Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Majburiy sug‘urta shartnomalar tizimi va mohiyati


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

5 §. Majburiy sug‘urta shartnomalar tizimi va mohiyati 
Ijtimoiy hayotning ba’zi sohalarida kishilar yoxud fuqarolik huquqining 
boshqa 
subyektlari 
qatnashayotgan 
muayyan 
huquqiy 
munosabatlarda 


396 
tavakkalchilik xavf-xatari nisbatan yuqori darajada bo‘ladi. Ana shunday hollarda 
barcha sub’ektlar ham bunday tavakkalchilik xavf-xatarlardan o‘zini ixtiyoriy 
sug‘urta orqali himoyalash imkoniyatidan foydalanishmaydi va beparvolik bilan 
munosabatda bo‘ladilar. Biroq, hayot tasodiflarga boy, ularning ba’zilari 
ishxonada, ko‘chada, transport vositasida baxtsiz hodisalarning qurboni bo‘ladilar. 
Bu esa ular uchun muayyan muammoli vaziyatlarni, moddiy qiyinchiliklarni 
vujudga keltiradi. Xuddi shunday holatlarni oldini olish maqsadida davlat 
tomonidan majburiy sug‘urta turlari belgilab qo‘yilgan.
Jumladan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urtasi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi, 
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi mavjud. Ushbu 
shartnomalar ommaviy shartnomalar hisoblanadi va qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda va shartlarda tuziladi. Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish 
shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 
tegishli turdagi majburiy sug‘urta qilish qoidalarida ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta 
shartnomasining namunaviy shartlariga mos bo‘lishi kerak.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi 
transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar 
hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash 
bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta obyektidir.
Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchining va (yoki) 
majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan transport vositasi boshqa egasining 
fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanishi mumkin. 
Transport vositalari egalari transport vositalaridan foydalanishda boshqa 
shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o‘z 
fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda va shartlarda 
sug‘urtalashlari shart.
Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati quyidagi transport 
vositalarining egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi: 

eng katta konstruktiv tezligi soatiga yigirma kilometrdan oshmaydigan 
transport vositalari;

tirkamalar va ikki, uch g‘ildirakli yoki ish hajmi ellik kub 
santimetrgacha bo‘lgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga 
keltiriladigan boshqa transport vositalari;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari
bundan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo‘jalik faoliyatini 
ta’minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, engil avtomobillar, boshqa transport 
vositalari mustasno;

chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, agar ular 
egalarining fuqarolik javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal 
qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlari doirasida sug‘urtalangan bo‘lsa. 
Transport vositasiga egalik qilish huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib, 
xo‘jalik yurituviga, operativ boshqarishga yoki boshqa qonuniy asosda olinganda) 


397 
transport vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan e’tiboran 
o‘n kundan kechiktirmay o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi shart.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish 
shartnomasi ommaviy shartnomadir. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz 
berganda ish beruvchiga va (yoki) jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga xodim o‘z 
mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb 
kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi 
munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini ish 
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi 
bo‘yicha shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida 
qoplash majburiyatini oladi. 
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi 
ommaviy shartnomadir. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta 
qilish shartnomasiga ko‘ra, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda 
jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud tashuvchiga yo‘lovchilarning hayoti, 
sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini mazkur shartnoma 
bo‘yicha shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida 
qoplash majburiyatini oladi. 
Tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga 
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi yuzaga 
kelgan chog‘dagi mulkiy manfaatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urta qilish obyektidir. 
Tashuvchi, sug‘urtalovchi, yo‘lovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi 
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish subyektlaridir. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling