Toshkent davlat yuridik universiteti


Oddiy shirkat shartnomasining shakli


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Oddiy shirkat shartnomasining shakli. Oddiy shirkat shartnomasi oddiy 
yozma shaklda tuzilishi lozim (O’zR FK 962-modda). 
Hissalarni qo’shish. Oddiy shirkat shartnomasi uchun sheriklarning 
umumiy ishga hissa qo’shishlarining mavjudligi xosdir. O’z hissasi sifatida sherik 
quyidagilarni kiritishi mumkin: 
- pul; 
- fuqarolik yurituvidan chiqarib tashlanmagan har qanday mol-mulk; 
- kasbiy va boshqa bilimlar, malaka va mahoratlar; 
- ishbilarmonlik obro’-e’tibori. 
Pul vositalaridan tashqari sherikning qo’shgan hissasini baholash sheriklar 
o’rtasidagi kelishuv bo’yicha amalga oshiriladi. Hissalarning miqdorining o’zaro 
nisbati to’g’risidagi umumiy qoidalar ularning teng qiymati to’g’risidagi qoidaga 
asoslanadi. Lekin oddiy shirkat shartnomasida boshqa qoida ko’zda tutilgan bo’lsa, 
mazkur holatda o’sha qoida qo’llaniladi. Masalan, yakka tartiblagi tadbirkorlar K., 
L. va O. sut mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun oddiy shirkat shartnomasini 
imzolash haqida qaror qilishdi. YaTT K. hissa sifatida 3 mln. so’m qiymatidagi 
asbob-uskuna kiritdi, L. va O. esa – har biri 3,5 mln. so’m miqdorida pul 
vositalarini kiritishdi. Oddiy shirkat shartnomasining mazmunida K., L. va O. lar 
hissalarining qiymati o’z ifodasini topmasa, ularning hissalari teng hisoblanadi
ya’ni har birida – 33 %. 
Umumiy mulkning huquqiy tartibi. Sheriklarning umumiy mulk tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
- umumiy ulushli mulkida turgan mol-mulk; 
- umumiy talablar; 
- umumiy alohida huquqlar. 
Birinchisining tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- avval mulk huquqida egalik qilgan va hissa sifatida kiritilgan mol-mulki; 
- qo’shma faoliyat natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot
- qo’shma faoliyat natijalaridan olingan hosil va foyda. 
Sheriklar umumiy mol-mulkining buxgalteriya hisobini yuritish sheriklar – 
yuridik shaxslardan biriga topshirilishi mumkin. Sheriklar orasida yuridik shaxslar 


401 
bo’lmasa, buxgalteriya hisobini yuritish yakka tartibdagi tadbirkorlardan biriga 
topshiriladi.
Sheriklarning umumiy mol-mulkidan foydalanish ularning kelishuviga ko’ra, 
kelishuvga erishilmagan taqdirda, sud belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling