaho metallar va toshlarni, boshqa boyliklarni, shuningdek, hujjatlarni saqlash uchun qabul qilishi mumkin. Bunda tuzilayotgan omonat saqlash shartnomasining shartlari omonat saqlash to’g’risidagi umumiy qoidalarni inobatga olingan holda, taraflar tomonidan aniqlanadi. Shartnoma bank tomonidan yuk topshiruvchiga nomi ko’rsatilgan saqlov hujjatini berish yo’li bilan rasmiylashtiriladi. Yuk topshiruvchi saqlanayotgan boyliklarni berish uchun bankka ushbu hujjatni taqdim qilish kerak. Mazkur shartnoma ommaviy shartnoma belgilariga ega va haq evaziga amalga oshiriladigan shartnoma hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlarni saqlash shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bank ularning to’liq saqlanishini ta’minlaydi. Shuningdek,ushbu qog’ozlarga nisbatan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni ham vakillik asosida amalga oshirishi mumkin. Qimmatli qog’ozlarni joylashtirish quyidagi turlarda amalga oshirilishi mumkin: qimmatli qog’ozlarni xususiy yo’sinda joylashtirish (oldindan ma’lum bo’lgan, soni cheklangan investorlar orasida yopiq obuna qilish, ommaviy e’lon bermagan va reklama kampaniyasi o’tkazmagan holda); qimmatli qog’ozlarni ommaviy joylashtirish (soni cheklanmagan investorlar orasida reklamadan foydalangan holda ochiq obuna qilish). Boyliklarni bankda alohida po’lat sandiqdan (po’lat sandiq bo’linmasidan, saqlash uchun mo’ljallangan alohida binodan) foydalangan holda saqlash uchun tuzilgan shartnoma konsensual shartnoma hisoblanadi: u kelishuvga erishilgan vaqtdan, ya’ni ashyo topshirilgan vaqtdan kuchga kiradi va haq to’lashga taalluqli qismi yuk topshiruvchi (bank mijozi) boyliklarni ushbu vaqtda topshirgan yoki 367 qaytib olganligidan qat’iy nazar amalda bo’ladi. Bundan tashqari, mijoz shartnoma muddati tugaguncha har qanday vaqtda bankdan uning boyliklarini qabul qilib, ularni po’lat sandiqqa joylab qo’yishni talab qilishi mumkin. Bunday shartnomaga omonat saqlash to’g’risidagi barcha normalar tegishli bo’ladi. Ularga bank tomonidan mijoz boyliklarni olishi va qaytarishining hisobini yuritish huquqi qo’shimcha bo’ladi. Mazkur moddada boyliklarni bankda saqlash tushunchasi qo’llanilgan bo’lsada, haqiqatda yuk topshiruvchi tomonidan qimmatbaho deb topilgan har qanday «boylik», ashyo (shu jumladan, xatlar, qo’lyozmalar va hokazolar) hisoblanishi mumkin. Shartnomaning ikkinchi «po’lat sandiq taqdim etish» turi aralash shartnoma shaklida bo’ladi. Uning negizida, birinchi navbatda, mulk ijarasi shartnomasi yotadi. Bu holatda omonat saqlovchiga tegishli normalar bo’yicha ashyolarni saqlanishiga bank javob bermaydi. Biroq bu uni taqdim etilayotgan xizmatdan (po’lat sandiq saqlanishidan) kelib chiqadigan majburiyatlarni ijro etishi bo’yicha javobgarlikdan ozod etmaydi. Aralash shartnoma bo’yicha taraflarning munosabatlariga aralash shartnomada elementlari mavjud bo’lgan shartnomalar to’g’risidagi qoidalar tatbiq etiladi. Mazkur holatlarda haq evaziga xizmat ko’rsatishni tartibga soluvchi moddalardan tashqari, majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik bo’yicha umumiy qoidalar ham tatbiq etiladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling