Toshkent davlat yuridik universiteti


Voyaga yetmagan va muomalaga layoqatsiz fuqarolar tomonidan


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Voyaga yetmagan va muomalaga layoqatsiz fuqarolar tomonidan 
yetkazilgan zarar uchun javobgarlik. Mazkur delikt majburiyatining umumiy 
qoidasi bo’lib, yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini to’liq muomalaga 
layoqatlilar (delikt majburiyatlari bo’yicha esa to’liq delikt layoqatlilik) zimmasiga 
yuklash hisoblanadi. Biroq hayotda qisman muomalaga layoqatlilar, shuningdek 
to’liq delikt layoqatiga ega bo’lmaganlar va o’z harakatining oqibatlarini tushuna 
olmaydiganlar tomonidan yetkazilgan zararlar ko’p uchraydi. Mazkur vaziyatlarda 
yetkazilgan zarar ham bosh delikt tamoyiliga muvofiq qoplanishi lozim. Biroq, 
bunda delikt majburiyatlari nafaqat umumiy qoidalar (bosh delikt tamoyili) asosida 
balki, ko’rsatib o’tilgan deliktlarning har biri uchun xos bo’lgan qoidalar asosida 
vujudga keladi.
Voyaga etmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik. 14 
yoshga to’lmagan voyaga yetmaganlar o’zlari etkazgan zarar uchun javobgar 
bo’lmaydilar.
Ta’kidlash lozimki, delikt javobgarlikka nisbatan qonun voyaga 
yetmaganlarni ikki guruh – 6 yoshgacha va 6 yoshdan 14 yoshgacha – ajaratib 
ko’rsatmaydi va ularning ikkalasini ham deliktga layoqatsiz deb topadi. Biroq, 6 
yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan fuqarolar to’liq deliktga layoqatsizligi bu yoshda 
bolalarning o’z harakatlari oqibatini to’liq tushunib yetmasligi hisobalanadi.
Fuqarolik huquqida fuqarolarning muomala layoqati odatda ikkiga bo’linadi. 


430 
Birinchisi bitimga layoqatlilik deb nomlansa, ikkinchi delikt layoqatlilik deyiladi. 
Delikt layoqatlilik shaxsning o’z harakatlari bilan boshqa shaxsga yetkazgan zarari 
uchun javobgar bo’lishida namoyon bo’ladi. O’n to’rt yoshgacha bo’lgan voyaga 
yetmaganlar esa delikt layoqatiga ega bo’lmaydilar. Ular tomonidan yetkazilgan 
zarar ham o’zlari tomonidan emas balki, boshqa shaxslar tomonidan to’lanadi. 
FKning 993-moddasiga muvofiq, o’n to’rt yoshgacha bo’lgan voyaga 
yetmagan (kichik yoshdagi bola) tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning ota-
onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiylari, agar zarar ularning aybi bilan 
yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, javobgar bo’ladilar. Ota-ona yoki 
vasiyning bu vaziyatdagi aybi ularning o’n to’rt yoshgacha bo’lgan voyaga 
yetmagan bolaga yetarli darajada e’tiborli va mas’uliyatli bo’lmaganliklarida 
ko’rinadi. Vasiyning o’z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni insofsizlik yoki 
e’tiborsizlik bilan bajarishi uning yetkazilgan zarardagi aybi sifatida baholanadi va 
u vasiyligi ostidagi shaxs yetkazgan zararni qoplashi lozim bo’ladi. 
Agar vasiylikka muhtoj kichik yoshdagi bola tegishli tarbiyalash, davolash 
muassasasida, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasasida yoki qonunga ko’ra 
vasiysi hisoblanadigan boshqa shunga o’xshash muassasada turgan bo’lsa, bu 
muassasa, agar zarar muassasaning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, 
kichik yoshdagi bola tomonidan yetkazilgan zararni to’lashi shart. 
Agar kichik yoshdagi bola o’quv yurti, tarbiyalash, davolash muassasasi yoki 
uning ustidan nazoratni amalga oshirishi shart bo’lgan boshqa muassasaning, 
shuningdek shartnoma asosida nazoratni amalga oshiruvchi shaxsning nazorati 
ostida turgan vaqtda zarar yetkazgan bo’lsa, bu muassasalar va shaxslar, agar zarar 
ularning nazoratni amalga oshirishdagi aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay 
olmasalar, zarar uchun javobgar bo’ladilar. 
Ota-ona (farzandlikka oluvchilar), vasiylar, o’quv yurtlari, tarbiyalash, 
davolash muassasalari va boshqa muassasalarning kichik yoshdagi bola tomonidan 
yetkazilgan zararni to’lash majburiyati kichik yoshdagi bola voyaga yetishi yoki u 
zararni to’lash uchun yetarlicha mol-mulk olishi munosabati bilan bekor 
bo’lmaydi. 
Agar ota-ona (farzandlikka oluvchilar), vasiylar, shuningdek FKning 993 
moddasi uchinchi qismida ko’rsatilgan boshqa shaxslar vafot etgan bo’lsalar yoki 
ular zararni to’lash uchun yetarli mablag’ga ega bo’lmasalar, to’liq muomalaga 
layoqatli bo’lib qolgan zarar yetkazuvchining o’zi bunday mablag’ga ega bo’lsa, 
sud taraflarning mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, 
zararni to’liq yoki qisman zarar yetkazuvchining o’z mol-mulki hisobidan qoplash 
to’g’risida qaror qabul qilishga haqli. 
O’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan voyaga etmaganlar 
yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda mustaqil javobgar bo’ladilar. 
O’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganning 
zararni qoplash uchun yetarli mol-mulki yoki boshqa daromad manbalari 
bo’lmagan taqdirda, zarar to’lig’icha yoki uning yetishmagan qismi voyaga 
yetmaganning ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiysi tomonidan, agar 
ular zarar o’zlarining aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, to’lanishi 
lozim. 


431 
Agar homiylikka muhtoj o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan 
voyaga yetmagan tegishli tarbiyalash, davolash muassasasida, aholini ijtimoiy 
himoya qilish muassasasida yoki qonunga ko’ra uning homiysi hisoblanuvchi 
boshqa shunga o’xshash muassasada turgan bo’lsa, bu muassasalar, agar zarar 
ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, zararni to’lig’icha yoki 
uning yetishmaydigan qismini to’lashlari shart. 
Zarar yetkazgan voyaga yetganida yoxud u voyaga yetmasidan unda mol-
mulk yoki zararni to’lash uchun yetarli daromad manbalari paydo bo’lganida 
yoxud u voyaga yetmasidan muomala layoqatiga ega bo’lganida ota-ona 
(farzandlikka oluvchilar), homiy va tegishli muassasaning zararni to’lash bo’yicha 
majburiyati tugaydi. 
Sud ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onaga ularning voyaga 
yetmagan bolalari tomonidan ota-onasi o’z huquqlaridan mahrum qilinganidan 
keyin uch yil ichida sodir etilgan zarar uchun, agar bolaning zarar yetkazilishiga 
sabab bo’lgan xulq-atvori ular bolani tarbiyalash bo’yicha o’z majburiyatlarini 
lozim darajada bajarmaganliklarining oqibati bo’lsa, javobgarlikni yuklashi 
mumkin. 
Ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan shaxslarni javobgarlikka tortishga 
sobiq tarbiyalanuvchilari oldidagi o’z majburiyatlarini bajarmaganliklari 
isbotlangan holda yetkazilgan zararlarni qoplash majburiyati sabab bo’ladi. 
Bunday javobgarlikni belgilanishi uchun zarar yetkazgan voyaga yetmaganning 
harakati bilan ota-onasi bergan tarbiyasi o’rtasida sababiy ketma-ketlikdagi aloqa 
mavjud bo’lishi kerak. Lozim darajada ota-onalik huquqlarini bajarmaslik 
deyilganda bolaning tarbiyasida axloqsiz xulq-atvori shakllanishi tushuniladi
93


Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling