Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Nazorat uchun savollar: 
1. Sug’urta huquqining asosiy tushunchalari, sug’urta tavakkalchiligi
sug’urta mukofoti va sug’urta to’lovi, sug’urta haqi, sug’urta mablag’i va 
boshqalar. 
2. Sug’urta huquqiy munosabatlari va ularning fuqarolik-huquqiy 
munosabatlar tizimida tutgan o’rni. 
3. Sug’urta shartnomasida sug’urtalanuvchining sug’urta hodisasi sodir 
bo’lganligi: avtomashinani o’g’irlanganligi to’g’risida darhol lekin 5 kundan 
kechikmasdan xabar berish majburiyati ko’zda tutilgandi va muddat o’tkazib 
yuborilishi, sug’urta to’lovi to’lashni rad qilishga olib keladi. Sug’urtalanuvchi 
avtomashina o’g’irlangan kunning 10 kunida sug’urtalanuvchiga murojaat qildi va 
bunda 5 kunlik muddat uzrsiz sabablarga ko’ra o’tkazib yuborildi. Sug’urta 
to’lovini to’lashni sug’urtalovchi «sug’urta hodisasi sodir bo’lganligini 
to’g’risidagi ariza bilan murojaat qilish muddati o’tkazib yuborilgan», - degan vaj 
bilan rad qildi. Sug’urtalanuvchi sudda da’vo qo’zgatdi va o’z da’vosini 
avtomashina o’g’irlanganlik fakti bo’yicha jinoyat ishi qo’zg’atish to’g’risida qaror 
bilan tasdiqlanishini asosladi.
Ishni hal qiling: Sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi to’g’risidagi ariza berish 


398 
muddatining tabiati qanday? 
4. Sug’urta tashkiloti, avtomashina, haydovchi hamda yo’lovchining hayoti, 
sog’lig’i va haydovchi-fuqaro Obidovning fuqarolik javobgarligi to’g’risida 
aralash sug’urta shartnomasi tuzdi. Shartnoma amalda bo’lgan davrda Obidovning 
do’sti Sobirov mashinani boshqara turib, piyoda yo’lovchi Ismatovni urib yuborib, 
unga tan jarohati etkazdi, oqibatda Ismatov doimiy pensiya oladigan 2-guruh 
nogironi bo’lib qoladi. Sug’urta tashqiloti Obidovga avtomashinaning qiymatini 
to’ladi va Ismatovga etkazilgan zararni to’lashni boshladi. Oradan ma’lum vaqt 
o’tgach, sug’urta tashkiloti sudga Obidovga nisbatan avtomashina qiymatini va 
zararni qoplash uchun qilingan xarajatlarni qaytarish to’g’risida regress da’vo 
qo’zgatdi. Obidov da’voni tan olmadi.
Ushbu nizoni hal qiling. 


399 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling