Toshkent davlat yuridik universiteti
Zarar yetkazishni oldini olishdan kelib chiqadigan majburiyatlar
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Zarar yetkazishni oldini olishdan kelib chiqadigan majburiyatlar. Delikt
majburiyatlari mavjud va vujudga kelgan haqiqiy zararlarni qoplashni nazarda tutadi. Shu bilan birga hayotda shaxsga hali zarar yetkazilmagan bo’lsada, zarar yetish xavfi mavjud bo’lgan holatlar ko’p uchraydi. Bunday holatlar odatda energiyaning turli shakllari va zamonaviy texnologiyadan foydalanib amalga oshiriladigan ishlab chiqarish faoliyatida ko’p uchraydi. Masalan, tuman hokimiyatining qaroriga ko’ra, aholi yashaydigan punktdan uzoq bo’lmagan joyda axlat kuydirishga mo’ljallangan kuchli pechlar qurilishi rejalashtirildi. Ekolog mutaxassislar, vrachlarning xulosasiga ko’ra, mazkur inshootning qurilishi hududda istiqomat qilayotgan aholi salomatligi yomonlashuviga, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelar ekan. Ta’kidlash lozimki, amaldagi FK kuchga kirgunga qadar fuqarolik qonunchiligida fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kelajakda yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlar xavfidan himoya qilish vositasi mavjud emas edi. FKning 986-moddasida ana shunday himoya vositasi – zarar yetkazishning oldini olish belgilangan. Zero, bu himoya vositasini delikt majburiyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan alohida majburiyat, - deb baholash mumkin. Birinchidan, FKda kelgusida zarar yetish xavfi mavjudligi holati belgilangan bo’lib, bu holat delikt majburiyati bilan bog’liq bo’lmaydi (FKning 986-moddasi 1-qismi). Bu yerda faqatgina zararning vujudga kelish xavfi mavjud, zararning o’zi hali mavjud emas. Ikkinchidan, FKning 986-moddasida korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati bo’lgan holatni nazarda tutadi va holat delikt majburiyati bilan bog’liq, lekin bu faoliyat zarar yetkazishda davom etmoqda yoki yangi zarar yetkazish xavfini vujudga keltirmoqda. Bu holatda zarar yetkazish xavfi bilan bog’liq bo’lgan majburiyat, shu vaziyatda vujudga kelgan delikt majburiyatlari bilan bog’liq bo’ladi, garchi mustaqil mazmunga ega bo’lsa va mustaqil oqibatlarni vujudga keltirsa-da. Mazkur holatlatlardan kelib chiqib, aytish mumkin, kelgusida zarar yetkazilishi xavfidan kelib chiqadigan, shu bilan birga korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibatida yetkazilgan va zarar yetkazilish davom etayotgan majburiyatlarga muvofiq, uni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirish istagida bo’lgan shaxs (ehtimol tutilgan zarar yetkazuvchi) tegishli faoliyatni to’xtatib turish yoki tugatishga majbur, kelgusida o’ziga zarar yetkazilish xavfi bor bo’lgan shaxs bunday xavfni yuzaga keltiradigan faoliyatni taqiqlash to’g’risida da’vo qo’zg’atishga haqli. Mazkur vaziyatlar vujudga kelish asosi bo’lib, kelgusida zarar yetkazish xavfi faktining namoyon bo’lishi, shu bilan birga korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati hisoblanadi. Bunda xavf real bo’lishi, shaxsning subyektiv qarashlaridan va muayyan vaziyatga nisbatan hissiyotlaridan kelib chiqmasligi lozim. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling