Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 §. Sug’urta tashkilotlarining fuqarolik huquqiy maqomi
Sug’urta syurveyeri - sug’urta syurveyeri quyidagilar bo’yicha xizmatlar
ko’rsatuvchi, o’z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo’lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir. Assistans - assistans sug’urta qildiruvchilarga (sug’urtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sug’urtalovchilarga sug’urta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko’rsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy ko’mak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir. 3 §. Sug’urta tashkilotlarining fuqarolik huquqiy maqomi Tovar-pul munosabatlarining taraqqiy etishi bilan insonlar ixtiyoriy tarzda mablag’ to’plab, turli tasodifiy voqealardan o’z–o’zlarini himoya qilishga faol kirisha boshladilar. Shu maqsadlarda, sug’urta sohasiga ixtisoslashgan va uni o’zining tadbirkorlik – tijorat faoliyati shakli qilib olgan subyektlarga (sug’urtalovchilarga, sug’urta tashkilotlariga) oldindan muayyan miqdordagi 377 badallar to’lash yo’li bilan himoyalash vazifasini sug’urta tashkilotlari zimmasiga yuklaganlar. Sug’urta bo’yicha shartnomaviy munosabatlar O’zR FK bilan, sug’urta bozori subyektlari maqomi 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonun bilan belgilandi. Shu bilan birga fuqarolik huquqiy javobgarlikning ayrim turlarini sug’urtalash maqsadida 2008 yil 21 aprelda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi, 2009 yil 16 aprelda “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi to’g’risida”gi, 2015 yil 26 mayda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi. Eksport o’sishini yanada rag’batlantirish, o’zbekistonlik eksport qiluvchilarni sug’urtaviy himoya qilishni ta’minlash, yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning texnologiya, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlariga kompleks marketing orqali kirib borishini ta’minlash maqsadida 1997 yil 18 fevralda “O’zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasini tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, korxonalar va qishloq joylarida yashovchi aholi mulkiy manfaatlarining himoya qilish maqsadida “O’zagrosug’urta” davlat-aksiyadorlik sug’urta kompaniyasini tuzish borasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1997 yil 6 martda qaror qabul qildi. Banklarning kreditlari qaytarilmaganligi uchun qishloq xo’jaligi korxonalarining javobgarligi, shuningdek qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun avans tariqasida beriladigan mablag’larning qaytarilishi sug’urtasi va boshqa holatlar sug’urta qilinadi. Bu qonun, sug’urta tizimi faoliyatini tartibga solishga qaratilganligi bilan, oldingi qonundan tubdan farq qilib, sug’urta idoralarini ixtisoslashgan tartibda, ya’ni, hayot sug’urtasi va umumiy sug’urta sohalarini sug’urtalash bilan shug’ullanishini belgilab berdi. Sug’urta agentlari orqali sug’urta shartnomalarini tuzish va amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan vositachilik faoliyatini sug’urtalovchi bilan tuzilgan topshiriq shartnomasi (agentlik kelishuvi) asosida amalga oshirishni qonun bilan tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2003 yil 28 yanvarda “Sug’urta agentlari to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi. Biroq mazkur Nizom sug’urta brokerlariga nisbatan qo’llanilmaydi. Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining faoliyatini tartibga solish maqsadida hamda ularga litsenziya berish tartibini muvofiqlashtirish borasida Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-son qaroriga ilova qilib “Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi. Sug’urtalovchi va sug’urta brokerining sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlanadi. Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling