Toshkent davlat yuridik universiteti
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan javobgarlik asosi va shartlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarar delikt javobgarligining asosi sifatida.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan javobgarlik asosi va shartlari.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar uchun javobgarlik asosi sifatida jabrlanuvchining subyektiv fuqarolik huquqlarini buzilishi bilan bog’liq bo’lgan yuridik fakt – zararning mavjudligi hisoblanadi. Javobgarlik shartlari esa, javobgarlik asoslarini tavsiflovchi va tegishli sanksiyalar qo’llanilishi uchun zarur bo’lgan qonunda belgilangan talablardir. Shunday qilib, fuqarolik huquqiy javobgarlik asoslari va shartlari bir-biri bilan uzviy bog’liq unsurlar hisoblanadi. Garchi fuqarolik huquqbuzarlik tarkibini bahsli ekanligi aytib o’tilsada, hozirgi kunda bu «tarkib» ilmiy jihatdan rad etilgan emas. Zero, delikt majburiyatlarida zararning mavjudligi bilan birga, fuqarolik huquqiy javobgarlikning shartlari hisoblangan: g’ayriqonuniy xatti-harakat, zarar yetkazuvchi harakati (harakatsizligi) va zarar o’rtasidagi sababiy bog’lanish va aybning mavjud bo’lishi fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo’llash imkonini beradi. Delikt majburiyatlari bo’yicha subyektiv fuqarolik huquqining buzilishi zarar yyetkazilishi fakti sifatida baholanadi. Delikt javobgarligining asosi deganda, fuqaro yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yoxud nomoddiy ne’matlar – fuqaroning hayoti, sog’lig’iga zarar yetkazilish fakti tushuniladi. Zarar delikt javobgarligining asosi sifatida. Zarar (zararning mavjudligi) delikt javobgarlikning bevosita zaruriy asosi hisoblanadi. Zarar mavjud bo’lmaganda delikt javobgarlik haqida so’z bo’lishi ham mumkin emas. Agar, bazi hollarda shartnoma bilan belgilanadigan javobgarlik majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun kreditorga zarar yetkazilish yoki yetkazilmasligidan qat’i nazar, begilansa, shartnomadan tashqari belgilanadigan javobgarlik zarar bo’lmagan taqdirga vujudga kelishi mumkin emas 81 . Delikt javobgarligining asosi sifatida zarar deganda fuqarolik huquqi subyektiga tegishli mol-mulk shikastlanishi yoki nobud bo’lishi natijasida, shuningdek fuqaroning sog’lig’iga shikast yetishi va vafoti natijasida vujudga keladigan salbiy mulkiy va nomulkiy oqibatlar tushuniladi. FKning 14-moddasida esa, zarar tushunchasi buzilgan huquqni tiklash vositasi sifatida ta’riflanadi. Shu bilan birga bozor munosabatlari sharoitida zararning ikki ko’rinishi mavjud bo’lishi ham mazkur moddada ifodalangan. Ushbu moddaga muvofiq, zarar deganda huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo’lgan har ajatlari, uning mol- mulki yo’qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o’z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo’lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi. FKning 985-moddasiga muvofiq, zarar «shaxsga» yoki «mol-mulkka» yetkaziladi. Mol-mulkka yetkazilgan zarar deganda, odatda shaxsning mulkiy mol- mulki kamayishi yoki ularning qiymati pasayishi tushuniladi. Ba’zan, mulkiy zarar jabrlanuvchining zarar yetkazishdan oldingi holati va keyingi holati o’rtasidagi 81 O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi (II-qism).-T.:Adolat.1999.-340 b. 419 mulkiy farq sifatida ham belgilanadi. Shaxsga zarar yetkazishda huquqbuzarlik obyekti bo’lib, nomoddiy ne’mat hisoblangan – fuqaroning hayoti va sog’lig’i tushuniladi. Biroq, mazkur zarar bo’yicha majburiyat vujudga kelishida asosiy e’tibor mulkiy holatga qaratiladi, ya’ni mulkiy zarar qoplanadi. Qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan hollardagina ma’naviy zarar undiriladi. Biroq hamma vaziyatlarda ham zarar mulkiy ko’rinishda qoplanadi. Zero, fuqarolik-huquqiy javobgarlik har doim mulkiy ko’rinishda namoyon bo’ladi 82 . Ta’kidlash lozimki, fuqarolik huquqida zarar tushunchasi bilan birga, ziyon tushunchasi ham qo’llaniladi. FKning 1009-moddasi boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon ko’rgan shaxslarga zararni qoplash qoidalarini belgilaydi. Biroq, fuqarolik qonunuchiligida bu ikki tushuncha o’rtasida farq borligi e’tirof etilmaydi. Ko’pchilik vaziyatlar «zarar» va «ziyon» atamalari sinonim so’zlari sifatida qo’llaniladi. Shu bilan birga pul ko’rinishidagi zarar (ruscha - убыток) atamasi ham mavjud bo’lib, odatda bu atama mutaxasisslar tomonidan mulkiy zararning pul ko’rinishidagi ifodalanishi sifatida talqin etiladi 83 . Zararning mazkur ko’rinishlari o’ziga xos mustaqil ahamiyat kasb etmasligini ta’kidlagan holda ma’naviy zarar delikt majburiyatlarida alohida o’rin tutishini e’tirof etish lozim. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling